Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (59 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (59 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 3493-son Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi  Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 3493-son qarori rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

OIV infektsiyasi tarqalishining oldini olish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:

a) 2018 yilda O`zbekiston Respublikasida OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish Davlat dasturi (keyingi o`rinlarda Davlat dasturi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) 2018 yil 1 iyuldan boshlab OIV infektsiyasiga tashxis qo`yish bilan shug`ullanuvchi tumanlararo diagnostika laboratoriyalari hududiy OITSga qarshi kurashish markazlari tarkibiga kiritilishi va markazlarga ushbu laboratoriyalarni moliyalashtirish, moddiy-texnik ta`minlash hamda faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish yuklanishi belgilab qo`yilganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni o`z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo`yicha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamoat tashkilotlari faoliyati va hamkorligini muvofiqlashtirilishi belgilab qo`yilganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag`larini ajratish;

kelgusi yillarda retrovirusga qarshi preparatlar va OIV infektsiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash samaradorligi monitoringini olib borish uchun zarur bo`lgan test-sistemalar bilan ta`minlashga Davlat byudjetidan mablag`lar ajratish bosqichma-bosqich oshirib borilishini nazarda tutish topshirilganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Sog`likni saqlash vazirligiga:

O`zbekiston Respublikasi Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda OIV infektsiyasi va qo`shimcha kasalliklarga tashxis qo`yish va ularni davolash uchun zarur bo`lgan diagnostikumlar va test-sistemalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish bo`yicha takliflar kiritish;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Davlat dasturida belgilangan tadbirlar ijrosi ustidan monitoring olib borilishini va har chorakda amalga oshirilgan tadbirlar haqida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobotlar taqdim etilishini ta`minlash;

O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi, Tashki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasida OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grant mablag`larini jalb etish bo`yicha zarur choralar ko`rish;

O`zbekiston Respublikasi Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan birgalikda OIV infektsiyasining oldini olish, tashxis qo`yish hamda davolash sohalarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo`yicha tizimli ishlarni olib borishini, ilmiy va innovatsion tadqiqotlar natijalari sog`liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilishini ta`minlash;

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo`mitasi, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi, Din ishlari bo`yicha qo`mita va O`zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda OIV infektsiyasi yuqish xavfi yuqori bo`lgan guruhlar, xususan, mehnat migrantlari va ularning oila-a`zolari, shuningdek, maishiy xizmat ko`rsatish muassasalari xodimlari orasida OIV infektsiyasining profilaktikasi bo`yicha tushuntirish-targ`ibot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish shartligini nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilganligi;

e) O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi aholi orasida OIV infektsiyasining oldini olish, tashxis qo`yish va davolash masalalari bo`yicha axborot-ma`rifiy ishlar olib borish.

y) O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda OIV infektsiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha tarmoq rejasini tasdiqlash va bajarilishini ta`minlash.

j) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga:

davolash-profilaktika muassasalarini ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda, sterilizatsiya bo`limlari va punktlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy apparatlar va asbob-anjomlar bilan to`liq jihozlash uchun zarur mablag` ajratilishini nazarda tutish;

davolash-profilaktika muassasalarini bir marotaba ishlatiladigan tibbiy asbob-anjomlar, test-sistemalar, diagnostikumlar va sarflovchi materiallar bilan ta`minlash topshirilganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligiga:

O`zbekiston Respublikasida 2018 yilda OIV infektsiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan Davlat dasturining ijrosi tahlili natijalari bo`yicha 2019 yilda OIV infektsiyasiga qarshi kurashish sohasidagi kompleks chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish;

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqqan xolda qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etish topshirilganligi ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

1. Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi (D.Xodjiev) Nukus shahar va tumanlar hokimlari bilan birgalikda Davlat dasturida belgilangan tadbirlar ijrosi ustidan monitoring olib borsin va har chorakda amalga oshirilgan tadbirlar haqida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hisobotlar taqdim etilishini ta`minlasin;

2. Nukus shahar va tumanlar hokimliklariga:

davolash-profilaktika muassasalarini ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda, sterilizatsiya bo`limlari va punktlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy apparatlar va asbob-anjomlar bilan to`liq jihozlash uchun zarur mablag` ajratilishini nazarda tutsin;

davolash-profilaktika muassasalarini bir marotaba ishlatiladigan tibbiy asbob-anjomlar, test-sistemalar, diagnostikumlar va sarflovchi materiallar bilan ta`minlash topshirilsin;

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (A.Temirxanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (U.Saburov), Adliya vazirligi (J.Sadыqov), Xotin-qizlar qo`mitasi (Z.Ibragimova), Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi (T.Romanov) va

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi (A.Daniyarov) bilan birgalikda bir oy muddatda OIV infektsiyasi yuqish xavfi yuqori bo`lgan guruhlar, xususan, mehnat migrantlari va ularning oila-a`zolari, shuningdek, maishiy xizmat ko`rsatish muassasalari xodimlari orasida OIV infektsiyasining profilaktikasi bo`yicha tushuntirish-targ`ibot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish shartligini nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

4. “Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi” (B.Nag`metov) va Sog`liqni saqlash vazirligi (D.Xodjiev) aholi orasida OIV infektsiyasining oldini olish, tashxis qo`yish va davolash masalalari bo`yicha axborot-ma`rifiy ishlar olib borish tavsiya etilsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (A.Temirxanov) Sog`liqni saqlash vazirligi (D.Xodjiev) va Moliya vazirligi (M.Sodiqov) bilan kelishgan holda bir oy muddatda
OIV infektsiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha tarmoq rejasini tasdiqlasin va bajarilishini ta`minlasin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri D.Xodjiev zimmasiga yuklatilsin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2964