Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (66 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (66 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi «O`zbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 63-sonli qa

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi «O`zbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 63-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Q A R O R   Q I L A D I:

  1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi «O`zbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 63-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
  2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi, Ekologiyava atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasini (keyingi o`rinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilganligi;

 

b) Quyidagilar:

qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta  ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, ushbu sohada yagona ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini yuritishga ko`maklashish;

tabiiy maydonlardan oqilona foydalangan va intensiv etishtirish texnologiyalarini qo`llagan holda qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklar o`sishi uchun qulay hududlarda maxsus plantatsiyalar tashkil etish yo`li bilan ularni etishtirish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;

qizilmiya xomashyosidan samarali foydalanish, uni sanoat asosida  chuqur qayta ishlash va yuqori qo`shilgan qiymatga ega bo`lgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta`minlash;

qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash sohasini rivojlantirishga doir me`yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlashga mo`ljallangan mavjud quvvatlarni oshirish va yangilarni tashkil etish jarayonlariga xorijiy sarmoyalarni, chet ellik mutaxassislar hamda konsul`tantlarni faol jalb etish, ushbu sohada ilg`or texnologiyalarni joriy qilish;

mazkur soha uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida, shuningdek, xorijda ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish uyushmaning asosiy  vazifalari etib belgilanganligi;

v) Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 15 nafardan iborat bo`lgan Uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma`qullanganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasida qizilmiya o`simligini etishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni ko`paytirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2017 yil 16 maydagi PQ-2970-son qarori bilan tashkil etilgan qizilmiya o`simligi sanoat plantatsiyalarini yaratish va qizilmiya xomashyosini chuqur qayta ishlashni ta`minlash masalalari bo`yicha ishchi guruhgaikki oy muddatda:

 

 

Uyushma ustavining tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishini;

Uyushmaning yuqori malakali kadrlar bilan to`ldirilishini ta`minlash topshirilganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Uyushmaning Nukus shahri, A.Utepov ko`chasi, 31-uy manzilidagiNukus maishiy xizmat ko`rsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilishini ta`minlash topshirilganligi;

e) Quyidagilar:

qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash bilan shug`ullanadigan tashkilotlar Uyushma a`zolari tarkibiga kirishi mumkinligi;

Uyushma raisi va uning o`rinbosari muassislarning umumiy yig`ilishi qarori bilan saylanishi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanishi;

Uyushmaning ijro etuvchi apparatini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish Uyushma a`zolarining badal to`lovlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag`lar hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

yo) 2018-2023 yillar davrida qizilmiya plantatsiyalarini bosqichma-bosqich tashkil etish, uni uzluksiz ko`paytirishni ta`minlash maqsadida 2018 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasida qizilmiyao`simligi yangi plantatsiyalarini tashkil etish va xomashyosini tayyorlash hajmlari prognoz ko`rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

j) O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo`jaligivazirligi, Iqtisodiyot vazirligiga Qizilmiya etishtirishni ko`paytirish, chuqur qayta ishlash va dori vositalari hamda substantsiyalar ishlab chiqarish bo`yicha chora-tadbirlar dasturini ikki hafta muddatda ishlab chiqish hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish topshirilganligi;

 

z) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tumanlar hokimliklariga bir oy muddatda;

O`zbekiston Respublikasi er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda, tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklar etishtirish uchun qulay bo`lgan, umumiy maydoni 25 ming gektargachani tashkil qiladigin er uchastkalari;

qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflari tanlab olinishini ta`minlash topshirilganligi;

i) O`zbekistan Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflarini tanlab olish tartibi to`g`risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash topshirilganligi;

k) «O`zagrotexsanoatxolding» aktsiyadorlik jamiyatiga O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi,  Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda:

2018 yil avgust oyigacha bo`lgan muddatda – qizilmiya o`simligi plantatsiyalarini tashkil etish va parvarish qilish, shuningdek, xalqaro talablarga muvofiq qizilmiya xomashyosini quritish va qadoqlash uchun zarur bo`ladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarga bo`lgan ehtiyojni hamda ularning turlarini aniqlash;

talab etiladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarni xarid qilish, shuningdek, imtiyozli shartlarda, lizing asosida olish bo`yicha barcha zarur tashkiliy-amaliy choralarni ko`rish topshirilganligi;

         l) O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa tijorat banklariga qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish bo`yicha sanoat plantatsiyalarini tashkil etuvchi tadbirkorlik sub`ektlariga O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo`lmagan  stavkalarda,  to`rt yillik imtiyozli davr bilan imtiyozli kredit mablag`lari ajratish tavsiya etilganligi;

 

m) O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo`jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklar plantatsiyalarini tashkil etish, ularni etishtirish va qayta ishlash loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari grantlari va kreditlarini jalb etish yuzasidan bir oy muddatda takliflarni ishlab chiqishi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi topshirilganligi;

n) Qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklar plantatsiyalarini tashkil etuvchi, shuningdek, qizilmiya ildizini qayta ishlovchi va tayyor mahsulot chiqaruvchi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga 2024 yil 1 yanvargacha quyidagi imtiyozlar berilganligi:

-quyidagi to`lovlardan ozod etish:

er solig`i, daromad solig`i, yuridik shaxslar mulk solig`i,yagona soliq to`lovi, yagona er solig`i, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta`lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg`armasiga majburiy ajratmalardan;

o`zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xorijdan keltiriladigan texnologik uskunalar, maxsus qishloq xo`jaligi texnikalari, ularning tarkibiy va ehtiyot qismlari, xomashyolar, materiallar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari hamda qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklar urug`lari va ko`chatlari uchun bojxona to`lovlaridan (bojxona yig`imlaridan tashqari);

-plantatsiyalar tashkil etish uchun zarur ko`chatlar (urug`, qalamchalar)ni tayyorlash (yig`ish) uchun ruxsatnoma olish uchun to`lovlarni kechiktirish;

o) «Lanextrakt» MChJ qo`shma korxonasi tomonidan ta`sis etiladigan xo`jalik yurituvchi sub`ektga xorijiy investorlar ishtirokida iste`mol spirti ishlab chiqarishga istisno tariqasida ruxsat etilganligi;

«Lanextrakt» MChJ qo`shma korxonasi ta`sis etadigan xo`jalik yurituvchi sub`ektda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat spirti hajmining qizilmiya va dorivor o`simliklar ekstrakta ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan qismiga aktsiz solig`i to`lash majburiyati bo`lmasligi belgilab qo`yilganligi;

 

 

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga «Lanextrakt» MChJ qo`shma korxonasi tomonidan ta`sis etiladigan xo`jalik yurituvchi  sub`ektga oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish uchun xomashyo sotib olishga kvotalar ajratish topshirilganligi;

         p) O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklariga bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni qayta ishlash va ulardan dorivor vositalar ishlab chiqarish bo`yicha farmatsevtika korxonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritish topshirilganligi;

r) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga 2018-2019 o`quv yilidan boshlab  Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida «Qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi» mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish topshirilganligi;

s) O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasiga O`zbekiston qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:

bir xafta muddatda Qoraqalpog`iston Respublikasining o`ziga xos tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish va qizilmiya hosilini yig`ish bo`yicha  tavsiyalar ishlab chiqish;

2018 yilning mart oyi mobaynida Qoraqalpog`iston Respublikasining har bir tumanida fermer, dehqon xo`jaliklari va qishloq xo`jaligi korxonalari rahbar hamda mutaxassislari ishtirokida, zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilg`or agrotexnologiyalardan foydalangan holda, qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish, xizmat ko`rsatish va hosilini yig`ish bo`yicha amaliy o`quv-seminarlari o`tkazish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

 

 

3. O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi boshqarmasi Nukus shahrihokimligi bilan birgalikda Qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasining Nukus shahri, A.Utepov ko`chasi, 31-uy manzilidagi Nukus maishiy xizmat ko`rsatishva iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilishini ta`minlasin.

4. 2018-2023 yillar davrida qizilmiya plantatsiyalarini bosqichma-bosqich tashkil etish, uni uzluksiz ko`paytirishni ta`minlash maqsadida 2018 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasida qizilmiyao`simligi yangi plantatsiyalarini tashkil etish va xomashyosini tayyorlash hajmlari prognoz ko`rsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Tumanlar hokimliklari bir oy muddatda:

Qoraqalpog`iston Respublikasi er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda, tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklar etishtirish uchun qulay bo`lgan, umumiy maydoni 25 ming gektargachani tashkil qiladigin er uchastkalari;

qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflari tanlab olinishini ta`minlasinlar.

6. «O`zagrolizing» aktsiyadorlik jamiyati Qoraqalpog`iston Respublikasi filiali va «Qoraqalpoq Agroservis MTP» mas`uliyati cheklangan jamiyati Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi,  tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:

2018 yil avgust oyigacha bo`lgan muddatda – qizilmiya o`simligi plantatsiyalarini tashkil etish va parvarish qilish, shuningdek, xalqaro talablarga muvofiq qizilmiya xomashyosini quritish va qadoqlash uchun zarur bo`ladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarga bo`lgan ehtiyojni hamda ularning turlarini aniqlash;

talab etiladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarni xarid qilish, shuningdek, imtiyozli shartlarda, lizing asosida olish bo`yicha barcha zarur tashkiliy-amaliy choralarni ko`rsin.

         7. Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi bilan birgalikda 2018-2019 o`quv yilidan boshlab  Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida «Qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi» mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etsinlar.

8. Qoraqalpog`iston Respublikasi O`rmon xo`jaligi qo`mitasi O`zbekiston qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi, Fanlar akademiyasi, Toshkent  davlat agrar universiteti Nukus filiali bilan birgalikda:

bir hafta muddatda Qoraqalpog`iston Respublikasining o`ziga xos tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish va qizilmiya hosilini yig`ish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqsin;

2018 yilning mart oyi mobaynida Qoraqalpog`iston Respublikasining har bir tumanida fermer, dehqon xo`jaliklari va qishloq xo`jaligi korxonalari rahbar hamda mutaxassislari ishtirokida, zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilg`or agrotexnologiyalardan foydalangan holda, qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish, xizmat ko`rsatish  va hosilini yig`ish bo`yicha amaliy o`quv-seminarlari o`tkazsin.

         9. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi  vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda   ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga takliflar kiritsin.

         10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

        Q.Sariev

 

 


Ko'rib chiqildi: 2742