Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (65 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (65 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi 2017 – 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to`g`risida”gi 975-s

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida” 2017 yil 31 maydagi PQ–3022-son qarorini ijro etish yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
11 dekabrdagi “2017 – 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to`g`risida”gi  975-sonli  qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

- 2017 – 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini
takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o`rinlarda Dastur deb ataladi)
tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni o`z ichiga oladi:

2017 – 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq;

2017 – 2027 yillarda yangi tashkil etiladigan, qayta tashkil
etiladigan va 2018 yilda faoliyati tugatiladigan davlat muzeylari ro`yxati
2, 2-a va 2-b-ilovalarga muvofiq;

2018 – 2027 yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlashning manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq;

O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat muzeylari, ularning filial va bo`limlari ro`yxati
4-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi

- 2017 – 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish
va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtirish bo`yicha respublika komissiyasi (keyingi o`rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 5-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilganligi

- Respublika komissiyasi Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga mas`ul bo`lgan davlat va xo`jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirsin, belgilangan tadbirlarning to`liq va sifatli bajarilishi monitoringini olib borsin va nazorat qilsin;

davlat muzeylarining ishlab chiqiladigan yangi kontseptsiyalari, muzey ashyolarini ishonchli saqlash, tashrif buyuruvchilar, xususan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlarga xizmat ko`rsatishni rivojlantirish, arxitektura-rejalashtirish, inter`er, dizayn va landshaft echimlariga e`tibor qaratgan holda har bir muzey binosining eskiz loyihasini muzeyning yo`nalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlasin.

Respublika komissiyasiga, zarurat bo`lganda, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining manfaatdor vazirliklar
va idoralar bilan kelishilgan takliflariga asosan 2018 – 2027 yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta`mirlash
va jihozlashning manzilli dasturiga o`zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

- Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish va jihozlash ishlari bo`yicha – O`zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar;

davlat muzeylari binolarini mukammal ta`mirlash va jihozlash ishlari
bo`yicha – O`zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag`lari;

moddiy madaniy meros ob`ekti hisoblangan davlat muzeylari binolarini mukammal ta`mirlash ishlari bo`yicha – O`zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga moddiy madaniy meros ob`ekti restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun ajratilgan mablag`lar;

imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

- O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida O`zbekiston Respublikasining 2018 yilgi va kelgusi yillardagi Investitsiya dasturi parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish va jihozlash ishlari uchun zarur mablag`larni nazarda tutsin.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarini mukammal ta`mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag`larni nazarda tutsin.

- 2018 yilda Investitsiya dasturi mablag`lari hisobidan davlat muzeylari binolarini qurish va rekonstruktsiya qilish uchun ob`ektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va 2019 yildan boshlab qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari uchun mablag`lar ajratiladi;

muzeylarni maqbullashtirish natijasida bo`shaydigan mablag`lar muzeylarni mukammal ta`mirlash va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadlari uchun yo`naltirilishi belgilab qo`yilganligi,

- Davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash ishlarini bajarish bo`yicha buyurtmachi etib:

O`zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasidagi markazlashtirilgan investitsiyalar, O`zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bajariladigan ishlar bo`yicha – O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Ob`ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal
va joriy ta`mirlash bo`yicha buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi;

O`zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga moddiy madaniy meros ob`ekti restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun ajratilgan mablag`lar hisobidan bajariladigan ishlar bo`yicha – O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi belgilansin.

- O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar
va grantlarni jalb qilish bo`yicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin.

- Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimliklari 2018 yil yakuniga qadar har bir tuman
va shahar markazlaridagi madaniyat va aholi dam olish markazlari binosida quyidagilarni yorqin va ta`sirli aks ettiruvchi hamda muntazam ravishda yangilanib boruvchi ko`rgazma-ekspozitsiyalarni tashkil etsin:

tasviriy, amaliy va xalq hunarmandchiligi san`ati yo`nalishlarida faoliyat ko`rsatayotgan, ayniqsa, ushbu hududdagi ijodkorlar asarlari asosida milliy istiqlol, erkin, farovon hayot, an`anaviy san`atimiz
va qadriyatlarimizga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom tuyg`ularini uyg`otadigan ko`rgazmalar;

xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va an`analari, bugungi jo`shqin hayot manzaralari, yurtimiz odamlarining siymolari, ularning orzu-intilishlarini har tomonlama chuqur aks ettiradigan badiiy fotoko`rgazmalar;

hududning tarixi, madaniyati, tabiati, odamlarning hayotidagi sifat o`zgarishlari, barcha jabhalardagi rivojlanishni ifodalovchi ekspozitsiyalar.

Ushbu bandda ko`rsatilgan ko`rgazma-ekspozitsiyalar Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy kontseptsiya va jihozlash talablari asosida tashkil etiladi hamda ularni tashkil etish, saqlash va yangilab borish xarajatlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplanadi

- O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarining eskiz loyihasi, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va davlat ekspertizasidan o`tkazilishini tashkil etsin.

O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta`mirlash ishlari bajarilishining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini yanada  takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq,

2017-2027 yillarda yangi tashkil etiladigan, qayta tashkil etiladigan va 2018 yilda faoliyati tugatiladigan davlat muzeylari ro`yxati 2-ilovaga muvofik,

2017 – 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish
va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtirish bo`yicha respublika komissiyasi (keyingi o`rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Respublika komissiyasi Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga mas`ul bo`lgan davlat va xo`jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirsin, belgilangan tadbirlarning to`liq va sifatli bajarilishi monitoringini olib borsin va nazorat qilsin;

davlat muzeylarining ishlab chiqiladigan yangi kontseptsiyalari, muzey ashyolarini ishonchli saqlash, tashrif buyuruvchilar, xususan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlarga xizmat ko`rsatishni rivojlantirish, arxitektura-rejalashtirish, inter`er, dizayn va landshaft echimlariga e`tibor qaratgan holda har bir muzey binosining eskiz loyihasini muzeyning yo`nalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlasin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida Qoraqalpog`iston Respublikasining 2018 yilgi va kelgusi yillardagi Investitsiya dasturi parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish va jihozlash ishlari uchun zarur mablag`larni nazarda tutsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarini mukammal ta`mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag`larni nazarda tutsin.

6.Nukus shahri va barcha tuman hokimliklari 2018 yil yakuniga qadar har bir tuman va shahar markazlaridagi madaniyat va aholi dam olish markazlari binosida quyidagilarni yorqin va ta`sirli aks ettiruvchi hamda muntazam ravishda yangilanib boruvchi ko`rgazma-ekspozitsiyalarni tashkil etsin:

tasviriy, amaliy va xalq hunarmandchiligi san`ati yo`nalishlarida faoliyat ko`rsatayotgan, ayniqsa, ushbu hududdagi ijodkorlar asarlari asosida milliy istiqlol, erkin, farovon hayot, an`anaviy san`atimiz
va qadriyatlarimizga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom tuyg`ularini uyg`otadigan ko`rgazmalar;

xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va an`analari, bugungi jo`shqin hayot manzaralari, yurtimiz odamlarining siymolari, ularning orzu-intilishlarini har tomonlama chuqur aks ettiradigan badiiy fotoko`rgazmalar;

hududning tarixi, madaniyati, tabiati, odamlarning hayotidagi sifat o`zgarishlari, barcha jabhalardagi rivojlanishni ifodalovchi ekspozitsiyalar.

Ushbu bandda ko`rsatilgan ko`rgazma-ekspozitsiyalar Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy kontseptsiya va jihozlash talablari asosida tashkil etiladi hamda ularni tashkil etish, saqlash va yangilab borish xarajatlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplanadi

7. Qoraqalpog`iston Respublikasi Madaniyat vazirligi mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarining eskiz loyihasi, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va davlat ekspertizasidan o`tkazilishini tashkil etsin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta`mirlash ishlari bajarilishining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Koraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov, Koraqalpog`iston Respublikasi Madaniyat vaziri P.Aytmuratovlar zimmasiga yuklansin.

 

O`zbekiston Respublikasining
Bosh vaziri

 


 A. Aripov


Ko'rib chiqildi: 2634