Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (71 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (71 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3514-sonli qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi  PQ-3514-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi  PQ-3514-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) «O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (keyingi o`rinlarda - Amaliy chora-tadbirlar rejasi) l-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi, O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, O`zbekiston Xotin-kizlar qo`mitasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi hamda O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg`armasiga;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda;

- bir oy muddatda turizm infratuzilmasining bandligini hisobga olgan holda hududlar hamda jalb etilgan tashkilotlar miqyosida turlar va ekskursiyalarni tashkil qilish jadvallarini tasdiqlash;

 

 

- yoshlarni turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish bo`yicha axborot-targ`ibot tadbirlarining muntazam o`tkazilishini ta`minlash;

- turistlar oqimining mavsumiyligi hamda hududlarning turizm infratuzilmasi to`liq jalb etilishini inobatga olib, shu jumladan turizm faoliyati sub`ektlarini jalb etgan holda Amaliy chora-tadbirlar rejasining samarali amalga oshirilishi uchun zarur choralar ko`rsish;

- Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda - «O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturini (keyingi o`rinlarda - Dastur) amalga oshirish doirasida ommaviy axborot vositalarida hamda Internet tarmog`ida, shu jumladan respublikaning barcha shaharlarida «O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!» shiori ostida tashqi reklama vositalarini (shit-bannerlar hamda tashqi ekranlar uchun roliklar) tayyorlash va o`rnatish yo`li bilan ichki turizmni keng targ`ib qilish tadbirlari o`tkazilishini ta`minlash topshirilganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan joylashtiriladigan tashqi reklama ijtimoiy reklamaga tenglashtirilganligi;

g) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan kelishilgan holda 2018-2020 yillarda respublikaning har bir hududida kamida 100 ta joy hisobga olinib markaziy ko`chalar, aholi gavjum joylar hamda trassalarda joylashgan shitlar, ekranlarda ichki turizmga oid tashqi reklama beg`araz o`rnatilishini ta`minlash topshirilganligi;

d) Dastur doirasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga turistik-ekskursiya turlari uchun to`lovlar bilan bog`lik xarajatlar;

- ta`lim muassasalari o`quvchilari uchun - o`z mablag`lari va O`zbekiston yoshlar ittifoqi mablag`lari hisobidan;

- tashkilotlar xodimlari uchun - o`z mablag`lari, ish beruvchi mablag`lari (byudjet tashkilotlari uchun - tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag`lari) va jamoaviy shartnomalarga muvofiq boshqa mablag`lar hisobidan;

- etim bolalar, kam ta`minlangan oilalar farzandlari, nogironligi bo`lgan shaxslar uchun ularning umumiy sonidan kamida 20 foizi qamrab olinishi ta`minlangan holda - xayriya mablag`lari, shuningdek, har yili O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ko`rsatkichlarida nazarda tutilgan mablag`lar hisobidan;

- pensionerlar hamda urush va mehnat faxriylari uchun - o`z mablag`lari, O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg`armasining mablag`lari va xayriya mablag`lari hisobidan;

- faol xotin-qizlar uchun - o`z mablag`lari, O`zbekiston Xotin-kizlar qo`mitasi mablag`lari, «Mahalla» xayriya jamoat fondi mablag`lari va xayriya mablag`lari hisobidan;

- mahalla faollari va yosh oilalar uchun - o`z mablag`lari, «Mahalla» xayriya jamoat fondi mablag`lari hisobidan tenglik asosida qoplanishi belgilab qo`yilganligi;

Mazkur Dasturda ishtirok etish ixtiyoriy ekanligi belgilab qo`yilganligi.

e) Davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga:

- jamoaviy shartnomalarga rag`batlantirish chorasi sifatida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag`lari hisobiga o`z xodimlarining kamida 10 foizini oila a`zolari bilan birgalikda har yili dam olishga (ichki turizmga) yuborishni nazarda tutadigan xodimlarning jamoaviy va oilaviy dam olishini tashkil qilish normasini kiritish;

- xodimlarga mehnat qonunchiligiga muvofiq ular uchun qulay bo`lgan vaqtda sayohat qilish va dam olish uchun ta`tilning foydalanilmay qolgan qismi hisobidan dam olish kunlari (otgul) berish topshirilganligi;

Dastur tadbirlarini amalga oshirish doirasida har yili 30 dekabrgacha davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari uchun turistik-sayohat turlarini tashkil qilish jadvallarini tasdiqlash tavsiya etilganligi;

j) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga guruhli sayohatlarni tashkil qilish uchun mahalliy turoperatorlar bilan o`zaro hamkorlik qilish, shuningdek, mehmonxona va transport tashkilotlariga tashkil etilgan turlar, shu jumladan yashash va kelib-ketish (uchib borish) uchun imtiyozlar taqdim etish bo`yicha takliflar yuborishda yordam ko`rsatish vazifasi yuklatilganligi;

z) 2018 yil 10 fevraldan boshlab 3 yil muddatga;

- ish beruvchining turizm sohasida faoliyat ko`rsatish bo`yicha litsenziyaga ega bo`lgan sub`ektlardan xodimlar va ularning oila a`zolari uchun respublika bo`ylab turistik yo`llanmalarni sotib olish xarajatlari xodimning daromadi sifatida ko`rib chiqilmasligi hamda yuridik shaxsdan olinadigan foyda solig`ini hisoblab chiqishda chegirib qolinishi;

- jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari O`zbekiston Respublikasi bo`ylab turistik yo`llanmalarni turizm sohasida faoliyat ko`rsatish bo`yicha litsenziyaga ega bo`lgan sub`ektlardan sotib olishga yo`naltirilgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi, bunda turistik yo`llanma (ayirboshlanadigan vaucher), avia va temir yo`l chiptalari, avtotransport tashkilotlarining hisob-fakturalari (chiptalari) va joylashtirish vositalari cheklari tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanishi;

- turizm sohasida faoliyat ko`rsatadigan sub`ektlarning soliq solinadigan bazasi O`zbekiston turizm brendi va “Uzbekistan.travel” sayti reklamasi bo`lgan bosma mahsulotlarni (xaritalar, risolalar, bukletlar, flayerlar va boshqalar), suvenir va qadoqlash mahsulotlarini (sumkalar, paketlar, maktab daftarlari, yorliqlar, giloflar, kiyim-kechaklardagi va oshxona anjomlaridagi yozuvlar) tayyorlash va chop etishga yo`naltiriladigan xarajatlar summasiga kamaytirilishini nazarda tutuvchi tartib joriy etilganligi;

i) tijorat banklariga O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga turizm sohasida faoliyat ko`rsatish bo`yicha litsenziyaga ega bo`lgan sub`ektlardan O`zbekiston Respublikasi bo`ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun 10 million so`mgacha iste`mol kreditlarini ajratish va kreditni ish haqi hisobidan qoplash imkoniyatini berish tavsiya etilganligi;

k) turizm ob`ektlari (me`moriy yodgorliklar va boshqalar) hamda infratuzilmasi (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, turistik yo`nalishlar va boshqalar) joylashgan joylarning belgi-ishoralari va ko`rsatkichlarini o`z ichiga olgan tematik turistik xaritalar adadini ko`paytirish va ularni tarqatishga kartografiya ishlarini amalga oshirish uchun litsenziya (ruxsatnoma) olinishi talab etilmasligi;

turistlarga xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar (davlat muzeylari, galereyalar, madaniy meros ob`ektlari va qo`riklanadigan tabiiy hududlar ma`muriyatlari va boshqalar) o`z faoliyatidan tushadigan tushumlarning kamida 5 foizini o`z faoliyati hamda taqdim etayotgan turizm xizmatlari bayon etilgan reklama-tarqatish materiallarini o`zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash va adadini ko`paytirish uchun majburiy tartibda yo`naltirishi, bunda ushbu maqsadlarga yo`naltirilgan xarajatlar summasi bu tashkilotlarning soliqqa tortiladigan bazasidan chiqarib tashlanishi belilab quyilganligi;

l) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan kelishgan holda turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega tuman va shaharlarda joylashgan hamda asosan muxandislik kommunikatsiyalar bilan ta`minlangan foydalanilmayotgan er uchastkalarini 2-ilovaga muvofiq ro`yxat bo`yicha uch oy muddatda xatlovdan o`tkazish hamda keyinchalik O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi xulosasiga asosan har bir hududda umumiy maydoni kamida 20 gektar bo`lgan 20 ta er uchastkasi hisobidan kelib chiqib, turizm sohasidagi loyihalarni (mehmonxonalar, mehmonxona uylari, kempinglar, motellar va boshqa joylashtirish vositalari, tematik xiyobonlar, muzeylar, galereyalar va boshqa inshootlar qurish) amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik sub`ektlari hamda potentsial investorlarga taqdim etish uchun ajratish topshirilganligi;

m) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan tanlab olingan foydalanilmayotgan er uchastkalarida 2018-2022 yillarda turizm infratuzilmasini tashkil etish doirasidagi xarajatlar;

- yangi loyihalar (maketlar)ning dizayn-eskizlarini ishlab chiqish uchun - byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo`llab-quvvatlash jamg`armasining mablag`lari;

- muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun - tegishli tumanlar (shaharlar) mahalliy byudjetlari mablag`lari hisobidan qoplanishi belgilab qo`yilganligi;

n) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga;

- O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda turistik yig`imlar, mehmonxona xizmatlarini sertifikatlash hamda joylashtirish vositalarining javobgarlik qoidalarini saqlab qolgan holda, tashrif buyuruvchilarni ro`yxatga olish bo`yicha maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturda joylashtirish vositalari orqali xususiy uylarga (xonadonlarga) mehmonlarni vaqtinchalik ro`yxatdan o`tkazish tartibini joriy etish;

- turizm toifasiga oid mehmonxonalar va mehmonxona uylarining namunaviy loyihalarini, shu jumladan xorijiy loyiha tashkilotlaridan byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari hisobidan sotib olish va keyinchalik ushbu loyihalarni turizm infratuzilmasi ob`ektlarini qurish tashabbusini ko`rsatgan tadbirkorlik sub`ektlariga beg`araz taqdim etish, bunda namunaviy loyihalarni muayyan hududga biriktirish O`zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo`mitasining hududiy bo`linmalari tomonidan beg`araz asosda ta`minlash topshirilganligi;

 

o) O`zbekiston   Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining ichki turizmni yanada rivojlantirish hamda turizm infratuzilmalarini takomillashtirish maqsadida hududlarda kichik turizm zonalarini tashkil etish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilganligi;

- kichik sanoat zonalari to`g`risidagi qonun hujjatlari qoidalari kichik turizm zonalariga ham tatbiq etilishi;

- O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2018 yilning 1 iyuliga qadar tadbirkorlik sub`ektlariga er uchastkalarini ajratishning soddalashtirilgan mexanizmini joriy etgan holda hududlarda kichik turizm zonalarini yaratish bo`yicha takliflarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

p) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan birgalikda quyidagi summalar uchun soliq solinadigan bazani kamaytirish tartibini bir oy muddatda tasdiqlash topshirilganligi;

- 100 million so`mgacha - xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning                  2020 yilning 1 yanvariga qadar sanitariya qoidalari, me`yorlari va gigiena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiena tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta`mirlash va qurishga yo`naltirilgan xarajatlari;

- 12 million so`mgacha - har yili 2025 yilning 1 yanvariga qadar xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning sanitariya qoidalari, me`yorlari va gigiena normativlariga muvofiq keladigan sanitariya-gigiena tarmoqlarini (farroshlar ish haqi, gigiena, tozalash va yuvish vositalarini sotib olish, kommunal xarajatlarni to`lash), turizm infratuzilmasi ob`ektlarini (tarixiy va me`moriy yodgorliklar, muzeylar, teatrlar, madaniyat uylari, umumiy ovqatlanish punktlari, xizmat ko`rsatish ob`ektlari, avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchalari, avtomobillar uchun vaqtincha to`xtash joylari, yo`lbo`yi infratuzilmasining servis xizmatlar ko`rsatiladigan hududlari, bozorlar, rastalar, do`konlar va odamlar gavjum bo`ladigan boshqa joylarni) saqlashga yo`naltirilgan xarajatlari;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining xulosasi asosida zamonaviy sanitariya-gigiena tarmoqlarini yaratish loyihalarini amalga oshiradigan tadbirkorlik sub`ektlari va potentsial investorlarga shaharlar va tumanlarning tegishli qismlarida reklama va ixcham savdo nuqtalari uchun joylar taqdim etish topshirilganligi;

r) O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga;

- manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Amaliy chora-tadbirlar rejasi bajarilishi ustidan doimiy monitoringni;

- monitoring natijalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida»gi 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo`yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga rejalashtirilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda so`zsiz bajarilishini ta`minlash maqsadida tegishli qarorlarni qabul qilish uchun har chorakda takliflar kiritilishini ta`minlash vazifasi yuklatilganligi;

s) Turizmni rivojlantirish bo`yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A.Aripov)ga;

- ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning so`zsiz, o`z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy va tizimli nazorat tashkil etilishini;

- vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar - mas`ul ijrochilar rahbarlarining Amaliy chora-tadbirlar rejasini so`zsiz amalga oshirish borasida ular tomonidan ko`rilayotgan amaliy choralar haqidagi hisobotlari har chorakda eshitib borilishini ta`minlash topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. «O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (keyingi o`rinlarda - Amaliy chora-tadbirlar rejasi) l-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

4.       O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi, Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, Xotin-kizlar qo`mitasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi hamda O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg`armasining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi:

a) shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda:

bir oy muddatda turizm infratuzilmasining bandligini hisobga olgan holda hududlar hamda jalb etilgan tashkilotlar miqyosida turlar va ekskursiyalarni tashkil qilish jadvallarini tasdiqlasin;

yoshlarni turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish bo`yicha axborot-targ`ibot tadbirlarining muntazam o`tkazilishini ta`minlasin;

turistlar oqimining mavsumiyligi hamda hududlarning turizm infratuzilmasi to`liq jalb etilishini inobatga olib, shu jumladan turizm faoliyati sub`ektlarini jalb etgan holda Amaliy chora-tadbirlar rejasining samarali amalga oshirilishi uchun zarur choralar ko`rsin;

b) Qoraqalpog`iston Respublikasi Ma`naviyat va ma`rifat markazi, Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi va Qoraqalpog`iston axborot agentligi bilan birgalikda - «O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturini (keyingi o`rinlarda - Dastur) amalga oshirish doirasida ommaviy axborot vositalarida hamda Internet tarmog`ida, shu jumladan respublikaning barcha shahar va tumanlarida «O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!» shiori ostida tashqi reklama vositalarini (shit-bannerlar hamda tashqi ekranlar uchun roliklar) tayyorlash va o`rnatish yo`li bilan ichki turizmni keng targ`ib qilish tadbirlari o`tkazilishini ta`minlasin.

5. Shahar va tumanlar hokimliklari O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda 2018-2020 yillarda respublikaning har bir hududida kamida 100 ta joy hisobga olinib markaziy ko`chalar, aholi gavjum joylar hamda trassalarda joylashgan shitlar, ekranlarda ichki turizmga oid tashqi reklama beg`araz o`rnatilishini ta`minlasin.

6. Ellikqal`a va Beruniy tumanlari hokimliklari O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda turizmni rivojlantirish uchun asosan muxandislik kommunikatsiyalar bilan ta`minlangan foydalanilmayotgan er uchastkalarini 2-ilovaga* muvofiq ro`yxat bo`yicha uch oy muddatda xatlovdan o`tkazsin hamda keyinchalik O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi xulosasiga asosan har bir hududda umumiy maydoni kamida 20 gektar bo`lgan 20 ta er uchastkasi hisobidan kelib chiqib, turizm sohasidagi loyihalarni (mehmonxonalar, mehmonxona uylari, kempinglar, motellar va boshqa joylashtirish vositalari, tematik xiyobonlar, muzeylar, galereyalar va boshqa inshootlar qurish) amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik sub`ektlari hamda potentsial investorlarga taqdim etish uchun ajratsin.

7. O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 2018 yilning 15 iyuniga qadar tadbirkorlik sub`ektlariga er uchastkalarini ajratishning soddalashtirilgan mexanizmini joriy etgan holda hududlarda kichik turizm zonalarini yaratish bo`yicha takliflarni Vazirlar Kengashiga kiritsin.

8. Shahar va tumanlar hokimliklari O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining xulosasi asosida zamonaviy sanitariya-gigiena tarmoqlarini yaratish loyihalarini amalga oshiradigan tadbirkorlik sub`ektlari va potentsial investorlarga shahar va tumanlarning tegishli qismlarida reklama va ixcham savdo nuqtalari uchun joylar taqdim etsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari B.Xabibullaev va O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig`i B.Kusekeev zimmasiga yuklansin.

* 1 — 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

  Vazirlar Kengashining Raisi                                    Q. Sariev  


Ko'rib chiqildi: 3389