Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi “Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritilishini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 117-sonli qarori haqida

“Davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolar yig`inlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga uslubiy-amaliy ko`maklashish, o`zaro bog`liq bo`lgan vazifalar ijrosini to`laqonli ta`minlash tizimini shakllantirish hamda o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
15 fevraldagi “Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritilishini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 117-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha respublika kengashi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat va notijorat tashkilotlarini ularning o`zaro bog`liq bo`lgan vazifalari va funktsiyalarini inobatga olgan holda, fuqarolar yig`inlaridagi jamoatchilik tuzilmalari (keyingi o`rinlarda jamoatchilik tuzilmalari deb ataladi) biriktirish to`g`risidagi taklifi ma`qullanganligi;

b) jamoatchilik tuzilmalariga biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining o`zaro hamkorlik yo`nalishlari ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) quyidagilar:

jamoatchilik tuzilmalari ishini samarali tashkil etish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasida ularning tashabbuskorligini oshirishda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb etish;

mahallalarda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vazifalarining ijrosini ta`minlash, ular tomonidan ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan takliflarni bevosita joylardagi fuqarolardan olishda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini kengaytirish;

davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda jamoatchilik tuzilmalari rolini oshirish;

mahallalarda yuzaga kelayotgan turli muammolarni aniqlash, ularning yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish va bartaraf etishda jamoatchilik tuzilmalari imkoniyatlarini samarali ruyobga chiqarish davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga uslubiy-amaliy ko`maklashishning asosiy yo`nalishlari etib belgilanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Jamoatchilik tuzilmalariga biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining o`zaro hamkorlik yo`nalishlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi (T.Romanov)ga jamoatchilik tuzilmalariga biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda har yili:

tegishli jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

jamoatchilik tuzilmalari rahbarlarining malakasini oshirish maqsadida sohaning tajribali mutaxassislarini jalb qilgan holda, shahar va tumanlar kesimida alohida reja asosida o`quv seminarlarini tashkil etish tavsiya etilsin.

5. Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o`zaro hamkorlik doirasida tashabbuskor va faol bo`lgan jamoatchilik tuzilmalari a`zolarini tegishli fuqarolar yig`ini raisining tavsiyanomasi asosida ular biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga moddiy va ma`naviy rag`batlantirish tavsiya etilsin.

6. Shahar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi raisining birinchi o`rinbosari T.Romanovga va Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanovga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                              Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 3080