Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (63 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (63 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi “2018-2022 yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to`g`risida”gi 9-son qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Xarakatlar strategiyasini “Halq bilan muloqat va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda “Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi 2017 yil 31 maydagi PQ-3022-son qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi 9-son Qarorining ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi  Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

 

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
5 yanvardagi “2018-2022 yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to`g`risida”gi 9-son qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

 

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) Quyidagilarni o`z ichiga olgan 2018-2022 yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o`rinlarda Dastur deb ataladi):

2018-2022 yillarda davlat teatrlari faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq:

2018-2022 yillarda davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta`mirlash hamda jihozlashning manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq:

Xorazm viloyati musiqali drama teatrini kompleks rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi.

b) 2018-2022 yillarda respublika teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi komissiya (keyingi o`rinlarda Komissiya deb ataladi) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi.

v) Komissiya (A.Ramatov):

Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirishi yuzasidan mas`ul bo`lgan vazirlik, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirishni, belgilangan tadbirlarning to`liq va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring va nazoratni amalga oshirilishi;

davlat teatrlarining ishlab chiqiladigan yangi kontseptsiyalari tashrif buyuruvchilar, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish, turistlarga xizmat ko`rsatishni rivojlantirish, arxitektura-rejalashtirish, dizayn va landshaft echimlariga e`tibor qaratgan holda xar bir teatr binosi eskiz-loyihasining teatrning yo`nalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi ta`minlanishi;

2019 yilning 1 dekabriga qadar Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarida qo`g`irchoq teatrlarini tashkil qilish va ularning faoliyati bo`yicha takliflar ishlab chiqilishi.

Komissiyaga, zaruriy hollarda, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflariga asosan 2018-2022 yillarda davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta`mirlash hamda jihozlashning manzilli dasturiga o`zgartirishlar kiritish huquqi berilganligi.

g) O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi uch oy muddatda soxaga oid malakali mutaxassislardan iborat ekspert guruhlarini shakllantirsin hamda bugungi zamon talabi va xorijiy ilg`or tajribalarni inobatga olib, xar bir davlat teatrining individual kontseptsiyalarini ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi.

d) Dastur doirasida davlat teatrlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash bo`yicha:

buyurtmachi etib – O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Ob`ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta`mirlash va joriy ta`mirlash bo`yicha buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi belgilanganligi;

bosh loyixachi va bosh pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda o`tkaziladigan tanlov (tender) savdolari natijalari asosida belgilanganligi.

Bunda, loyixa-smeta xujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish jarayonida teatrlarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida pandus, maxsus xojatxonalar va tomosha zalidan joy ajratilishi nazarda tutilganligi.

e) Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilanishi:

davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish va jihozlash ishlari bo`yicha – O`zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlashgan mablag`lari;

davlat teatrlari binolarini mukammal ta`mirlash va jihozlash ishlari bo`yicha – O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag`lari;

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari;

imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;

jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

i) O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Madaniyat vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan O`zbekiston Respublikasining 2018 yil va kelgusi yillar uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorda belgilangan davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag`larni nazarda tutilishi.

Belgilab qo`yilsinki, 2018 yilda davlat teatrlari binolarini qurish va rekonstruktsiya qilish uchun loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish va mukammal ta`mirlash ishlarini boshlashga hamda 2019 yildan boshlab qurish va rekonstruktsiya qilish uchun zarur mablag`lar ajratilishi.

k) O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi Madaniyat vazirligi, manfatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxri hokimliklari bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish bo`yicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borilishi.

l) Shunday tartib o`rnatilganligi, unga binoan 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan xar bir davlat teatrida quyidagilarni nazarda tutuvchi sahna asarlari yaratish uchun davlat buyurtmasi berilishi:

yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini tarannum etuvchi, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an`analarni aks ettiruvchi spektakllari;

aholi, oila munosabatlari, ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik, insonparvarlik kabi g`oyalar asosida tarbiyalovchi badiiy yuksak sahna asarlari;

yurtimizning buyuk siymolari, halqimizning boy tarixi, vatanimiz mustaqilligiga ulkan hissa qo`shgan namoyondalar hayoti va ijodi xar tomonlama, chuqur aks ettirilgan saxna asarlari;

davr bilan hamnafas yashayotgan, hayot sinovlarida toblangan fidoyi insonlar haqida hikoya qiluvchi hamda yoshlarning ma`naviy dunyosini mustaxkamlaydigan, kelajakka ishonchini oshiradigan, ibrat bo`ladigan zamon qaxromoni obrazini ifodalovchi spektakllari.

m) Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklari yangidan quriladigan davlat teatri binolari uchun:

belgilangan tartibda zarur er maydonlari ajratilishini;

tashqi muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishining mahalliy byudjet mablag`lari va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning o`z mablag`lari hisobidan amalga oshirilishini ta`minlanishi.

n) O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi ishlab chiqilgan loyiha-smeta xujjatlarining davlat ekspertizasidan o`tkazilishini belgilangan tartibda ta`minlasin hamda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o`rnatilishi.

o) Davlat teatrlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanishi:

O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va mahalliy byudjet mablag`lari;

davlat teatrlarining spektakl`, tomoshalar namoyishi, gastrol` faoliyatidan tushadigan mablag`lari;

halqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik hayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

p) O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda, davlat teatrlari va kontsert-tomosha muassasalari faoliyatini samaradorligini oshirish evaziga 2018-2022 yillarda ularni saqlash bilan bog`liq xarajatlarning byudjetdan tashqari tushadigan tushumlari hisobiga koplanadigan ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish bo`yicha reja-jadvalini ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi.

Bunda byudjet mablag`lari davlat teatrlarining o`z daromadlari tushumiga nisbatan proportsional ravishda ajratilishi nazarda tutilishi.

r) Xorazm viloyati hokimligi tijorat banklar bilan birgalikda:

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko`p kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” gi 2017 yil 23 oktyabrdagi PQ-3350-son qarori doirasida Urganch shahrida qurilayotgan arzon ko`p xonadonli uylardagi xonadonlardan Xorazm viloyati musiqali drama teatri xodimlariga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida ajratilishini ta`minlanishi;

Adliya vazirligi tomonidan 2007 yil 12 oktyabrda 1727-son bilan ro`yxatga olingan Aholining keng katlamli, shu jumladan, yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruktsiya qilishni moliyalashtirish va kreditlar tartibi to`g`risidagi nizom asosida Xorazm viloyati musiqali drama teatriga yaqin hududda qurilayotgan ko`p xonadonli uylardagi xonadonlardan (3 ta qavat), ular bilan bog`liq xarajatlar homiylik hayriyalari hisobidan qoplanishini inobatga olgan holda, xizmat uylari sifatida foydalanish uchun Xorazm viloyati musiqali drama teatriga operativ boshqaruv huquqi bilan berilishini ta`minlanishi.

s) O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har chorak yakuni bo`yicha Dasturdagi tadbirlarning o`z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda amalga oshirilgan ishlar to`g`risida Komissiyaga axborot kiritib borilishi.

t) O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat teatrlari va kontsert-tomosha muassasalarida xodimlarning ish vaqti hisobini, chiptalar hisobi va hisobotini yuritishga mo`ljallangan elektron dasturiy ta`minotini hamda internet tarmog`i orqali chiptalarni elektron sotish tizimini joriy etish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishi;

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan birgalikda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida madaniyat va san`at sohasi pedagog, rahbar, ijodiy hamda ovoz va yoritish bo`yicha to`lov asosida maxsus o`quv kurslari tashkil etilishi.

u) O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat teatrlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish bo`yicha takliflarni ikki oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar, shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini tarannum etuvchi, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an`analarni aks ettiruvchi spektakllar, aholi, oila munosabatlari, ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik, insonparvarlik kabi g`oyalar asosida tarbiyalovchi badiiy yuksak sahna asarlari, yurtimizning buyuk siymolari, halqimizning boy tarixi, vatanimiz mustaqilligiga ulkan hissa qo`shgan namoyondalar hayoti va ijodi xar tomonlama, chuqur aks ettirilgan saxna asarlari, davr bilan hamnafas yashayotgan, hayot sinovlarida toblangan fidoyi insonlar haqida hikoya qiluvchi hamda yoshlarning ma`naviy dunyosini mustaxkamlaydigan, kelajakka ishonchini oshiradigan, ibrat bo`ladigan zamon qaxromoni obrazini ifodalovchi sahna asarlari yaratish va aholiga namoyish etish yuzasidan takliflar kiritsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, shahar va tuman hokimliklari xar chorak yakuni bo`yicha Dasturdagi tadbirlarning o`z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda amalga oshirilgan ishlar to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga axborot kiritib borsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklansin.

 

 

   Qoraqalpog`iston Respublikasi

   Vazirlar Kengashining Raisi                                            Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2893