Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (61 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (61 KB)

Shahar va tumanlar hududlaridagi aholi yashash joylarida obodonlashtirish va sanitariya holatini yanada yaxshilash hamda maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirishni yanada takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida

Qayd etib o`tilsinki, bugungi kunda hududlarda sanitar tozalikni ta`minlash bilan bog`liq ishlar holatini o`rganish natijalari ushbu sohada ayrim kamchilik va muammolar mavjudligini ko`rsatmoqda, jumladan:

xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (XUJMSh) tasarrufidagi ko`p qavatli uy-joylar atrofida sanitar tozalash xizmatlarini ko`rsatuvchi tashkilotlarga biriktirilmagan qarovsiz hududlar mavjud;

jismoniy va yuridik shaxslarga qattiq maishiy chiqindilarni tashish bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi korxonalarga biriktirilgan hududlarda hosil bo`ladigan qattiq maishiy chiqindilarni to`liq olib chiqib ketish uchun qo`shimcha maxsus transport vositalari talab etilmoqda;

aholidan qabul qilingan chiqindilarni shartnoma asosida maxsus poligonlarga joylashtirish yoki chiqindilarni qayta yuklash stantsiyalariga topshirish ko`zda tutilgan bo`lsada, qattiq maishiy chiqindilarni tashish bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi ayrim korxonalar tomonidan bu tizimga amal qilmaslik, chiqindilarni belgilanmagan qarovsiz hududlarga noqonuniy tarzda joylashtirish holatlari mavjud;

qattiq maishiy chiqindilarni tashish bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi ayrim korxonalar tomonidan yoqilg`i-moylash mahsulotlari va ehtiyot qismlarni harid qilish hamda boshqa ekspluatatsion xarajatlarni tejash maqsadida, o`zlariga biriktirilgan hududlardan chiqindilarni o`z vaqtida olib chiqib ketmaslik, harakat muntazamligiga rioya etmaslik holatlariga yo`l qo`yilmoqda;

mavjud chiqindi yig`ish maydonchalari va chiqindi yig`ish konteynerlari talabga javob bermaydi;

qattiq maishiy chiqindilarni tashish bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi korxonalar bilan jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan ayrim XUJMShlar tomonidan o`zlariga tegishli hududlarda hosil bo`layotgan chiqindilarni (smyot va noqonuniy joylashtirilgan qattiq maishiy chiqindilar) olib chiqib ketish uchun shartnomalar mavjud emas.

Hududlardagi aholi punktlarida sanitariya va ekologik vaziyatni yanada yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish va tozalikni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik ishtirokini yanada kuchaytirish hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi «2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi          PQ-2916-sonli, 2017 yil 8 avgustdagi «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta`minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3182-sonli qarorlari ijrosini ta`minlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasining «Ekologik nazorat to`g`risida»gi Qonunining 12-moddasi va «Chiqindilar to`g`risida»gi Qonunining 11-moddasiga asosan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining              2017 yil 24 dekabrdagi 137-sonli majlis bayoni 19-bandi topshiriqlari hamda O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasining 2017 yil 6 dekabrdagi 01-02/1-6656-sonli xati ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017 yil           27 apreldagi «O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil                    21 apreldagi «2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-2916-sonli qarori haqida»gi 260-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan «Chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy komissiyasi» (keyingi o`rinlarda - Hududiy komissiya) hamda tuman (shahar)lardagi «Chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo`yicha ishchi guruh» a`zolari (keyingi o`rinlarda - Ishchi guruh), shuningdek, shahar va tumanlar sektorlar rahbarlarining e`tibori aholi punktlarida sanitariya va ekologik vaziyatni yanada yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish va tozalikni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilikning ishtirokini yanada kuchaytirish masalalariga qaratilsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasida sanitar tozalash ishlarini amalga oshirish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Nukus shahri va tumanlar hokimlari:

a) sanitar tozalash ishlarini amalga oshirish bilan bog`liq ishlarni mazkur qarorning ilovasiga muvofiq tasdiqlangan tartib asosida qat`iy ravishda amalga oshirilishini ta`minlasin;

b) o`n kun muddatda:

hududlarda aholi yashash punktlari, mahallalar, ko`chalar, piyodalar yo`laklari, maydonlar, ochiq suv havzalarining sohillari, ko`priklar, er osti o`tish yo`llari, yo`laklar, bog`lar, xiyobonlar, maydonlarga, aholi gavjum joylarga obodonlashtirish va chiqindilardan tozalash bo`yicha mas`ul va javobgar shaxslarni qaytadan belgilash;

hududdagi ko`chalar, aylanma ko`chalar, yo`llar, markaziy maydonlar, yo`laklar, ko`priklar, tunnellar, yo`lovchilar o`tadigan er osti yo`llari, favvoralar, ariqlar, kanallar, daryolar, ko`llar va boshqa suv havzalarining qirg`oqlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun foydalaniladigan ob`ektlar (madaniyat va istirohat bog`lari, o`rmon massivlari, bog`lar, bul`varlar, xiyobonlar)ga tuman va shahar Obodonlashtirish boshqarmalarini biriktirish;

tuman va shahar hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining yuqoridagi javobgarligiga kirmagan hududlardagi obodonlashtirish va chiqindilardan tozalash mas`uliyatini ushbu hududlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shirkatlar, ijarachilar va uy egalari zimmasiga yuklatish bo`yicha hokimlikning qarorlarini chiqarsinlar va qaror nusxalarini Vazirlar Kengashiga ma`lumot uchun taqdim etsinlar;

v) 2018 yilning 1 mart sanasiga qadar chiqindilardan tozalash bo`yicha mas`ul bo`lgan barcha turdagi korxona, muassasa, tashkilot, shirkat hamda ijarachi va uy egalari tomonidan ularga biriktirilgan hududlardagi aholi zich va ko`p harakatlanadigan joylarda, shuningdek, aholi gavjum joylarning har 50 metriga belgilangan namunadagi maxsus chiqindi qutilarini joylashtirish choralari ko`rilsin.

5. Nukus shahri va tumanlar hokimlari, hududlardagi sektorlar rahbarlari, Hududiy komissiya, shahar va tumanlar Ishchi guruhlar a`zolari zimmasiga:

15 kunlik muddatda joylardagi chiqindilarni tashish va ularni o`z vaqtida olib ketilishi bilan bog`liq ishlarning mavjud holatini, sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindilarni tashish grafiklari va chiqindilarni «signal» usulida tashish yo`nalishlariga rioya etilishini o`rganish, bu borada nazoratni keskin kuchaytirish hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;

bir oy muddatda maishiy chiqindilarni yig`ish va olib chiqish xizmati bo`yicha abonentlari bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslarni xatlovdan o`tkazish hamda xatlov natijalariga ko`ra hududlardagi ixtisoslashtirilgan sanitariya tozalash korxonalari bilan ko`rsatilayotgan xizmatlar bo`yicha belgilangan tartibda shartnomalarni tuzilishini hamda ko`rsatilgan xizmatlar uchun to`lovlarning o`z vaqtida va to`liq undirilishini tashkil etishni ta`minlash;

o`n kun muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 oktyabrdagi 287-sonli «Jamoatchilik ekologik nazoratiga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash to`g`risida»gi qaroriga muvofiq fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarida ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tarkibini tasdiqlash hamda o`rnatilgan tartibda aniq vazifalarini belgilagan holda jamoatchi inspektorlarning faoliyatini yo`lga qo`yish;

2018 yilning 1 fevralidan boshlab joylardagi maishiy chiqindilar bilan bog`liq muammolarni bartaraf etish, bu boradagi ekologik nazorat tadbirlarini amalga oshirish, chiqindilarni o`z vaqtida tashilishi va olib ketilishi, belgilanmagan joylarga tashlanishining oldini olish hamda abonentlar bilan shartnomalar tuzish ishlariga ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini faol ravishda jalb etish;

joylardagi chiqindilar bilan bog`liq ishlarning ahvolini barcha korxona, muassasa, tashkilot, shirkatlar hamda ijarachilar va uy egalari bilan chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish bo`yicha ko`rsatilayotgan xizmatlar uchun abonentlar bilan shartnomalar tuzish ishlarining holatini hududlarda shahar va tumanlar Ishchi guruh a`zolari tomonidan har xaftada tanqidiy o`rganish, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish choralarini ko`rish;

doimiy ravishda aholining ekologik madaniyatini shakllantirish, ta`lim muassasalari, jamoatchilik, nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarida aholining keng qatlami o`rtasida ommaviy axborot vositalari ishtirokida chiqindilar bilan bog`liq muammolarni hal etish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish vazifalari yuklatilsin.

6. Belgilab qo`yilsinki:

a) Aholi yashash punktlari, mahallalar, ko`chalar, maydonlar, ochiq suv havzalarining sohillari, ko`priklar, er osti o`tish yo`llari, yo`laklar, bog`lar, xiyobonlar, maydonlar hamda bo`sh turgan er maydonlarini chiqindilardan tozalash, aholi zich va ko`p harakatlanadigan joylarning har ellik metriga belgilangan namunadagi maxsus chiqindi qutilarini joylashtirish tegishliligi bo`yicha mazkur hududda faoliyat yuritayotgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shirkatlar egalari, ijarachilar yoki maxsus qaror bilan ushbu hududga biriktirilgan tashkilot zimmasiga yuklatiladi;

b) «Mahalla» xayriya jamoat fondining Qoraqalpog`iston Respublikasi, tuman va shahar bo`limlari, shahar va tuman hokimlari va Ishchi guruh a`zolari hamda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari:

chiqindi bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish ob`ektlarini tegishli hududda joylashtirish masalalarini hal qilishda ishtirok etadilar;

aholi punktlari sanitariya jihatidan tozalanishiga hamda maishiy-ro`zg`or chiqindilari to`plab olib ketilganligi uchun to`lovlar vaqtida to`lanishiga ko`maklashadilar;

chiqindi bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish ob`ektlarining sanitariya va ekologik holati ustidan jamoat nazoratini amalga oshiradilar.

7. Ishchi guruh rahbarlari joylarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi PQ-2916-sonli qarori hamda mazkur qaror ijrosi yuzasidan har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar amalga oshirilgan ishlar to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga axborot kiritib borilishini ta`minlasinlar.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari S.Nag`metov, S.Xojametov va Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo`mitasi (T.Xojanazarov) zimmalariga yuklatilsin.

 

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                     Q. Sariev


Ko'rib chiqildi: 2846