Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1025-sonli “Tabiiy gaz va elektr energiyasi etkazib berish va realizatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda iste`mol qilish sohasida to`lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2017 yil 29 maydagi            PF-5059-son Farmonini va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining               2017 yil 8 noyabrdagi PQ-3379-sonli “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorini bajarish yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil          28 dekabrdagi 1025-sonli “Tabiiy gaz va elektr energiyasi etkazib berish va realizatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan qarori asosida iste`molchilarning ilovaga muvofiq ayrim toifalariga 2018 yil 1 yanvardan boshlab tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oshirilgan tariflar belgilanganligi ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

3. “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ (Kerimzatov), “Qoraqalpog`iston gaz” filiali (Djalekeev) Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda, shuningdek, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari vakillarini jalb etgan holda ushbu qarorning maqsadlari va mazmuni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsinlar, bunda iste`molchilar tomonidan energiya resurslaridan oqilona foydalanishga, sertifikatlangan va energiya jihatidan samarali uskunalar va priborlar qo`llanilishiga alohida e`tibor berilsin.

4. “O`zdavenergonazorat” (ernazarov) va “O`zdavneftgazinspektsiya” (Ubaydullaev) davlat inspektsiyalarining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limlari tegishli korxonalar va idoralar bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida atab o`tilgan qaroriga ilovada ko`rsatilgan tashkilotlarga ular tomonidan qo`llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko`rsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek, yoqilg`ining muqobil turlaridan (ko`mirdan) foydalanish to`g`risida xulosalar berilishini ta`minlasinlar.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Nag`metov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                   Q. Sariev


Ko'rib chiqildi: 2775