Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda iste`mol qilish sohasida to`lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2017 yil 29 maydagi PF-5059-son Farmoniga hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to`g`risida” 2017 yil 30 maydagi PQ-3016-son qaroriga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan qarori asosida:

a) quyidagilar:

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) maishiy iste`molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste`molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish, o`rnatish, ro`yxatdan o`tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta`minoti tashkilotlari mablag`lari hisobidan amalga oshirilishi;

maishiy iste`molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gaz iste`molini hisobga olish uskunalarining davriy davlat qiyoslovidan o`z vaqtida va sifatli o`tkazilishini tashkil qilish bo`yicha javobgarlik tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta`minoti tashkilotlariga yuklatilganligi;

tadbirkorlik sub`ektlarini elektr va gaz tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash ularning xohishiga ko`ra amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “O`zbekenergo” AJ bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq iste`molchilarning tarif guruhlari optimallashuvini hisobga olgan holda, elektr energiyasi uchun yangi tariflarni bir oy muddatda tasdiqlash topshirilganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanganligi ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

3. “Qoraqalpog`iston gaz” filiali (A.Qudaynazarov) va “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ (Z.Kerimzatov) “O`zdavneftgazinspektsiya” (J.Ubaydullaev) va “O`zdavenergonazorat”  (O.ernazarov) DI Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limlari, Qoraqalpog`iston Teleradiokompaniyasi (Q.Nag`metov), Qoraqalpog`iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi (A.Bekmuratov), shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

5. “O`zdavneftgazinspektsiya” (J.Ubaydullaev) va “O`zdavenergonazorat”  (O.ernazarov) DI Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limlari, “Qoraqalpog`iston gaz” filiali (A.Qudaynazarov), “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ (Z.Kerimzatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Nag`metov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                   Q. Sariev


Ko'rib chiqildi: 5260