Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 noyabrdagi «Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida»gi 893-sonli Qarorining ijrosini ta`minlash haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2017 yil
2 oktyabrdagi PK-3306-son qaroriga muvofiq sportchilar, trenerlar va hakamlarning mahorati va malakasini muntazam oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sport muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda o`quv-mashg`ulot jarayonlarining yuqori sifatini ta`minlash, shuningdek, «Kurash» milliy sport turini respublika aholisining keng qatlamlari o`rtasida, ayniqsa, voyaga etmaganlar va yoshlar o`rtasida faol targ`ib qilish hamda ommalashtirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
7 noyabrdagi «Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida»gi
893-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг мазкур қарори билан:

a) «Kurash» milliy sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o`rinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) Dasturda ko`rsatilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari unda nazarda tutilgan tadbirlarning o`z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan mas`ul ekanligi belgilab quyilganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasiga ikki oy muddatda O`zbekiston kurash federatsiyasining buyurtmasi va texnik topshirig`i asosida Nukus shahri va viloyat markazlarida «Kurash» milliy sport turi markazlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqishi va belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o`tkazish topshirilganligi;

g) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga:

O`zbekiston kurash federatsiyasi bilan birgalikda Nukus shahri va viloyat markazlarida 2018-2020 yillarda namunaviy loyihalar asosida «Kurash» milliy sport turi markazlarini qurish reja-jadvalini ikki oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash;

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018-2020 yillar uchun O`zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Nukus shahri va viloyat markazlarida «Kurash» milliy sport turi markazlarini qurish va jihozlash ishlari uchun zarur kapital quyilmalar limiti ajratilishini nazarda tutish topshirilganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yildan boshlab, Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan har yili 100 million so`m miqdorida mablag` ajratishi belgilab quyilganligi;

e) O`zbekiston Milliy axborot agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga «Kurash» milliy sport turi kunini o`tkazish bilan bog`liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Dasturda ko`rsatilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari unda nazarda tutilgan tadbirlarning o`z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan mas`ul ekanligi belgilab quyilsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi bir oy muddatda Qoraqalpog`iston kurash federatsiyasining buyurtmasi va texnik topshirig`i asosida Nukus shahri markazida «Kurash» milliy sport turi markazining namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o`tkazilishini ta`minlasin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi, Nukus shahar hokimligi va Qoraqalpog`iston kurash federatsiyasi bilan birgalikda Nukus shahri markazida 2018-2020 yillarda namunaviy loyihalar asosida «Kurash» milliy sport turi markazini qurish reja-jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018-2020 yillar uchun O`zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Nukus shahri markazida «Kurash» milliy sport turi markazini qurish va jihozlash ishlari uchun zarur kapital quyilmalar limiti ajratilishini nazarda tutsin.

6. Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi, Axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga «Kurash» milliy sport turi kunini o`tkazish bilan bog`liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi raisi G`.Bayniyazov zimmalariga yuklatilsin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                       Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2444