Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi “Davlat boji stavkalariga o`zgartirish kiritish to`g`risida”gi 123-sonli qarori haqida

Notarial idoralariga murojaat qilish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning o`z xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan davlat boji stavkalarini maqbullashtirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
15 fevraldagi “Davlat boji stavkalariga o`zgartirish kiritish to`g`risida”gi
123-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori  bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga 2018 yil 1 martdan e`tiboran ilovaga muvofiq o`zgartirish kiritilganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 2018 yil 1 martga qadar:

notariuslar va notarial idoralarning boshqa xodimlari o`rtasida mazkur qarorning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida hududiy seminarlarni tashkil etishi;

O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi o`rtasida mazkur qarorning mazmun va mohiyati to`g`risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirishi topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1994 yil
23 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil
3 noyabrdagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarori to`g`risida”gi 276-son qarori bilan ma`lumot uchun qabul qilingan Davlat boji stavkalariga 2018 yil 1 martdan e`tiboran ilovaga muvofiq o`zgartirish kiritilsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi (Sadikov)ga 2018 yil
1 martga qadar:

notariuslar va notarial idoralarning boshqa xodimlari o`rtasida mazkur qarorning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida hududiy seminarlarni tashkil etishi;

“Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi” (K.Nag`metov), Matbuot va axborot agentligi (A.Bekmuratov) hamda boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi o`rtasida mazkur qarorning mazmun va mohiyati to`g`risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.

5. Vazirliklar va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.Tajetdinov va Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vaziri J.Sadikov zimmasiga yuklansin.

           

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

                   Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 3684