Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 yanvardagi «Go`sht va go`sht mahsulotlarining xavfsizligi to`g`risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida»gi 36-sonli qarori to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 yanvardagi «Go`sht va go`sht mahsulotlarining xavfsizligi to`g`risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida»gi 36-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

  1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 yanvardagi «Go`sht va go`sht mahsulotlarining xavfsizligi to`g`risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida»gi 36-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
  2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan quyidagilar:

a) Go`sht va go`sht mahsulotlarining xavfsizligi to`g`risidagi umumiy texnik reglament hamda uni joriy etish sxemasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlanganligi;

Go`sht va go`sht mahsulotlarining xavfsizligi to`g`risidagi umumiy texnik reglament u rasmiy e`lon qilingan kundan boshlab o`n sakkiz oy o`tgach amalga kiritilishi belgilanganligi;

b) «Texnik jihatdan tartibga solish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar                amalga kiritilgach, standartlashtirish bo`yicha ularda ko`rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo`qotishi va belgilangan tartibda qo`llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

 

v) «O`zstandart» agentligi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab go`sht va go`sht mahsulotlarini standartlashtirish bo`yicha normativ hujjatlarni qo`llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta`minlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko`rish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, «O`zbekoziqovqat xolding» XK Qoraqalpog`iston  Respublikasi vakili, Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, Qoraqalpog`iston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo`llash tartibi to`g`risida aholi, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati sub`ektlari keng xabardor qilinishini ta`minlasinlar.

4. Vazirliklar va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari - Qishloq va suv xo`jaligi vaziri S.J.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                              Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2781