Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (59 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (59 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi “Respublika oliy ta`lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o`tkazish tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-3389-sonli qarori haqida

Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo`yicha o`tkaziladigan kirish test sinovlarini takomillashtirish, uning adolatli, xolis va shaffof o`tkazilishini tashkil etish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi “Respublika oliy ta`lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o`tkazish tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi
PQ-3389-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o`rinlarda Davlat test markazi deb ataladi) ning oliy ta`lim muassasalari bakalavriatiga o`qishga qabul qilish (keyingi o`rinlarda oliy ta`lim muassasasiga qabul qilish deb ataladi) bo`yicha kirish test sinovlarini o`tkazish tizimini takomillashtirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma`qullanganligi:

2018/2019 o`quv yilidan boshlab oliy ta`lim muassasasiga qabul qilish bo`yicha kirish test sinovlarini 1 avgustdan 15 avgustgacha bo`lgan davrda o`tkazish;

kirish test sinovlari natijalarini test o`tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e`lon qilish;

abiturientdan alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san`at, dizayn, tasviriy va amaliy san`at, san`atshunoslik, musiqiy ta`lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta`lim yo`nalishlariga qabul qilishni kirish test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali amalga oshirish;

b) Davlat test markaziga, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda tasarrufida oliy ta`lim muassasalari bo`lgan vazirliklar va idoralar 2018/2019 o`quv yilidan boshlab, oliy ta`lim muassasasiga o`qishga qabul qilish bo`yicha kirish test sinovlari Toshkent shahrida “O`zekspomarkaz” Milliy ko`rgazmalar majmuasi pavil`onlari hamda uning hududida o`rnatiladigan qo`shimcha yig`ma pavil`onlarda, shuningdek, katta sig`imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlaridagi Olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig`imdagi binolarida o`tkazilishini, test jarayonining maksimal darajada oshkora va shaffofligini ta`minlab, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan abiturientlar ota-onalarining kirish test sinovlarini onlayn rejimida kuzatib borishlariga imkoniyat yaratilishini ta`minlash topshirilganligi;

v) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga;

test sinovlari o`tkaziladigan bino va pavil`onlarni zarur mebellar (stol, stul, doska va boshqa zarur vositalar) bilan jihozlanishini;

Davlat test markazining hududiy vakillari uchun zarur moddiy-texnik vositalar bilan to`liq jihozlangan alohida xona ajratilishini;

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda katta sig`imdagi binolarni test sinovi jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn tizimida ko`rsatib o`tkazish uchun zarur moddiy-texnik vositalar bilan to`liq jihozlanishini ta`minlash topshirilganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

test materiallarini tayyorlash va test sinovlari natijalari o`z vaqtida e`lon qilinishini ta`minlash maqsadida Davlat test markaziga zamonaviy moddiy-texnik vositalar va jihozlar xarid qilish uchun
2018 yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan zarur mablag`lar ajratilishini nazarda tutish;

Davlat test markazining byudjetdan tashqari mablag`lari hamda oliy ta`lim muassasalarining oshirilgan to`lov-kontrakt tushumlari (5 foizgacha miqdorda) hisobiga bir oy muddatda Davlat test markazi huzurida Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg`armasini tashkil etishi va bunda Jamg`arma mablag`laridan quyidagi maqsadlar uchun foydalanish belgilab qo`yilganligi:

Davlat test markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

xorijiy davlatlarning o`quv va ilmiy muassasalarida Davlat test markazi xodimlarining malakasini oshirish;

Davlat test markazi xodimlarini moddiy rag`batlantirish.

d) Davlat test markazi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Davlat test markazi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg`armasi to`g`risidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqish va uning O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazilishini ta`minlash topshirilganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga respublikada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Xavfsiz shahar” tizimini yaratish dasturi doirasida test sinovlari jarayonini yoritish maqsadida shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya qurilmalari, metallodetektorlar, monitorlar va yig`ma pavil`onlarni xarid qilish hamda ularni davlat mulki sifatida O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini ta`minlash topshirilganligi;

j) Davlat test markaziga O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda test sinovlarini o`tkazish jarayoni ishtirokchilarining mas`uliyatini yanada oshirish va ularning javobgarligini belgilash bo`yicha qonunchilikka tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish topshirilganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Davlat test markazining xodimlarning cheklangan soni 150 nafar bo`lgan yangilangan tuzilmasini tasdiqlash va uning faoliyatini yanada takomillashtirish to`g`risidagi Hukumat qarorini bir oy muddatda qabul qilish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin. 

3. Kelgusi o`quv yilidan boshlab test sinovlarini o`tkazish uchun katta sig`imdagi binolarni aniqlash bo`yicha ilovaga muvofiq Ishchi guruh tarkibi tasdiqlansin.

4. Ishchi guruh (M.Jumanov)ga:

2018/2019 o`quv yilidan boshlab, oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha kirish test sinovlarini o`tkazish uchun Nukus shahrida joylashgan katta sig`imdagi binolarini aniqlash;

test sinovi o`tkaziladigan binoning test o`tkazish bilan bog`liq barcha talablarga mosligini ta`minlash;

test jarayonining maksimal darajada oshkora va shaffofligini ta`minlab, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abiturientlar ota-onalarining kirish test sinovlarini onlayn rejimida kuzatib borishlariga imkoniyat yaratilishini ta`minlash;

test sinovlari o`tkaziladigan bino va pavil`onlarni zarur mebellar va uskunalar (stol, stul, doska va boshqa zarur vositalar) bilan jihozlanishini tashkil etish maqsadida mavjud jihozlarning hisob-kitobini aniqlash;

etishmaydigan mebellar va jihozlarni (stol, stul, doska va boshqa zarur vositalar)  xarid qilish uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligiga taklif kiritish;

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi bilan birgalikda katta sig`imdagi binolarni test sinovi jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn tizimida ko`rsatib o`tkazish uchun zarur moddiy-texnik vositalar bilan to`liq jihozlanishini ta`minlash yuklansin.

5. Oliy ta`lim muassasalari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Davlat test markazining Qoraqalpog`iston Respublikasidagi vakili Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda test sinovlarini o`tkazish jarayoni ishtirokchilarining mas`uliyatini yanada oshirish va ularning javobgarligini belgilash bo`yicha qonunchilikka tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish yuzasidan
2017 yil 10 dekabrga qadar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun takliflar tayyorlasin.

6. Qoraqalpog`iston Teleradiokompaniyasi va Matbuot va axborot agentligi Oliy ta`lim muassasalari, Davlat test markazining Qoraqalpog`iston Respublikasidagi vakili bilan birgalikda kirish test sinovlarini takomillashtirilishi, uning adolatli, xolis va shaffof o`tkazilishi bo`yicha yangi tartib hamda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yortitib borishi tavsiya etilsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

 

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                        Q.Sariev  


Ko'rib chiqildi: 2570