Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (65 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (65 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 yanvardagi “Paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 53-sonli qarori haqida

Fermer xo`jaliklari, boshqa qishlok xo`jaligi ishlab chiqaruvchilari (keyingi o`rinlarda fermer xo`jaliklari deb ataladi) va to`qimachilik sanoati korxonalari o`rtasida bozor munosabatlarini shakllantirish, paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish asosida yuqori qo`shilgan qiymatga ega raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR  QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 yanvardagi “Paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 53-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) To`qimachilik sanoati korxonalari, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2018 yil paxta xomashyosi hosili doirasida sinab ko`rishni hisobga olgan holda 1-ilovaga muvofiq ro`yxat bo`yicha hududlarda paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish to`g`risidagi takliflari qabul qilinganligi hamda ushbu ishlab chiqarishni to`qimachilik sanoati korxonalari (keyingi o`rinlarda paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari deb atalishi) hamda fermer xo`jaliklari o`rtasida paxta xomashyosini etishtirish va etkazib berish yuzasidan to`g`ridan-to`g`ri kontraktatsiya shartnomasini tuzish asosida tashkil etish nazarda tutilganligi;

b) Paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari er, suv va boshqa resurslardan samarali hamda oqilona foydalanishga, hosildorlikni oshirishga va etishtiriladigan paxta xomashyosining o`z vaqtida yig`ib-terib olinishiga ko`maklashishi, shuningdek, uning chuqur qayta ishlanishini va yuqori qo`shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishning ko`paytirilishini ta`minlashi;

lizing asosida qishloq xo`jaligi texnikasi xarid qilish, mineral o`g`itlar, urug`lik, yoqilg`i-moylash materiallari, o`simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa material resurslar etkazib berish bo`yicha fermer xo`jaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar hamda tartib paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga tatbiq etilishi;

paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi doirasida o`z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan paxta tolasi ixtiyoriy asosda sertifikatlanishi;

ishlab chiqarilgan paxta tolasining o`z ishlab chiqarish quvvatlari ehtiyojlaridan oshadigan hajmlari paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan to`g`ridan-to`g`ri kontraktlar yoki birja savdolari orqali boshqa mahalliy iste`molchilarga sotilishi;

paxtadan olingan chigit paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi- tashkilotchisi tomonidan mahsulotni qaytarish asosida yog`-moy korxonalariga, yog`-moy mahsulotini keyinchalik birja savdolari orqali realizatsiya qilish sharti bilan, qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) esa to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar bo`yicha birinchi navbatda, fermer xo`jaliklariga, shuningdek, boshqa mahalliy iste`molchilarga sotilishi;

qo`shimcha mahsulotlar (lint,o`lik paxta va boshqalar) paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan mahalliy iste`molchilarga birja savdolari orqali sotilishi;

paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan xarid qilinadigan paxta xomashyosi narxi fermer xo`jaliklarining rentabelligi hisobga olinib, agrotexnologik xaritalar asosida shakllantiriladigan xarajatlardan kelib chiqqan holda shartnoma asosida belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun belgilangan narxlardan past bo`lmasligi belgilab qo`yilganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi va “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda fermer xo`jaliklari hamda paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari o`rtasida paxta xomashyosini etishtirish va etkazib berish bo`yicha namunaviy kontraktatsiya shartnomasini bir hafta muddatda ishlab chiqishi hamda tasdiqlashi, unda jumladan fermer xo`jaliklarining o`z majburiyatlarini so`zsiz bajarishi choralarini nazarda tutishi;

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga shartnomalar shartlarining so`zsiz bajarilishi, shuningdek, paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi doirasida erlardan samarali foydalanilishi yuzasidan qat`iy nazorat o`rnatish topshirilganligi;

g) Fermer xo`jaliklariga paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishining tegishli tashkilotchilari tomonidan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdorlarda va shartlar asosida avans berilishi;

paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari 2018 yil mobaynida paxta xomashyosini etishtirish va ularga etkazib berishni moliyalashtirish uchun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo`jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg`armasi (keyingi o`rinlarda Jamg`arma deb atalishi) mablag`lari hisobidan ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq xizmat ko`rsatuvchi tijorat banklari orqali kreditlar ajratishi va ta`minot sifatida sug`urta polisi taqdim etishi;

paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga Jamg`arma mablag`lari hisobidan ajratiladigan kreditlar miqdorlari paxta xomashyosini etishtirish va etkazib berishni moliyalashtirish uchun davlat buyurtmasi doirasida paxta xomashyosi sotadigan fermer xo`jaliklari uchun amaldagi shartlar inobatga olingan holda hisoblanishi hisob-kitob ehtiyojining kamida 60 foizini tashkil qilishi;

paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga kreditlar Jamg`arma mablag`lari hisobidan yiliga 3 foizdan ortiq bo`lmagan foiz stavkasi bo`yicha va davlat buyurtmasi doirasida paxta xomashyosi sotadigan fermer xo`jaliklarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan shartlar asosida ajratiladi;

fermer xo`jaliklari bilan xarid qilinadigan paxta xomashyosi qiymatining 90 foizdan kam bo`lmagan miqdori bo`yicha yakuniy hisob-kitoblar paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan 2018 yilning sentyabr` oyidan boshlab dekabr` oyigacha, qolgan qismi esa 2019 yilning                            1 apreligacha amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

d) Jamg`arma paxta-to`qimachilik tashkilotchilari uchun fermer xo`jaliklari tomonidan paxta xomashyosi etishtirilishini moliyalashtirish bo`yicha amaldagi shartlarni qo`llagan holda, agrotexnik tadbirlarga muvofiq kredit liniyalari belgilangan tartibda hamda muddatlarda ochilishini ta`minlashi.

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi (Z.T.Mirzaev), O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga 2018 yil 1 fevralgacha Jamg`armaning 2018 yilgi balansini tasdiqlash topshirilganligi;

e) Paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi uchun paxta xomashyosi etishtirish maqsadida ajratiladigan mablag`lar fermer xo`jaligining maxsus hisobraqamiga o`tkazilishi;

fermer xo`jaliklarining maxsus hisobraqamlariga tushadigan mablag`lardan yangi paxta xomashyosi hosili etishtirish uchun faqat zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun foydalanish mumkin va hisobraqamlar egalarining yangi hosilni etishtirish bilan bog`liq bo`lmagan ilgari yuzaga kelgan majburiyatlarini qoplashga yo`naltirilishi mumkin emasligi;

paxta xomashyosini etishtirish va etkazib berishga doir qo`shimcha harajatlar hamda fermer xo`jaliklari uchun qishloq xo`jaligi texnikasi xarid qilish xarajatlari paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan o`z mablag`lari yoki tijorat banklarining to`qimachilik hamda tikuvchilik-trikotaj mahsulotlari etkazib berish bo`yicha eksport kontraktlari kafolati ostida ajratiladigan kreditlari hisobidan moliyalashtirilishi mumkinligi;

paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etadigan paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va fermer xo`jaliklari oladigan hamda ular tomonidan beriladigan, o`zlari ishlab chiqaradigan mahsulotlarni sotish bo`yicha oborotlar bilan bog`liq bo`lmagan pul mablag`lari va mulk, shuningdek, sof daromad taqsimoti soliq solinadigan ob`ektlar hisoblanmaydiganligi belgilab qo`yilganligi;

j) Paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga hududlar sharoitlari, ekinlarni ilmiy asoslangan tarzda almashlab ekish, suv                               va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, paxtaning tozaligiga rioya etilishini hisobga olgan holda, g`o`zaning selektsiya navlarini mustaqil ravishda joylashtirish huquqi berilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga hududlar sharoitlarini hisobga olgan holda, selektsiya navlarini joylashtirish bo`yicha tavsiyalar berishi;

z) “O`zpaxtasanoat” AJga paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari bilan paxta xomashyosi etishtirish bo`yicha kontraktatsiya shartnomasi tuzgan fermer xo`jaliklariga belgilangan tartibda tasdiqlangan navlar hamda hajmlar bo`yicha chigit etkazib berilishini ta`minlash topshirilganligi;

i) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi, “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi va “O`zpaxtasanoat” AJga paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi uchun paxta xomashyosini qayta ishlash yuzasidan belgilangan asosli tariflarni paxta tozalash korxonalari bo`yicha bir oy muddatda tasdiqlash topshirilganligi;

y) Paxta xomashyosini dastlabki qayta ishlash mahsulotini qaytarish asosida paxta tozalash korxonasida yoxud paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilarining o`z korxonasida yoki ular tomonidan ijaraga olingan paxta tozalash korxonasida amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

 

O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasiga “O`zpaxtasanoat” AJ  va “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi hududida joylashgan paxta tozalash korxonalarini va paxta tayyorlash punktlarini xatlovdan o`tkazish va ularning holatini baholash topshirilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi  PF-5285-son Farmoni bilan tashkil etilgan Paxta-to`qimachilik klasterlarini o`rta muddatli istiqbolda rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish bo`yicha ishchi komissiya (Z.T.Mirzaev)ga;                   

2018 yil 1 martgacha bo`lgan muddatda - paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi hududida joylashgan paxta tozalash korxonalarini va paxta tayyorlash punktlarining texnik va moliyaviy holatini baholash asosida ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini tayyorlasin va kiritsin, unda shu jumladan ularni paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga ijaraga berishni, to`lovni bo`lib-bo`lib to`lagan holda yoki investitsiya majburiyatlari ostida “nol” xarid qiymati bo`yicha sotishni yoxud quvvatlardan mahsulotini qaytarish sharti bilan foydalanishni nazarda tutishi;

paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etilishi monitoringini olib borish bo`yicha hududiy ishchi guruhlarni uch kun muddatda 2-ilovaga muvofiq tarkibda shakllantirish;

2018 yil paxta xomashyosi hosili yakunlari bo`yicha paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishini va klasterlarni tashkil etishga doir faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy bazani yanada takomillashtirishni hisobga olgan holda paxta xomashyosini etishtirish va etkazib berishni tashkil etishning bozor mexanizmini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritish topshirilganligi;

k) Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi (Z.T.Mirzaev) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi PQ-2687-son qarorida nazarda tutilgan shartlarda amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun ularga kredit liniyalari ajratish, shu jumladan, asbob-uskunalar import qilish uchun ularga O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi tomonidan tijorat banklari bilan birgalikda moliyalashtirish shartlarini tatbiq etish to`g`risida belgilangan tartibda takliflar kiritish topshirilganligi;

 

l) Paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan o`z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, bojxona to`lovlari to`lashdan 2020 yil                 1 yanvargacha bo`lgan muddatga ozod qilinadigan (bojxonada rasmiylashtirish yig`imlari bundan mustasno) xomashyo, materiallar, texnika, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar ro`yxati 3-ilova*ga muvofiq tasdiqlanganligi.

m) O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Tumanlar hokimliklari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq  va suv xo`jaligi vazirligi hamda Adliya vazirligi Qoraqalpog`iston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi bilan birgalikda o`n kun muddatda fermer xo`jaliklari ro`yxatini belgilasinlar hamda ularga paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari bilan kontraktatsiya shartnomalarini tuzishda amaliy yordam ko`rsatsinlar.

4. Tumanlar hokimliklari Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg`armasining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha vakili, er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi bilan birgalikda har bir fermer xo`jaligi bo`yicha irrigatsiya hamda melioratsiya tizimlarini muntazam tozalash, erlarni tekislash va erning qattiq gips qatlamini ochish bo`yicha chuqur yumshatish ishlarini tashkil qilish, shuningdek, paxta xomashyosi etishtiradigan va paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga etkazib beradigan qishloq xo`jaligi tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uzluksiz suv ta`minoti tadbirlarining ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini ta`minlasinlar.

5. Paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etilishi monitoringini olib borish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi ishchi guruhi tarkibi                ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari - Qishloq va suv xo`jaligi vaziri S.J.Xojametov zimmasiga yuklansin.

 

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2897