Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish tartibi tug`risidagi nizomga o`zgarish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi 1031-sonli qarori to`g`risida

Haj safariga nomzodlarni tanlashda adolat tamoyillariga qat`iy amal qilish, jamoatchilik fikrini o`rganish, shuningdek, hajga boruvchilarni saralash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
28 dekabrdagi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish tartibi tug`risidagi nizomga o`zgarish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi 1031-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-son qarori (O`zbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish tartibi tug`risidagi nizomga ilovaga muvofiq o`zgarish va qo`shimchalar kiritlganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Shahar va tumanlar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Aleuov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                       Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 2653