Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi to`g`risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta`lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini os

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida 2017 yil
30 sentyabrdagi PQ-3305-son qarorini bajarish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi  qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
21 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi to`g`risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta`lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi 929-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) Quyidagilar:

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi to`g`risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Maktabgacha ta`lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin. 

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligining Nizomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Shahar va tuman hokimlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 

5. Mazkur qarorning ijrosi ta`minlanishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                                    Q.Sariev  


Ko'rib chiqildi: 2929