Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (69 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (69 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 yanvardagi “Fermer xo`jaliklarining er uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo`shimcha daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 25-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 yanvardagi “Fermer xo`jaliklarining er uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo`shimcha daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 25-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR  QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 yanvardagi “Fermer xo`jaliklarining er uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo`shimcha daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 25-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi,
er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi, O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi, “O`zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan:

2018 yilda g`allachilik va paxtachilik yo`nalishlaridagi fermer xo`jaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqaridagi qishloq xo`jaligida foydalanilmaydigan erlarda engil konstruktsiyali va kam xarajatli dala shiyponlari hamda issiqxonalar qurish, parranda, sog`in sigir hamda asalari boqishni tashkil etish prognoz ko`rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

2018 yilda paxtachilik va g`allachilik yo`nalishlaridagi fermer xo`jaliklari er uchastkalarining ekin ekiladigan dala chetlari hisob-kitobi 2-ilovaga muvofiq;

2018 yilda fermer xo`jaliklari tomonidan kuzgi boshoqli don ekinlari dala chetlariga ekiladigan qishloq xo`jalik ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot ishlab chiqarishning prognoz ko`rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;

2018 yilda fermer xo`jaliklari tomonidan g`o`za maydonlari dala chetlariga ekiladigan qishloq xo`jalik ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot ishlab chiqarishning prognoz ko`rsatkichlari 3a-ilovaga muvofiq;

Fermer xo`jaliklari er uchastkalaridan samarali foydalanish, dala chetlari, sug`orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo`ylarida qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish orqali qo`shimcha daromad olishni tashkil qilish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o`rinlarda Dastur deb atalganligi) 4-ilovaga muvofiq ma`qullanganligi;

b) Fermer xo`jaliklari er uchastkalaridan samarali foydalanish, dala chetlari, sug`orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo`ylarida qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hamda engil konstruktsiyali, kam xarajatli dala shiyponlari va issiqxonalar qurish tadbirlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

Respublika ishchi guruhi (Z. Mirzaev)ga Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ҳудудларнинг жадал ижтимоий-иқтисодий ривожланишини таъминлашга доир устувор чора-тадбирлар тўғрисида” 2017 йил 8 августдаги ПҚ-3182-сон қарори билан тасдиқланган секторлар rahbarlari bilan birgalikda;

mazkur qarorning 1, 2, 3 va 3a-ilovalariga muvofiq dala shiyponlari, issiqxonalar qurish, parranda, sog`in sigir hamda asalari boqishni tashkil etish, ekinlarni joylashtirish, ekish, parvarishlash, zaruriy resurslar bilan ta`minlash hamda monitoring tizimini yo`lga qo`yilishi;

barcha hududlarda ekiladigan qishloq xo`jaligi ekinlaridan olinadigan daromad to`g`risida fermer xo`jaliklari o`rtasida keng targ`ibot-tashviqot ishlarining amalga oshirilishini ta`minlash topshirilganligi;

v) erlarni ekishga sifatli tayyorlash, “erga-er qo`shish” va to`liq gektar hosil qilish tadbirlarini amalga oshirish bo`yicha respublika ishchi guruhi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

Respublika ishchi guruhi (A. Vaxabov)ga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

bir oy muddatda barcha sug`orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalashda chiqadigan tuproqlarning ko`payib ketishi hisobiga ekin maydonlarining qisqarib ketishini bartaraf etish maqsadida “erga-er qo`shish” chora-tadbirlarini fermer xo`jaliklari bo`yicha ishlab chiqish;

mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo`ladigan texnika vositalarini jalb qilish va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta`minlash maqsadida fermer va konturlar kesimida nazorat o`rnatish;

agrotexnika tadbirlarini sifatli o`tkazish orqali “kafolatli” hosil olish ishlarini doimiy ravishda monitoring qilish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni o`z vaqtida bartaraf etish choralarini ko`rish topshirilganligi;

g) Suv iste`molchilari uyushmalari hisobidagi sug`orish tarmoqlarini tozalash va sharbat suvi o`ralarini qazish tadbirlarini tashkil etish bo`yicha respublika ishchi guruhi tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

Respublika ishchi guruhi (Sh. Xamraev)ga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

suv iste`molchilari uyushmalari va fermer xo`jaliklari tomonidan sug`orish tarmoqlarini tozalash va 2018 yil yozgi sug`orish mavsumiga tayyorlash ishlarining prognoz ko`rsatkichlarini 8-ilovaga muvofiq bajarilishini;

bir hafta muddatda suv iste`molchilari uyushmalari hisobidagi sug`orish tarmoqlarini qo`lda tozalash tadbirlarini yuqori uyushqoqlikda tashkil qilish uchun irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda tizimdagi boshqa suv xo`jaligi tashkilotlari ishchi-xodimlarini fermer xo`jaliklariga nomma-nom biriktirish tashkil etilishini;

sug`orish tarmoqlarini mexanizmlar bilan tozalash uchun texnika vositalarini jalb etish, ular uchun yonilg`i-moylash mahsulotlari fermer xo`jaliklari tomonidan ajratilishini;

bir oy muddatda suv xo`jaligi tashkilotlari tasarrufidagi barcha er maydonlarini to`liq xatlovdan o`tkazib, qishloq xo`jaligi ekinlari ekish imkoniyati mavjud bo`lgan er uchastkalariga eksportbop va oziq-ovqat ekinlarini joylashtirilishini hamda maqbul muddatlarda ekilishini;

2018 yilda O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tizimidagi suv xo`jaligi tashkilotlari hamda O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tizimidagi o`rmon xo`jaliklari tomonidan limon va issiqxonabop qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish uchun kam xarajatli issiqxonalar qurish bo`yicha 9 va 10-ilovalarga muvofiq prognoz ko`rsatkichlar bajarilishini ta`minlash topshirilganligi;

 

d) Pillachilikning ozuqa bazasini yanada mustahkamlash, dala chetlari
va cug`orish tarmoqlari bo`ylariga tut ko`chatlari ekish ishlarini tashkil etish bo`yicha respublika ishchi guruhi tarkibi 11-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

Respublika ishchi guruhi (Z. Mirzaev)ga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida                         2018-2019 yillarning bahor hamda kuz oylarida 12-13-ilovalarda belgilangan prognoz ko`rsatkichlarga muvofiq fermer xo`jaliklari er uchastkalarining dala chetlari, sug`orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo`ylariga qishloq xo`jaligi ekinlariga zarar keltiruvchi (terak, tol va h.k.) daraxtlar o`rniga tut ko`chatlari ekishni tashkil qilinishini;

“tut ko`chatlari ekish oyligi”da tuman Fermer, dehqon xo`jaliklari
va tomorqa er egalari kengashi, tuman (shahar) qishloq va suv xo`jaligi bo`limi, pillachilik tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh tuzish va tut ko`chatlari ekish bo`yicha hasharlar tashkil etilishini;

mavjud tutzorlar va tut qatorlarining barg hosildorligini oshirish bo`yicha belgilangan agrotexnika tadbirlarini o`tkazish hamda tut daraxtlari zararkunandalari va “tut parvonasi” bilan zararlangan maydonlarda samarali kurashish ishlarini amalga oshirilishini;

O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi bilan birgalikda sug`orish tarmoqlari bo`ylari va ekin maydonlari konturlari atrofidagi mavjud tut daraxtlari va tutzorlarning noqonuniy kesib ketilishi holatlariga qat`iyan yo`l qo`ymaslik yuzasidan ta`sirchan choralar ko`rilishini;

O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi                            va akademik M. Mirzaev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tizimidagi tashkilotlar tomonidan “O`zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2018 yilda tut ko`chatlari etishtirish uchun plantatsiyalar tashkil etishning 14-ilovaga muvofiq prognoz ko`rsatkichlarini bajarilishini ta`minlash topshirilganligi;

e) “O`zbekiston asalarichilari” uyushmasiga 2018 yilning 1 mayiga qadar fermer xo`jaliklariga ularning talabi asosida 15-ilovaga muvofiq asalari uyalari, ramkalari va oilasi (paketi)ni etkazib berish bo`yicha chora-tadbirlar ijrosini muvofiqlashtirish tavsiya etilganligi;

 

j) O`zbekiston Qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi
bir oy muddatda dala chetlari hamda sug`orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo`ylarida qishloq xo`jaligi ekinlari, issiqxonalarda esa limon etishtirish, qoramol, parranda va asalari boqishning zamonaviy texnologiyalari hamda olinadigan daromadlar va iqtisodiy samaradorligi bo`yicha qo`llanmalarni tayyorlab, har bir fermer xo`jaligiga etkazilishini ta`minlashi;

z) O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Matbuot
va axborot agentligiga O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, O`zbekiston Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi bilan birgalikda fermer xo`jaliklarida dala chetlari, sug`orish
va kollektor-drenaj tarmoqlari bo`ylarida qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, issiqxonalarda esa limon etishtirish, qoramol, parranda
va asalari boqishni yo`lga qo`yish va ularning iqtisodiy samarasi hamda ilg`or fermerlar tajribalari to`g`risida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi tumanlarida 2018 yilda g`allachilik             va paxtachilik yo`nalishlaridagi fermer xo`jaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqaridagi qishloq xo`jaligida foydalanilmaydigan             erlarda engil konstruktsiyali va kam xarajatli dala shiyponlari                         hamda issiqxonalar qurish, parranda, sog`in sigir hamda asalari boqishni tashkil etish prognoz ko`rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

2018 yilda paxtachilik va g`allachilik yo`nalishlaridagi fermer xo`jaliklari er uchastkalarining ekin ekiladigan dala chetlari hisob-kitobi  2-ilovaga muvofiq;

2018 yilda fermer xo`jaliklari tomonidan kuzgi boshoqli don ekinlari dala chetlariga ekiladigan qishloq xo`jalik ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot ishlab chiqarishning prognoz ko`rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;

2018 yilda fermer xo`jaliklari tomonidan g`o`za maydonlari dala chetlariga ekiladigan qishloq xo`jalik ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot ishlab chiqarishning prognoz ko`rsatkichlari 3a-ilovaga muvofiq;

Fermer xo`jaliklari er uchastkalaridan samarali foydalanish, dala chetlari, sug`orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo`ylarida qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish orqali qo`shimcha daromad olishni tashkil qilish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o`rinlarda Dastur deb ataladi)                      4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Fermer xo`jaliklari er uchastkalaridan samarali foydalanish, dala chetlari, sug`orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo`ylarida qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hamda engil konstruktsiyali, kam xarajatli dala shiyponlari va issiqxonalar qurish tadbirlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Qoraqalpog`iston Respublikasi ishchi guruhi tarkibi               5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi ishchi guruhi (S. Xojametov) Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ҳудудларнинг жадал ижтимоий-иқтисодий ривожланишини таъминлашга доир устувор чора-тадбирлар тўғрисида”                   2017 йил 8 августдаги ПҚ-3182-сон қарорига асосан Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси президиумининг 2017 йил 26 августдаги                216-сонли қарори билан тасдиқланган секторлар раҳбарлари билан биргаликда:

mazkur qarorning 1, 2, 3 va 3a-ilovalariga muvofiq dala shiyponlari, issiqxonalar qurish, parranda, sog`in sigir hamda asalari boqishni tashkil etish, ekinlarni joylashtirish, ekish, parvarishlash, zaruriy resurslar bilan ta`minlash hamda monitoring tizimini yo`lga qo`yilishi;

barcha hududlarda ekiladigan qishloq xo`jaligi ekinlaridan olinadigan daromad to`g`risida fermer xo`jaliklari o`rtasida keng targ`ibot-tashviqot ishlarining amalga oshirilishini ta`minlasin.

5. erlarni ekishga sifatli tayyorlash, “erga-er qo`shish” va to`liq gektar hosil qilish tadbirlarini amalga oshirish bo`yicha respublika ishchi guruhi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi ishchi guruhi (F. Sultanov) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:

bir oy muddatda barcha sug`orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalashda chiqadigan tuproqlarning ko`payib ketishi hisobiga ekin maydonlarining qisqarib ketishini bartaraf etish maqsadida “erga-er qo`shish” chora-tadbirlarini fermer xo`jaliklari bo`yicha ishlab chiqish;

mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo`ladigan texnika vositalarini jalb qilish va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta`minlash maqsadida fermer va konturlar kesimida nazorat o`rnatish;

agrotexnika tadbirlarini sifatli o`tkazish orqali “kafolatli” hosil olish ishlarini doimiy ravishda monitoring qilish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni o`z vaqtida bartaraf etish choralarini ko`rsin.

6. Suv iste`molchilari uyushmalari hisobidagi sug`orish tarmoqlarini tozalash va sharbat suvi o`ralarini qazish tadbirlarini tashkil etish              bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi ishchi guruhi tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi ishchi guruhi (J. Uzaqov) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:

suv iste`molchilari uyushmalari va fermer xo`jaliklari tomonidan sug`orish tarmoqlarini tozalash va 2018 yil yozgi sug`orish mavsumiga tayyorlash ishlarining prognoz ko`rsatkichlarini 8-ilovaga muvofiq bajarilishini;

bir hafta muddatda suv iste`molchilari uyushmalari hisobidagi sug`orish tarmoqlarini qo`lda tozalash tadbirlarini yuqori uyushqoqlikda tashkil qilish uchun irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda tizimdagi boshqa suv xo`jaligi tashkilotlari ishchi-xodimlarini fermer xo`jaliklariga nomma-nom biriktirish tashkil etilishini;

sug`orish tarmoqlarini mexanizmlar bilan tozalash uchun texnika vositalarini jalb etish, ular uchun yonilg`i-moylash mahsulotlari fermer xo`jaliklari tomonidan ajratilishini;

bir oy muddatda suv xo`jaligi tashkilotlari tasarrufidagi barcha er maydonlarini to`liq xatlovdan o`tkazib, qishloq xo`jaligi ekinlari ekish imkoniyati mavjud bo`lgan er uchastkalariga eksportbop va oziq-ovqat ekinlarini joylashtirilishini hamda maqbul muddatlarda ekilishini;

2018 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tizimidagi suv xo`jaligi tashkilotlari hamda O`rmon xo`jaligi qo`mitasi tizimidagi o`rmon xo`jaliklari tomonidan limon va issiqxonabop qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish uchun kam xarajatli issiqxonalar qurish bo`yicha 9 va 10-ilovalarga muvofiq prognoz ko`rsatkichlar bajarilishini ta`minlasin.

7. Pillachilikning ozuqa bazasini yanada mustahkamlash, dala chetlari
va cug`orish tarmoqlari bo`ylariga tut ko`chatlari ekish ishlarini tashkil etish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi ishchi guruhi tarkibi 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi ishchi guruhi (S. Xojametov) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:

pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida                           2018-2019 yillarning bahor hamda kuz oylarida 12-13-ilovalarda belgilangan prognoz ko`rsatkichlarga muvofiq fermer xo`jaliklari er uchastkalarining  dala chetlari, sug`orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo`ylariga qishloq xo`jaligi ekinlariga zarar keltiruvchi (terak, tol va h.k.) daraxtlar o`rniga               tut ko`chatlari ekishni tashkil qilinishini;

“tut ko`chatlari ekish oyligi”da tuman Fermer, dehqon xo`jaliklari
va tomorqa er egalari kengashi, tuman (shahar) qishloq va suv xo`jaligi bo`limi, pillachilik tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh tuzish va tut ko`chatlari ekish bo`yicha hasharlar tashkil etilishini;

mavjud tutzorlar va tut qatorlarining barg hosildorligini oshirish bo`yicha belgilangan agrotexnika tadbirlarini o`tkazish hamda tut daraxtlari zararkunandalari va “tut parvonasi” bilan zararlangan maydonlarda samarali kurashish ishlarini amalga oshirilishini;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo`mitasi bilan birgalikda sug`orish tarmoqlari bo`ylari va ekin maydonlari konturlari atrofidagi mavjud tut daraxtlari va tutzorlarning noqonuniy kesib ketilishi holatlariga qat`iyan yo`l qo`ymaslik yuzasidan ta`sirchan choralar ko`rilishini;

Qoraqalpog`iston Respublikasi O`rmon xo`jaligi qo`mitasi va akademik M. Mirzaev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog`iston filiali tomonidan “Qoraqalpoq agro-pilla” MChJ bilan birgalikda 2018 yilda tut ko`chatlari etishtirish uchun plantatsiyalar tashkil etishning 14-ilovaga muvofiq prognoz ko`rsatkichlarini bajarilishini ta`minlasin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari - qishloq va suv xo`jaligi vaziri S.J. Xojametov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 3092