Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi “Davlat maktabgacha ta`lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to`lash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi 10-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida” 2017 yil
30 sentyabrdagi PQ-3305-son qarori ijrosini ta`minlash, shuningdek, maktabgacha ta`lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to`lash tartibini takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
5 yanvardagi “Davlat maktabgacha ta`lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to`lash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi 10-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) davlat maktabgacha ta`lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to`lash va ularni rag`batlantirish tartibi to`g`risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Davlat maktabgacha ta`lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to`lash va ularni rag`batlantirish tartibi to`g`risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilsin.

5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklatilsin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                          Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 3220