Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 yanvardagi “Yog`-moy tarmog`ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3484-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi “Yog`-moy tarmog`ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3484-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 yanvardagi “Yog`-moy tarmog`ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari PQ-3484-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarori bilan quyidagilar:

a) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan yog`-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish tizimlarini o`rganish natijalari;

“O`zpaxtasanoateksport” XKga tegishli bo`lgan “O`zpaxtayog`” AJ ustav kapitalidagi ulush O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil              28 noyabrdagi “Paxtachilik tarmog`ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3408-son qaroriga muvofiq davlat mulkiga nominal qiymat bo`yicha o`tkazilganligi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

b) Yog`-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishning resurs bazasini kengaytirish, yog`-moy korxonalaridagi asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish, ularni ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish va hisobini yuritishning zamonaviy tizimlari bilan jihozlashni nazarda tutuvchi O`zbekiston Respublikasi yog`-moy tarmog`ini jadal rivojlantirish bo`yicha «yo`l xaritasi» ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining:

shrot va sheluxani sotish bo`yicha «Ozuqa em ta`minoti» MChJ korxonalarini tugatish;

keyinchalik sanoatda qayta ishlash uchun mo`ljallangan ekstraktli paxta yog`i birja savdolari orqali faqat «O`zpaxtayog`» AJ korxonalariga sotilishi haqidagi tartibni belgilash to`g`risidagi takliflariga rozilik berilganligi;

g) 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga o`simlik yog`ini ishlab chiqaruvchilar import yog`-moy xom ashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar bo`yicha qo`shilgan qiymat solig`i to`lashdan ozod qilinganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga Iqtisodiyot vazirligi va “O`zdonmahsulot” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda omuxta em ishlab chiqarishni kengaytirish bo`yicha, jumladan;

omuxta em ishlab chiqarish yuzasidan amaldagi quvvatlarni inventarizatsiyadan o`tkazish;

omuxta em ishlab chiqarish uchun bozordagi ehtiyoj va mamlakatda mavjud bo`lgan resurs bazasini o`rganish;

chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sektorlari bo`yicha omuxta em tayyorlashning ilmiy asoslantirilgan retsepturalarini ishlab chiqish;

makkajo`xori va boshqa boshoqli don ekinlaridan, shuningdek, yog`-moy, un mahsulotlari, spirt va pivo ishlab chiqarishdagi chiqindilardan omuxta emning zamonaviy sanoat ishlab chiqarishini tashkil etishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda:

chigitni qayta ishlovchi yog`-moy korxonalarini chigitni yuklash, qabul qilish, saqlash va qayta ishlash jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, jumladan xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni o`lchash va hisobini yuritish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar bilan;

chigit, paxta yog`i, shrot va sheluxani tashiydigan yuk avtomashinalarining harakatlanishini real vaqt rejimida monitoring qilib borish uchun ularni zamonaviy GPS trekerlar bilan jihozlash bo`yicha choralar ko`rish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasida yog`-moy tarmog`ini jadal rivojlantirish bo`yicha «yo`l xaritasi» ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Vazirliklar va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari - qishloq va suv xo`jaligi vaziri S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                         Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2842