Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (64 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (64 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3509-sonli qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3509-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3509-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) Viza rejimini yanada soddalashtirish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq, Kirish turizmini yanada rivojlantirish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq hamda Turizmni rivojlantirish masalalarida o`zaro hamkorlikni faollashtirishni ta`minlash bo`yicha mas`ullar biriktiriladigan mamlakatlar va hududlar ro`yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) 2018 yil 1 maydan boshlab tranzit bo`yicha harakatlanayotgan xorijiy yo`lovchilarga kelishlari bilan 72 soat muddatga qisqa muddatli kirish vizalarini berish joriy etilganligi, bunda ularda uchinchi mamlakatga aviachipta va viza (zarurat bo`lganda) mavjud bo`lishi hamda konsullik yig`imlarini to`lash talabi, shuningdek, tasdiqlangan turizm dasturlari bo`yicha tanishuv turlari uchun ularning aeroport chegara hududidan tashqariga qisqa muddatli nazorat qilinadigan chiqishi tartibi nazarda tutilganligi;

- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ushbu bandni amalga oshirish bo`yicha, shu jumladan, fuqarolari kelishlari bilan qisqa muddatli kirish vizalari beriladigan mamlakatlar ro`yxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilish topshirilganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi va Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitada Ziyorat turizmini qo`llab-quvvatlash bo`limini tashkil etish to`g`risidagi taklifi ma`qullanib, unga ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, xorijiy ommaviy axborot vositalarida O`zbekiston to`g`risida Islom dini va boshqa jahon dinlarining madaniy-tarixiy va ilmiy-teologik markazi sifatida axborot materiallarini targ`ib qilish va tarqatish yuklanganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun:

- ustuvor mamlakatlar va hududlardan O`zbekiston Respublikasiga turistlar oqimini ko`paytirish bo`yicha «yo`l xaritalari»ni;

- O`zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini kiritish topshirilganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va «O`zbekiston havo yo`llari» MAKga O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini O`zbekistonning turizm imkoniyatlarini namoyish etadigan zarur axborot materiallari bilan ta`minlash, shuningdek, zarurat bo`lganda, O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga joylashgan mamlakatida «O`zbekiston» turizm brendini targ`ib qilishga bag`ishlangan tadbirlarni o`tkazish uchun byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo`llab-quvvatlash jamg`armasidan mablag`lar ajratish topshirilganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Moliya vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy turistlarni jalb qilish prognozini va O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari va xodimlarini joylashgan mamlakatdan turistlar oqimini ko`paytirganlik uchun byudjet mablag`lari hisobidan mukofotlash, shuningdek, respublikaga turistlar oqimini oshirish bo`yicha yuklangan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarlik choralarini qo`llash tartibini ishlab chiqish va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish topshirilganligi;

- «O`zbekiston havo yo`llari» MAKga O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan kelishgan holda xorijiy turistlarni jalb qilish prognozini tasdiqlash hamda «O`zbekiston havo yo`llari» MAKning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlari va xodimlarini joylashgan mamlakatidan turistlar oqimini ko`paytirganlik uchun o`z mablag`lari hisobidan mukofotlash, yuklangan vazifalarning bajarilishi ta`minlanmagan holatlarda esa, javobgarlik choralarini qo`llash tizimini joriy etish tavsiya etilganligi;

j) «O`zbekiston havo yo`llari» MAKga qatnovlar raqobatbardoshligini ta`minlash maqsadida xalqaro qatnovlar uchun aviachiptalarni tannarxidan past narxlarda sotish huquqi berilganligi;

- O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga «O`zbekiston havo yo`llari» MAK bilan birgalikda ikki oy muddatda «O`zbekiston havo yo`llari» MAKning soliq solinadigan bazasini arzonlashtirilgan narxlar bo`yicha sotilgan aviachiptalar summasiga kamaytirish mexanizmini joriy etsish topshirilganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga;

- 2018 yil 1 martgacha turistlarga tezkor yordam ko`rsatish uchun yagona qisqa umumrespublika telefon raqamiga ega bo`lgan Call-markazning faoliyati autsorsing shartlarida tashkil etilishini ta`minlash;

- O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Sog`liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo`mitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Call-markazga murojaat qilgan turistlarga tezkor yordam ko`rsatish masalalarida idoralararo o`zaro hamkorlikni ta`minlash;

- O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining Sall-markazi faoliyat yuritishi bilan bog`liq xarajatlar byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo`llab-quvvatlash jamg`armasining mablag`lari hisobiga moliyalashtirilishi belgilanganligi;

i) turistlar uchun yo`nalishni mo`ljalga olishni engillashtirish maqsadida chet tillaridagi (ingliz, rus va boshqa tillarda) ko`rsatkichlarni o`rnatish tashabbusi bilan chiqqan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga ushbu ko`rsatkichlarda ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar (xizmatlar va ishlar)ning reklamasini joylashtirish huquqi berilishi, bunda reklama sohasiga oid qonunchilik talablariga rioya qilinishi ta`minlangan holda joylashtirilayotgan reklamaning umumiy maydoni ko`rsatkich maydonining 40 foizidan ko`p bo`lmasligi;

- turistlar tomonidan jamoat joylari, bino va inshootlarni foto va video suratga olish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshirilishi, ro`yxati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan hamda barcha turdagi suratga olishlar taqiqlanganligi haqidagi tegishli ko`rsatkichlar o`rnatilgan ob`ektlar bundan mustasno qilib belgilanganligi;

k) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va Madaniyat vazirligiga har chorakda va yil yakunlariga ko`ra respublikaning turizm imkoniyatlari va salohiyati, uning tarixiy shaxslari, tarixi, madaniyati, an`analari, sporti to`g`risidagi eng yaxshi video, foto va audiomateriallarni aniqlash bo`yicha tanlovni tashkil qilish va o`tkazish orqali mahalliy va chet ellik g`oliblarni aniqlagan holda tegishlicha byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi, byudjetdan tashqari Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni yo`q qilish bo`yicha jamg`arma hamda Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasining mablag`lari hisobiga taqdirlashni ta`minlash vazifasi topshirilganligi;

l) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan kelishgan holda 2018 yildan boshlab har yili daromadlar prognozi ortig`i bilan bajarilgan mablag`lar va boshqa byudjetdan tashqari manbalarning mablag`lari hisobiga xalqaro turizm ko`rgazmalari va yarmarkalarida ishtirok etish, keyinchalik chet el jamoatchiligi orasida tarqatish maqsadida tegishli axborot materiallarini tayyorlash hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida reklama kampaniyalarini ishga solish orqali hududlarning turizm salohiyatini targ`ib qilish uchun mablag`lar ajratish topshirilganligi;

m) O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oltin buyumlar hamda belgilangan tartibda tayyorlangan o`lchovli yombilar xorijiy turistlar tomonidan O`zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi tartibining soddalashtirilishini nazarda tutadigan Hukumat qarori loyihasini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

n) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga ikki oy muddatda;

- Madaniyat vazirligi va «O`zbekkino» milliy agentligi bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Madaniyat vazirligi hamda «O`zbekkino» milliy agentligining buyurtmanomalariga ko`ra xorijiy ijodiy guruhlarga respublikaning turizm salohiyati to`g`risidagi foto va videomateriallarni tayyorlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini, jumladan, dronlarni O`zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berish tartibini ko`zda tutadigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

- 2018 yil 1 iyulgacha bo`lgan muddatda «O`zbekiston havo yo`llari» MAK, O`zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ilg`or xorijiy tajribani o`rganish asosida «Qarshi» xalqaro aeroportini «O`zbekiston havo yo`llari» MAKning tarkibidan chiqarib, xalqaro aeroportlarni boshqarish bo`yicha maxsus kompaniya boshqaruviga berish, aeroport hududida «Ochiq osmon» rejimini, shu jumladan, loukoster aviakompaniyalarini jalb qilgan holda joriy qilishni nazarda tutuvchi «Qarshi» xalqaro aeroportini rivojlantirish kontseptsiyasini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

o) O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Xorijlik turistlar, jumladan, ziyorat qilish maqsadida kelayotgan turistlar uchun viza va ro`yxatdan o`tish tartibotlarini bosqichma-bosqich soddalashtirishga doir takliflar tayyorlash bo`yicha ishchi guruhga har chorakda tegishli ma`lumotlar kiritgan holda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Viza rejimini yanada soddalashtirish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar rejasining amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat o`rnatish topshirilganligi;

p) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:

- ushbu qaror bilan tasdiqlangan Kirish turizmini rivojlantirish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borilishini;

- monitoring yakuniga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo`yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga rejalashtirilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda so`zsiz bajarilishini ta`minlash maqsadida tegishli qarorlarni qabul qilish uchun har chorakda takliflar kiritib borilishini ta`minlash vazifasi yuklatilganligi;

r) Turizmni rivojlantirish bo`yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Aripov)ga:

- ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning so`zsiz, o`z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy va tizimli nazorat tashkil etilishini;

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari — mas`ul ijrochilarning ushbu qaror bilan tasdiqlangan Kirish turizmini yanada rivojlantirish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar rejasining so`zsiz bajarilishi yuzasidan ular tomonidan ko`rilayotgan amaliy choralarning har chorakda eshitilishini ta`minlash topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining Call-markazga murojaat qilgan turistlarga tezkor yordam ko`rsatish masalalarida idoralararo o`zaro hamkorlikni ta`minlasin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi moliya vazirligi, shahar va tumanlar hokimliklari O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda 2018 yildan boshlab har yili daromadlar prognozi ortig`i bilan bajarilgan mablag`lar va boshqa byudjetdan tashqari manbalarning mablag`lari hisobiga xalqaro turizm ko`rgazmalari va yarmarkalarida ishtirok etish, keyinchalik chet el jamoatchiligi orasida tarqatish maqsadida tegishli axborot materiallarini tayyorlash hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida reklama kompaniyalarini ishga solish orqali hududlarning turizm salohiyatini targ`ib qilish uchun mablag`lar ajratsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari B.Xabibullaev va O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig`i B.Kusekeev zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

  Vazirlar Kengashining Raisi                                    Q. Sariev  


Ko'rib chiqildi: 2519