Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (64 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (64 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o`rta, o`rta maxsus va kasb-hunar ta`limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5313 farmoni haqida

Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta`lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta`lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e`tibor qaratilmoqda. 

O`tgan yillarda kasb-hunar ta`limini rivojlantirish, ta`lim jarayonini modernizatsiyalash va mazmunini yangilashni ta`minlash maqsadida uning huquqiy bazasini mustahkamlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, iqtidorli yoshlarning xalqaro va respublika olimpiadalari hamda tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlarida ularni manzilli qo`llab-quvvatlash bo`yicha qator tizimli chora-tadbirlar ko`rildi. 

Shu bilan birga, umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko`rsatdi: 

birinchidan, kasb-hunar kollejlari aholi yashash joylariga yaqin bo`lmagan masofada joylashtirilganligi, ayniqsa, hududlarda transport infratuzilmasi etarli darajada rivojlanmaganligi hamda ob-havo sharoitlari tufayli o`quvchilarning vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda dars mashg`ulotlarini qoldirishlariga sabab bo`lmoqda; 

ikkinchidan, kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini shakllantirishning mavjud amaliyoti kasb-hunar kollejlari ta`lim yo`nalishlariga javob bermaydigan o`quv ustaxonalari tashkil etilishiga, butlovchi va ehtiyot qismlar bilan etarli darajada ta`minlanmasligiga olib keldi. Kasb-hunar kollejlari moddiy-texnik jihozlanishining o`rtacha darajasi bugungi kunda atigi 56 foizni tashkil etadi, 31 ta kasb-hunar kollejida o`quv ustaxonalari umuman mavjud emas; 

uchinchidan, etarli darajada moliyalashtirilmaganligi natijasida kasb-hunar ta`limi tizimi uchun zarur bo`lgan ko`plab darsliklar va o`quv qo`llanmalari nashr etilmadi, darsliklarning 50 foizi rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinmagan, amaldagi darsliklar biror marta yangilanmagan; 

to`rtinchidan, kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash tizimi hududlardagi iqtisodiy tarmoqlarning real ehtiyojlaridan ortda qolganligi, shuningdek, kasb-hunar kollejlari uchun belgilangan qabul kvotalarida mehnat bozori kon`yunkturasi va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish imkoniyatlari hisobga olinmasligi bitiruvchilarni ishga joylashtirishda qiyinchilik tug`dirmoqda; 

beshinchidan, kasb-hunar kollejlaridagi mavjud o`quv jarayonini tashkil etishning hozirgi holati, qo`llanilayotgan o`quv-normativ hujjatlar hamda o`qitish muddatlari kasblarning murakkablik darajasiga javob bermaydi, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi kamchiliklar olinayotgan bilim darajasi tushib ketishiga va tegishli ravishda qator ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bitiruvchilarga bo`lgan ehtiyojning pasayishiga olib keladi va natijada o`qishni tamomlagandan keyin ish joylarida ularni qo`shimcha o`qitish zaruratini keltirib chiqarmoqda; 

oltinchidan, aholi turli toifalarini “Hayot davomida ta`lim olish” printsipi bo`yicha kasbga tayyorlash tizimining etarli rivojlanmaganligi aksariyat katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida keraksiz bo`lib qolishiga olib kelmoqda; 

ettinchidan, kasb-hunar kollejlarida o`quv jarayonini tashkil etishga va o`quvchilarni intellektual, ma`naviy-ma`rifiy tarbiyalashga yuzaki yondashish, ularning bo`sh vaqtlarini band etishning samarasiz mexanizmi o`quvchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoiy qilmishlar soni ortishiga, ularning o`qishga qiziqishi hamda davomatning tushib ketishiga sabab bo`lmoqda. 

2017/2018 o`quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy o`rta ta`lim tizimiga o`tilishi jamoatchilik, ota-onalar va 9-sinflar bitiruvchilari tomonidan keng qo`llab-quvvatlandi. 

Ilg`or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta`minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi  qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o`rta, o`rta maxsus va kasb-hunar ta`limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5313 farmonini ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) 2018/2019 o`quv yilidan boshlab majburiy umumiy o`rta va o`rta maxsus ta`lim umumta`lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san`at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshirilishi;

2019/2020 o`quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o`qishga qabul qilish umumta`lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo`lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo`lgan o`qitish muddatlarida amalga oshirilishi;

kasb-hunar kollejlariga 2017/2018 o`quv yiliga qadar (ushbu o`quv yili qo`shilgan holda) o`qishga qabul qilingan o`quvchilar o`qishni o`zlari ta`lim olayotgan kasb-hunar kollejlarida amaldagi o`quv dasturlari asosida belgilangan tartibda tugatalishi belgilab quyilganligi;

v) Quyidagilar kasb-hunar ta`limi sohasida kadrlar tayyorlash tizimining muhim vazifalari deb hisoblanishi: 

iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik tendentsiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo`lgan va turdosh mutaxassisliklar bo`yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ishlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo`lgan va kamida ikkita xorijiy tilni biladigan malakali kadrlarni tayyorlash; 

kadrlarga bo`lgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo`yicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish; 

yoshlarni har tomonlama barkamol qilib, vatanparvarlik va milliy mustaqillik g`oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashga, shuningdek, o`quvchilarda boy ilmiy, madaniy va ma`naviy merosimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy va axloqiy sifatlarni rivojlantirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayonni yangi pedagogik shakllar va usullar asosida tashkil etish; 

etakchi mahalliy va xorijiy ta`lim muassasalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o`quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun kasb-hunar ta`limi sohasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish; 

kasb-hunar ta`limi milliy standartlari talablarini xalqaro ta`lim standartlari tasniflagichiga, xalqaro malaka talablariga muvofiqlashtirish, milliy malaka talablarini bosqichma-bosqich xalqaro analoglarga moslashtirish va e`tirof etilishiga qaratilgan ishlarni tashkil etish; 

kasbga o`rgatish bilan bir qatorda tarkibiy jihatdan umumiy ta`lim olishni birgalikda olib boradigan, shuningdek, nodavlat ta`lim sektorini uzluksiz davlat ta`lim tizimi bilan samarali integratsiyalash, tabaqalashtirilgan ta`lim jarayonini tashkil etish bo`yicha orttirilgan amaliy tajribani tizimlashtirish va kelgusida amaliyotga joriy etish; 

mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o`stirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo`lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o`quv jarayoniga innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo`llab kasb-hunar ta`limi va ishlab chiqarishning o`zaro yaqin hamkorligini ta`minlash; 

yuqori samarali o`quv-laboratoriya uskunalari, komp`yuter texnikasi va innovatsion texnologiyalarga asoslangan parklar bilan jihozlangan kasb-hunar kollejlarining zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish va yanada mustahkamlash, undan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish. 

g) Quyidagilar: 

kasb-hunar ta`limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi (keyingi o`rinlarda-Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq; 

kasb-hunar kollejlari faoliyatining tizimli monitoringini olib borish bo`yicha hududiy ishchi guruhlarining namunaviy tarkibi (keyingi o`rinlarda-hududiy ishchi guruh) 2-ilovaga muvofiq tashkil etilishi; 

d) Respublika komissiyasi (K.Akmalov), hududiy ishchi guruhlar quyidagilarni ta`minlashi: 

- uch oy muddatda mavjud ta`lim dasturlariga kiradigan mutaxassisliklar bo`yicha mehnat bozoridagi real ehtiyojni aniqlash, ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining maqsadli ko`rsatkichlariga muvofiqligi, keyinchalik bitiruvchilarni biriktirish maqsadida tarmoqlarda potentsial ish beruvchilarni aniqlash yuzasidan kasb-hunar kollejlari faoliyatini har tomonlama tanqidiy o`rganib chiqish; 

- 2018 yil 1 iyulgacha tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va uni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, unda quyidagilarni nazarda tutish: 

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining maqsadli parametrlariga va mehnat bozori prognoziga muvofiq, kadrlarga bo`lgan mavjud real ehtiyojni inobatga olib kasb-hunar kollejlarini tarmoq bo`ysunuvi asosida tegishli vazirliklar, idoralar, xo`jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar tasarrufiga o`tkazish; 

tadbirkorlik sohasi, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun mehnat bozorida talab qilinayotgan kasblar bo`yicha kadrlarni maqsadli tayyorlaydigan ko`p tarmoqli kasb-hunar kollejlarini tashkil etish; 

tarmoq vazirliklari, idoralari, xo`jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar – kadrlar buyurtmachilari tomonidan alohida mutaxassisliklar (kasblar)ga ehtiyoj va talab past bo`lgan kasb-hunar kollejlari umumiy sonini optimallashtirgan holda ularni qisman qayta tashkil etish; 

optimallashtirilishi kerak bo`lgan kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasidan, ularda umumta`lim maktablari, o`quv-ishlab chiqarish majmualari va maktabgacha ta`lim muassasalari joylashtirilishini nazarda tutib, bino va inshootlaridan maqsadli va samarali foydalanish. 

Ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar bajarilgandan so`ng Respublika va hududiy ishchi guruhlar o`z faoliyatini tugatishlari belgilanganligi;

e) Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yil yakunlari bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritiladigan o`zgarishlarni inobatga olgan holda kasb-hunar kollejlarida yangi yo`nalishlar va mutaxassisliklar ochilishi bo`yicha takliflar kiritishi; 

yo) Quyidagilar: 

kasb-hunar kollejlari aksariyat hollarda vazirliklar, idoralar, xo`jalik birlashmalari, tijorat banklari hamda yirik korxonalar – tarmoq bo`ysunuvi bo`yicha kadrlarga buyurtmachilar tarkibida faoliyat yuritilishi; 

kasb-hunar kollejlarining beriladigan binolari, inshootlari, jihozlari, mebel` va inventari qiymati qo`shimcha qiymat solig`i va daromad solig`ini hisoblab chiqishda soliq solish ob`ekti hisoblanmasligi; 

2017/2018 o`quv yiligacha (ushbu o`quv yili ham shu jumlaga kiradi) kasb-hunar kollejlariga qabul qilingan o`quvchilar o`qishni to`liq tugatguniga qadar ushbu kasb-hunar kollejlarining xarajatlari O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan ta`minlanishi; 

vazirliklar, idoralar, xo`jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning tasarrufidagi kasb-hunar kollejlarini saqlash, kadrlarni o`qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlashga maqsadli tarzda yo`naltirilgan mablag`lari barcha turdagi soliqlardan va davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalardan ozod etilishi belgilanganligi; 

j) O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi bilan birgalikda: 

bir hafta muddatda belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi faoliyatini takomillashtirish to`g`risidagi qarori loyihasini; 

ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishi ma`lumot uchun qabul qilinsin. 

3. Kasb-hunar ta`limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Respublika komissiyasi uch oy muddatda mavjud ta`lim dasturlariga kiradigan mutaxassisliklar bo`yicha mehnat bozoridagi real ehtiyojni aniqlash, ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining maqsadli ko`rsatkichlariga muvofiqligi, keyinchalik bitiruvchilarni biriktirish maqsadida tarmoqlarda potentsial ish beruvchilarni aniqlash yuzasidan kasb-hunar kollejlari faoliyatini har tomonlama tanqidiy o`rganib chiqsin. 

5. Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yil yakunlari bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritiladigan o`zgarishlarni inobatga olgan holda kasb-hunar kollejlarida yangi yo`nalishlar va mutaxassisliklar ochilishi bo`yicha takliflar kiritsin.

6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                         Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 3722