Sahifani PDF tarzda yuklab olish (66 Kb)
Versiyasi
Sahifani doc tarzda yuklab olish (66 KB)
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi «O`zbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 63-sonli qa
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi «O`zbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 63-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Q A R O R Q I L A D I:
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi «O`zbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 63-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasini (keyingi o`rinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilganligi;
b) Quyidagilar:
qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, ushbu sohada yagona ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini yuritishga ko`maklashish;
tabiiy maydonlardan oqilona foydalangan va intensiv etishtirish texnologiyalarini qo`llagan holda qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklar o`sishi uchun qulay hududlarda maxsus plantatsiyalar tashkil etish yo`li bilan ularni etishtirish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
qizilmiya xomashyosidan samarali foydalanish, uni sanoat asosida chuqur qayta ishlash va yuqori qo`shilgan qiymatga ega bo`lgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta`minlash;
qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash sohasini rivojlantirishga doir me`yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlashga mo`ljallangan mavjud quvvatlarni oshirish va yangilarni tashkil etish jarayonlariga xorijiy sarmoyalarni, chet ellik mutaxassislar hamda konsul`tantlarni faol jalb etish, ushbu sohada ilg`or texnologiyalarni joriy qilish;
mazkur soha uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida, shuningdek, xorijda ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilanganligi;
v) Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 15 nafardan iborat bo`lgan Uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma`qullanganligi;
g) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasida qizilmiya o`simligini etishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni ko`paytirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2017 yil 16 maydagi PQ-2970-son qarori bilan tashkil etilgan qizilmiya o`simligi sanoat plantatsiyalarini yaratish va qizilmiya xomashyosini chuqur qayta ishlashni ta`minlash masalalari bo`yicha ishchi guruhga ikki oy muddatda:
Uyushma ustavining tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishini;
Uyushmaning yuqori malakali kadrlar bilan to`ldirilishini ta`minlash topshirilganligi;
d) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Uyushmaning Nukus shahri, A.Utepov ko`chasi, 31-uy manzilidagi Nukus maishiy xizmat ko`rsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilishini ta`minlash topshirilganligi;
e) Quyidagilar:
qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash bilan shug`ullanadigan tashkilotlar Uyushma a`zolari tarkibiga kirishi mumkinligi;
Uyushma raisi va uning o`rinbosari muassislarning umumiy yig`ilishi qarori bilan saylanishi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanishi;
Uyushmaning ijro etuvchi apparatini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish Uyushma a`zolarining badal to`lovlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag`lar hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;
yo) 2018-2023 yillar davrida qizilmiya plantatsiyalarini bosqichma-bosqich tashkil etish, uni uzluksiz ko`paytirishni ta`minlash maqsadida 2018 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasida qizilmiya o`simligi yangi plantatsiyalarini tashkil etish va xomashyosini tayyorlash hajmlari prognoz ko`rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
j) O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligiga Qizilmiya etishtirishni ko`paytirish, chuqur qayta ishlash va dori vositalari hamda substantsiyalar ishlab chiqarish bo`yicha chora-tadbirlar dasturini ikki hafta muddatda ishlab chiqish hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish topshirilganligi;
z) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tumanlar hokimliklariga bir oy muddatda;
O`zbekiston Respublikasi er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda, tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklar etishtirish uchun qulay bo`lgan, umumiy maydoni 25 ming gektargachani tashkil qiladigin er uchastkalari;
qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflari tanlab olinishini ta`minlash topshirilganligi;
i) O`zbekistan Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflarini tanlab olish tartibi to`g`risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash topshirilganligi;
k) «O`zagrotexsanoatxolding» aktsiyadorlik jamiyatiga O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda:
2018 yil avgust oyigacha bo`lgan muddatda – qizilmiya o`simligi plantatsiyalarini tashkil etish va parvarish qilish, shuningdek, xalqaro talablarga muvofiq qizilmiya xomashyosini quritish va qadoqlash uchun zarur bo`ladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarga bo`lgan ehtiyojni hamda ularning turlarini aniqlash;
talab etiladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarni xarid qilish, shuningdek, imtiyozli shartlarda, lizing asosida olishbo`yicha barcha zarur tashkiliy-amaliy choralarni ko`rish topshirilganligi;
l) O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa tijorat banklariga qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish bo`yicha sanoat plantatsiyalarini tashkil etuvchi tadbirkorlik sub`ektlariga O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo`lmagan stavkalarda, to`rt yillik imtiyozli davr bilan imtiyozli kredit mablag`lari ajratish tavsiya etilganligi;
m) O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo`jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklar plantatsiyalarini tashkil etish, ularni etishtirish va qayta ishlash loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari grantlari va kreditlarini jalb etish yuzasidan bir oy muddatda takliflarni ishlab chiqishi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi topshirilganligi;
n) Qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklar plantatsiyalarini tashkil etuvchi, shuningdek, qizilmiya ildizini qayta ishlovchi va tayyor mahsulot chiqaruvchi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga 2024 yil 1 yanvargacha quyidagi imtiyozlar berilganligi:
-quyidagi to`lovlardan ozod etish:
er solig`i, daromad solig`i, yuridik shaxslar mulk solig`i, yagona soliq to`lovi, yagona er solig`i, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta`lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg`armasiga majburiy ajratmalardan;
o`zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xorijdan keltiriladigan texnologik uskunalar, maxsus qishloq xo`jaligi texnikalari, ularning tarkibiy va ehtiyot qismlari, xomashyolar, materiallar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari hamda qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklar urug`lari va ko`chatlari uchun bojxona to`lovlaridan (bojxona yig`imlaridan tashqari);
-plantatsiyalar tashkil etish uchun zarur ko`chatlar (urug`, qalamchalar)ni tayyorlash (yig`ish) uchun ruxsatnoma olish uchun to`lovlarni kechiktirish;
o) «Lanextrakt» MChJ qo`shma korxonasi tomonidan ta`sis etiladigan xo`jalik yurituvchi sub`ektga xorijiy investorlar ishtirokida iste`mol spirti ishlab chiqarishga istisno tariqasida ruxsat etilganligi;
«Lanextrakt» MChJ qo`shma korxonasi ta`sis etadigan xo`jalik yurituvchi sub`ektda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat spirti hajmining qizilmiya va dorivor o`simliklar ekstrakta ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan qismiga aktsiz solig`i to`lash majburiyati bo`lmasligi belgilab qo`yilganligi;
O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga «Lanextrakt» MChJ qo`shma korxonasi tomonidan ta`sis etiladigan xo`jalik yurituvchi sub`ektga oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish uchun xomashyo sotib olishga kvotalar ajratish topshirilganligi;
p) O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklariga bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni qayta ishlash va ulardan dorivor vositalar ishlab chiqarish bo`yicha farmatsevtika korxonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritish topshirilganligi;
r) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga 2018-2019 o`quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida «Qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi» mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish topshirilganligi;
s) O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasiga O`zbekiston qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:
bir xafta muddatda Qoraqalpog`iston Respublikasining o`ziga xos tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish va qizilmiya hosilini yig`ish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
2018 yilning mart oyi mobaynida Qoraqalpog`iston Respublikasining har bir tumanida fermer, dehqon xo`jaliklari va qishloq xo`jaligi korxonalari rahbar hamda mutaxassislari ishtirokida, zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilg`or agrotexnologiyalardan foydalangan holda, qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish, xizmat ko`rsatish va hosilini yig`ish bo`yicha amaliy o`quv-seminarlari o`tkazish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
3. O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi boshqarmasi Nukus shahrihokimligi bilan birgalikda Qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirishva qayta ishlash tashkilotlari uyushmasining Nukus shahri, A.Utepov ko`chasi, 31-uy manzilidagi Nukus maishiy xizmat ko`rsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejibinosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilishinita`minlasin.
4. 2018-2023 yillar davrida qizilmiya plantatsiyalarini bosqichma-bosqich tashkil etish, uni uzluksiz ko`paytirishni ta`minlash maqsadida 2018 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasida qizilmiya o`simligi yangi plantatsiyalarini tashkil etish va xomashyosini tayyorlash hajmlari prognoz ko`rsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Tumanlar hokimliklari bir oy muddatda:
Qoraqalpog`iston Respublikasi er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda, tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklar etishtirish uchun qulay bo`lgan, umumiy maydoni 25 ming gektargachani tashkil qiladigin er uchastkalari;
qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflari tanlab olinishini ta`minlasinlar.
6. «O`zagrolizing» aktsiyadorlik jamiyati Qoraqalpog`iston Respublikasi filiali va «Qoraqalpoq Agroservis MTP» mas`uliyati cheklangan jamiyati Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
2018 yil avgust oyigacha bo`lgan muddatda – qizilmiya o`simligi plantatsiyalarini tashkil etish va parvarish qilish, shuningdek, xalqaro talablarga muvofiq qizilmiya xomashyosini quritish va qadoqlash uchun zarur bo`ladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarga bo`lgan ehtiyojni hamda ularning turlarini aniqlash;
talab etiladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarni xarid qilish, shuningdek, imtiyozli shartlarda, lizing asosida olish bo`yicha barcha zarur tashkiliy-amaliy choralarni ko`rsin.
7. Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi bilan birgalikda 2018-2019 o`quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida «Qizilmiya va boshqa dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi» mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etsinlar.
8. Qoraqalpog`iston Respublikasi O`rmon xo`jaligi qo`mitasi O`zbekiston qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi, Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali bilan birgalikda:
bir hafta muddatda Qoraqalpog`iston Respublikasining o`ziga xos tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish va qizilmiya hosilini yig`ish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqsin;
2018 yilning mart oyi mobaynida Qoraqalpog`iston Respublikasining har bir tumanida fermer, dehqon xo`jaliklari va qishloq xo`jaligi korxonalari rahbar hamda mutaxassislari ishtirokida, zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilg`or agrotexnologiyalardan foydalangan holda, qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish, xizmat ko`rsatish va hosilini yig`ish bo`yicha amaliy o`quv-seminarlari o`tkazsin.
9. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi |
Q.Sariev |
Ko'rib chiqildi: 3705