Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (56 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (56 KB)

2018 yil g`alla hosilidan bo`shagan maydonlarga takroriy ekinlarni fermer xo`jaliklariga joylashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida

2018 yilda boshoqli don ekinlaridan bo`shaydigan maydonlarda oziq-ovqat ekinlarining tezpishar navlarini takroriy ekin sifatida qisqa muddatlarda ekish va ulardan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish bo`yicha tumanlar hokimlarining takliflarini inobatga olib, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR  QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 yanvardagi 03/1-2365-conli telegrammasi topshiriqlari ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. To`rtko`l tumani hokimining 2018 yil 12 yanvardagi 53-sonli, Beruniy tumani hokimligining 2018 yil 10 yanvardagi 524-sonli, Ellikqal`a tumani hokimligining 2018 yil 8 yanvardagi 11/1-sonli, Amudaryo tumani hokimligining 2018 yil 11 yanvardagi 03-sonli, Xo`jayli tumani hokimligining 2018 yil 13 yanvardagi 48/1-sonli, Taxiatosh tumani hokimligining 2018 yil 9 yanvardagi 34/01-sonli, Sho`manoy tumani hokimligining 2018 yil 12 yanvardagi 15/1-sonli, Qonliko`l tumani hokimligining 2018 yil 11 yanvardagi 31/01-sonli, Qo`ng`irot tumani hokimligining 2018 yil 8 yanvardagi 11/1-sonli, Nukus tumani hokimligining 2018 yil 12 yanvardagi 39/1-sonli, Kegeyli tumani hokimligining 2018 yil 12 yanvardagi 23-01-sonli, Chimboy tumani hokimligining 2018 yil 12 yanvardagi 45-sonli, Qorao`zak tumani hokimligining 2018 yil 13 yanvardagi 27/1-sonli hamda Taxtako`pir tumani hokimligining 2018 yil 13 yanvardagi  4-sonli va Mo`ynoq tumani hokimligining 2018 yil 13 yanvardagi 01/37-sonli qarorlari tasdiqlansin.

3. 2018 yilda boshoqli don ekinlaridan bo`shaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirish prognoz ko`rsatkichlari 1-ilovaga;

 

2018 yilda tumanlarda boshoqli don ekinlaridan bo`shaydigan maydonlarda sabzavot ekinlarini turlari bo`yicha joylashtirish prognoz ko`rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

2018 yilda boshoqli don ekinlaridan bo`shaydigan maydonlarda ekiladigan takroriy ekinlardan etishtiriladigan mahsulotlarining prognoz ko`rsatkichlar 3-ilovaga muvofiq;

2018 yilda boshoqli don ekinlaridan bo`shaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish uchun talab qilinadigan urug`lik miqdori hisob-kitobi 4-ilovaga muvofiq  tasdiqlansin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari (Xojametov), er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Sultanov), “Qoraqalpoqagrokimyohimoya” HAJ (Djumanazarov), “Taxiatosh neft baza” MChJ (Abdimuratov) va tumanlari hokimlariga:

g`alladan bo`shagan maydonlarda qishloq xo`jaligi ekinlarini ekish, agrotexnik tadbirlarini o`z vaqtida o`tkazish va hosilni qisqa muddatlarda yig`ib-terib olish ishlarni tashkil qilish;

takroriy ekinlarni ekish rejalashtirilgan g`alla maydonlarini birinchi navbatda o`rish, ushbu maydonlarni somondan tozalash, shudgorlash va ekinlarni optimal muddatlarda ekish;

ekilgan ekinlarni sug`orish, parvarishlash, oziqlantirish, hashorat  va zararkunandalarga qarshi kurashish bilan bog`liq agrotexnik tadbirlarning borishini doimiy ravishda nazorat qilish va monitoringini yuritish;

talab etiladigan suv limiti, mineral o`g`it, kimyoviy preparatlar, yonilg`i-moylash mahsulotlari, biomahsulotlar va kerakli texnikalar bilan belgilangan muddatlarda ta`minlash;

etishtirilgan hosilni o`z vaqtida yig`ib-terib olish, belgilangan yo`nalishlar bo`yicha tuzilgan shartnomalar asosida etkazib berish va sotish ishlarini tashkil qilish vazifalari yuklatilsin.

5. Tumanlar hokimliklari har bir fermer xo`jaligining har oy ish rejasini ishlab chiqishiga amaliy yordam ko`rsatish va tumandagi tegishli sektor rahbari tomonidan tasdiqlash hamda tugayotgan har oyning 25 sanasida keyingi oyning ish rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash tizimini joriy etsinlar.

6. er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Sultanov) takroriy ekinlarni ekish bo`yicha sertifikat tizimini joriy etib, takroriy ekinlar ekilgan maydonlarni joriy yilning 1 avgustiga qadar monitoring o`lchovdan o`tkazsin va o`lchov natijalari bo`yicha Vazirlar Kengashiga axborot kiritsin.

7. “Qoraqalpoqagrokimyohimoya” HAJ (Djumanazarov) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda agrotexnik muddatlardan kelib chiqqan holda takroriy ekinlar uchun talab etiladigan mineral o`g`itlarni etkazib berish grafiklarini tasdiqlasinlar hamda uning ijrosini ta`minlasinlar.

8. “Taxiatosh neft baza” MChJ (Abdimuratov) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:

takroriy ekinlar uchun talab etiladigan yonilg`i moylash mahsulotlarini xizmat ko`rsatuvchi fermerlarga yoqilg`i qo`yish shaxobchalari orqali naqd pul, plastik kartalar orqali va hisob raqamidagi erkin mablag`lar hisobidan oldindan 100 foiz to`lov asosida etkazib berishni ta`minlasinlar;

bir oy muddatda agrotexnik muddatlardan kelib chiqqan holda takroriy ekinlarga talab etiladigan yonilg`i moylash mahsulotlarini etkazib berish grafiklarini tasdiqlasinlar.

9. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi (Sultanov) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 2018 yilda boshoqli don ekinlaridan bo`shaydigan maydonlarda ekiladigan takroriy ekinlarni agrotexnik muddatlardan kelib chiqqan holda ekish grafigini ishlab chiqib, Vazirlar Kengashiga tasdiqlash uchun kiritsin.

10. “O`zdavneftgazinspektsiya” Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi (Ubaydullaev), “Taxiatosh neft baza” MChJ (Abdimuratov) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 2018 yil yozgi shudgor tadbirlariga                           va takroriy ekinlar uchun ajratilayotgan dizel` yonilg`isini maqsadli sarflanishini qattiq nazoratga olsinlar.

11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari - Qishloq va suv xo`jaligi vaziri S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                        Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 3212