Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (60 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (60 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 yanvardagi «Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o`tab bo`lgan fuqarolarni xizmatdan bo`shatish hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga navbatdagi chaqiruv to`g`risida» gi PQ-34

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi  QAROR QILADI:

 

         1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 yanvardagi                   «Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o`tab bo`lgan fuqarolarni xizmatdan bo`shatish hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga navbatdagi chaqiruv to`g`risida»gi PQ-3474-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

- chaqirilish muddatlarini kechiktirish huquqiga ega bo`lmagan O`zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolarini 2018 yilning  fevral` - mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirish;

- muddatli harbiy xizmat o`tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo`lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezerviga olish;

- 2018 yilning mart - aprel` oylarida muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o`tab bo`lgan fuqarolarni O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo`shatish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga chaqirilishini o`tkazish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi chaqiruv komissiyasi 1-ilovaga, Respublika doimiy tibbiy komissiyasi tarkibi 2-ilovaga hamda fuqarolarni muddatli harbiy
va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga chaqiruvga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bo`yicha tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi (D.Xodjiev)ga:

- chaqiriluvchilarni tibbiy ko`rikdan talab darajasida o`tkazish maqsadida chaqiruv uchastkalarini yuqori kategoriyali tibbiyot xodimlari bilan ta`minlash;

         - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil                             21 fevraldagi 95-sonli “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy guvohlantirish yo`riqnomasini tasdiqlash to`g`risida”gi  va  2009 yil  9  apreldagi 103-sonli “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy guvohlantirish ko`rsatmasiga kiritilgan o`zgartirishlar va ko`shimchalar to`g`risida”gi qarorlariga asosan chaqiruv uchastkalarini zamonaviy tibbiy anjomlar, asbob uskunalar (UZI, FGDS, EKG) bilan talab darajasida jihozlash, shuningdek tibbiy komissiyalarining samarali ishlashi, chaqiriluvchilarni tibbiy ko`rikdan sifatli va holisona o`tkazilishini ta`minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirish;

tibbiy ko`rikdan o`tkazish jarayonida kasalligi aniqlangan chaqiriluvchilarni  o`z vaqtida davolash va sog`lomlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun Respublika, Nukus shahar va tumanlar tibbiyot birlashmalarida 7-10 ta o`rin (koyka) ajratish;

ruxiy kasalliklar, sil kasalligiga qarshi, teri-tanosil                              va giyohvandlik tibbiy birlashmalarida hisobda turgan chaqiriluvchilarning ro`yxatini mudofaa ishlari bo`limlariga belgilangan tartibda taqdim etish topshirilsin. 

           5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (A.Temirxanov):

- chaqiruv uchastkalarida jamoat tartibining saqlanishini ta`minlash bo`yicha tegishli choralar ko`rsin;

- xizmatga chaqiriluvchilarni Qoraqalpog`iston Respublikasi yig`in punktiga va o`z joylariga qaytarib etkazilishida yo`l xavfsizligini  ta`minlasin.                                                               

         6. Nukus shahar hokimligi (P.Tureshov) shahar obodanlashtirish boshqarmasidan 2018 yilning 15 yanvar` kunidan 30 may kunigacha Nukus shahar mudofaa ishlari bo`limi orqali Qoraqalpog`iston Respublikasi Yig`in punktida obodonlashtirish va tozalikka rioya qilish uchun
6 texnik xodimlar ajratsin.

7.    Nukus shahar  va tumanlar  hokimliklari:

- belgilangan tartibda shahar va tumanlar chaqiruv komissiyalarini tashkil etsinlar va komissiyaning  samarali ishlashini ta`minlasinlar;

- chaqiruv komissiyalariga zarur sharoitlar yaratib, ularni aloqa
va transport vositalari bilan  belgilangan tartibda ta`minlasinlar;

- 2018 yil aprel` oyida fuqarolarni navbatdagi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv va safarbarlik chaqiruvi rezerviga olish natijalarini chuqur tahlil qilsinlar va Qoraqalpog`iston Respublikasi chaqiruv komissiyaga hisobot bersinlar.

 8. Qoraqalpog`iston Respublikasi chaqiruv komissiyasi raisi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Sog`liqni saqlash vazirligi va Davlat test markazi vakillari bilan birgalikda joylardagi chaqiruv komissiyalarining samarali ishlashini tashkil qilsinlar, chaqiriluvchilarning sifatli
va holisona tibbiy ko`rikdan o`tkazilishini, ularning ma`naviy-ruhiy fazilatlari va intellektual rivojlanish saviyasi qonunchilikda belgilangan tanlovning harbiy-kasbiy mezonlariga muvofiq ravishda o`rganib chiqilishini ta`minlasinlar.

         9.  Qoraqalpog`iston Respublikasi chaqiruv komissiyasi raisi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Madaniyat vazirligi, «Nuroniy» jamg`armasi, Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi, «Mahalla» jamg`armasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi bilan birgalikda harbiy xizmatga kuzatish, harbiy xizmatni o`tab bo`lgan yoshlarni kutib olish marosimlari keng jamoatchilik, faxriylar, madaniyat arboblari ishtirokida tantanali vaziyatda o`tkazilishini ta`minlasinlar.

         10. Qoraqalpog`iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (U.Saburov) Nukus shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda Qurolli Kuchlardan rezervga bo`shatilgan fuqarolarni ishga joylashtirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta`minlasin.

         11. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi (A.Ayapov) chaqiriluvchilarning ma`naviy va ruxiy holatlarini aniqlash hamda muddatli harbiy xizmatga ruxiy kamchiligi bo`lgan chaqiriluvchilarning yuborilishi oldini olish maqsadida Respublika yig`in punkti tibbiy ko`rigida ishtirok etish uchun malakali psixolog mutaxassis ajratsin.

12. Qoraqalpog`iston Respublikasi Teleradiokompaniyasi (Q.Nagmetov), Matbuot va axborot agentligi (A.Bekmuratov) muddatli harbiy xizmatga tayyorlashning borishini, fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirishning amalga oshirilishini, chaqiruv komissiyalari ishini, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatning tashkil qilinishini
va Qurolli Kuchlardan rezervga bo`shatilgan harbiy xizmatchilarni joylarda kutib olish bo`yicha tantanali tadbirlar uyushtirilishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.

         13. Chaqiruv yoshiga etmaganlar va chaqiriluvchilar bilan chaqiruvga qadar boshlang`ich harbiy tayyorgarlik ishlarini talab darajasida amalga oshirish Qoraqalpog`iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasiga (B.Begabaev) topshirilsin.

           14. O`zbekiston Respublikasi Davlat test markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha vakili (M.Abdullaev) Qoraqalpog`iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasida chaqiriluvchilarni test sinovlaridan to`liq o`tkazishni ta`minlasin.

15. “Qoraqalpoqelektrtarmoqlari hududiy korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati (Z.Kerimzatov), “O`ztransgaz” AJ Qoraqalpoq gaz hududiy filiali  (A.Qudaynazarov), Tuyamuyun – Nukus mintaqaviy suv o`tkazgichidan foydalanish boshqarmasi (M.Uteniyazov) Respublika yig`in punkti                              va joylardagi chaqiruv punktlarida chaqiruv mavsumini sifatli o`tkazish maqsadida  gaz, suv va elektrenergiya bilan  uzluksiz ta`minlasinlar. 

16.  O`zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligi Qoraqolpog`iston Respublikasi bo`yicha bo`limi (A.Berdiev), «Qaraqalpoq trans» asossatsiyasi (B.Nietullaev) harbiy qismlarga yuboriladigan chaqiriluvchilarni belgilangan manzilga etkazib quyish uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi hamda  (shahar), tumanlar mudofaa ishlari bo`limlari bilan  ikki tomonlama tuzilgan shartnomaga asosan avtobus bilan ta`minlasinlar.

17.  Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2016 yil
27 dekabrdagi 397-sonli qarori o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

          18. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov zimmasiga  yuklansin.

 

 

    Qoraqalpog`iston  Respublikasi

      Vazirlar Kengashining Raisi                                     Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 4160