Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)
Versiyasi
Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 yanvardagi
«Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda bojxona bojlaridan ozod qilinadigan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo`shimcha em ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, ko`chatlar va tomchilatib sug`orish tizimi uchun asbob-uskunalar ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida»gi 2016 yil 12 apreldagi 110-son qaroriga o`zgartirishlar kiritish haqida»gi 60-sonli qarori to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 yanvardagi «Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda bojxona bojlaridan ozod qilinadigan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo`shimcha em ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, ko`chatlar va tomchilatib sug`orish tizimi uchun asbob-uskunalar ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida»gi 2016 yil 12 apreldagi 110-son qaroriga o`zgartirishlar kiritish haqida»gi 60-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Vazirlar Kengashi
QAROR QILADI:
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 yanvardagi «Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda bojxona bojlaridan ozod qilinadigan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo`shimcha em ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, ko`chatlar va tomchilatib sug`orish tizimi uchun asbob-uskunalar ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida»gi 2016 yil 12 apreldagi 110-son qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan quyidagilar:
a) Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda bojxona bojlaridan ozod qilinadigan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo`shimcha em ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, ko`chatlar va tomchilatib sug`orish tizimi uchun asbob-uskunalar ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida»gi 2016 yil 12 apreldagi 110-son qaroriga ilova*ga muvofiq o`zgartirishlar kiritilganligi;
b) O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi hamda «O`zstandart» agentligining ushbu qarorga ilovada ko`rsatilgan tomchilatib sug`orish uskunasi O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmasligi to`g`risidagi xulosasi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;
v) O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasiga Davlat bojxona qo`mitasi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 apreldagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan ro`yxatga muvofiq olib kirilayotgan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo`shimcha em ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, ko`chatlar va tomchilatib sug`orish tizimi uchun asbob-uskunalardan maqsadli foydlanilishi yuzasidan qat`iy nazorat o`rnatish topshirilganligi;
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 apreldagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan ro`yxatga muvofiq olib kirilayotgan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo`shimcha em ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek, payvandtag, ko`chatlar va tomchilatib sug`orish tizimi uchun asbob-uskunalardan maqsadli foydalanilmagan taqdirda, bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan to`lanmagan bojxona to`lovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy jarimalar qo`llangan holda O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga olib qo`yilishi belgilab qo`yilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2016 yil16 apreldagi «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 apreldagi 110-sonli «O`zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda bojxona bojlaridan ozod qilinadigan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo`shimcha em ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, ko`chatlar va tomchilatib sug`orish tizimi uchun asbob-uskunalar ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida»gi qarori haqidagi 98-sonli qaroriga ilova*ga muvofiq o`zgartirishlar kiritilsin.
4. Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasiga Bojxona boshqarmasi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 apreldagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan ro`yxatga muvofiq olib kirilayotgan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qo`shimcha em ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, ko`chatlar va tomchilatib sug`orish tizimi uchun asbob-uskunalardan maqsadli foydlanilishi yuzasidan qat`iy nazorat o`rnatish topshirilsin.
5. Vazirliklar va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari - Qishloq va suv xo`jaligi vaziri S.J.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev
Ko'rib chiqildi: 2858