Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (57 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (57 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 fevraldagi «Respublikada soya etishtirish hajmlarini yanada ko`paytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 105-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 fevraldagi «Respublikada soya etishtirish hajmlarini yanada ko`paytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 105-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

 

Q A R O R   Q I L A D I:

 

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 fevraldagi «Respublikada soya etishtirish hajmlarini yanada ko`paytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 105-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) Quyidagilar:

2018 yil hosili uchun asosiy maydonlarda soya ekinini navlar bo`yicha joylashtirish 1-ilovaga muvofiq;

2018 yilda soya doni etishtirish uchun talab etiladigan avans mablag`lari, yoqilg`i-moylash mahsulotlari va mineral o`g`itlar hajmi 2-ilovaga muvofiq;

soya urug`ligi etishtirishga ixtisoslashtirilgan urug`chilik fermer xo`jaliklari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) 2018 yil hosili uchun asosiy maydonlarda soya ekinini joylashtirish, etishtirish va doimiy monitoring olib borish bo`yicha respublika ishchi guruhi tarkibi (keyingi o`rinda Respublika ishchi guruhi  deb ataladi) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

Respublika ishchi guruhi (Z.T.Mirzaev)ga:

hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos ravishda suv ta`minoti yaxshi bo`lgan, unumdor er maydonlariga soya ekinini joylashtirishda;

fermer xo`jaliklariga yog`-moy korxonalari tomonidan avans mablag`larini o`z vaqtida ajratish, urug`lik, mineral o`g`it, yoqilg`i-moylash materiallari, kimyoviy vositalarni etkazib berish, agrotexnika tadbirlari muddatida, sifatli o`tkazilishini tashkil etish, etishtirilgan mahsulotlarni belgilangan narxlarda xarid qilish va yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda;

soya etishtiruvchi rivojlangan davlatlar bilan o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish, yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, soya etishtiruvchi fermer xo`jaliklari va soha mutaxassislari malakasini doimiy ravishda oshirib borishni tashkil etishda amaliy yordam berilishini ta`minlash topshirilganligi;

v) «O`zpaxtayog`» AJ, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar hokimliklarining:

2018 yil 1 aprelgacha soya etishtiruvchi fermer xo`jaliklari va buyurtmachilar o`rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini ro`yxatdan o`tkazish va soya etishtiruvchi xo`jaliklarga yuqori sifatli urug`liklarni sertifikatlangan holda avans mablag`i hisobidan etkazib berilishini ta`minlash;

soya etishtiruvchi fermer xo`jaliklari «O`zpaxtayog`» AJ tizimidagi yog`-moy korxonalari o`rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq mahsulot etishtiruvchilarga agrotexnika tadbirlarini o`tkazish uchun beriladigan soya urug`ligini hisobga olgan holda shartnoma qiymatining 50 foizidan kam bo`lmagan miqdorda avans mablag`larini bosqichma-bosqich to`lab berish choralarini ko`rish topshirilganligi;

«O`zpaxtayog`»  AJning ijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida yog`-moy korxonalari ilmiy-texnika markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda xomashyo bazasini rivojlantirish bo`limini, shuningdek, tizimdagi barcha yog`-moy korxonalarida mutaxassis agronom lavozimini joriy etish haqidagi takliflariga rozilik berilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Quyidagilar:

2018 yil hosili uchun asosiy maydonlarda soya ekinini navlar bo`yicha joylashtirish 1-ilovaga muvofiq;

2018 yilda soya doni etishtirish uchun talab etiladigan avans  mablag`lari, yoqilg`i-moylash mahsulotlari va mineral o`g`itlar hajmi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

4. Tumanlar hokimliklariga:

25 kun muddatda mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan soya ekini ekiladigan maydonlarni fermer xo`jaliklari va konturlar (eng kamida 5 gektar va suv bilan ta`minlangan maydon) bo`yicha joylashtirish;

«Turon-Xo`jayli» AJ va «Yog`gar» Beruniy AJ korxonalari bilan soya etishtiruvchi fermer xo`jaliklari o`rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini tashkil etish;

soyani optimal muddatlarda ekish, parvarish qilish, soya hosilini tashkiliy ravishda o`rib-yig`ib olish tadbirlarining o`z vaqtida va sifatli o`tkazilishini ta`minlash vazifalari yuklansin.

Tumanlar hokimlariga soya ekinini to`liq hajmlarda ekish, o`z vaqtida va sifatli parvarish qilish hamda mo`ljallangan hosilni yig`ib olish masalalarining nazorat qilinishi yuzasidan shaxsiy mas`uliyat yuklansin.

5. 2018 yil hosili uchun asosiy maydonlarda soya ekinini joylashtirish, etishtirish va doimiy monitoring olib borish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi ishchi guruhi tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruhi (S.Xojametov)ga:

hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos ravishda suv ta`minoti yaxshi bo`lgan, unumdor er maydonlariga soya ekinini joylashtirishda;

fermer xo`jaliklariga yog`-moy korxonalari tomonidan avans mablag`larini o`z vaqtida ajratish, urug`lik, mineral o`g`it, yoqilg`i-moylash materiallari, kimyoviy vositalarni etkazib berish, agrotexnika tadbirlari muddatida, sifatli o`tkazilishini tashkil etish, etishtirilgan mahsulotlarni belgilangan narxlarda xarid qilish va yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda;

soya etishtiruvchi rivojlangan davlatlar bilan o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish, yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, soya etishtiruvchi fermer xo`jaliklari va soha mutaxassislari malakasini doimiy ravishda oshirib borishni tashkil etishda amaliy yordam berilishini ta`minlash topshirilsin.

6. «Aloqa bank» ATBning Qoraqalpog`iston Respublikasi filiali, «Hamkor bank» ATBning Qoraqalpog`iston Respublikasi filiali, tumanlar hokimliklariga 25 kun muddatda «Turon-Xo`jayli» AJ va «Yog`gar» Beruniy AJ soya etishtiruvchilarni avans berish uchun zarur bo`ladigan kreditlarni belgilangan tartibda ajratish tavsiya etilsin.

Belgilab qo`yilsinki, soyani ekish va parvarish qilish ishlari fermer xo`jaliklariga ushbu maqsadlar uchun ochilgan maxsus hisob raqami orqali amalga oshiriladi.

7. Qoraqalpog`iston Respublikasi er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi 2018 yil 15 maygacha, tumanlar bo`limlarini jalb etgan holda, soya ekilgan maydonlarni nazorat o`lchovidan o`tkazsin va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Kengashiga axborot bersin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari - Qishloq va suv xo`jaligi vaziri S.J.Xojametov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2774