Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 dekabrdagi «Daryolar o`zanlarini tozalash va qirg`oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash to`g`risida»gi 1009-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 dekabrdagi «Daryolar o`zanlarini tozalash va qirg`oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash to`g`risida»gi 1009-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida  Qoraqalpog`iston Respublikasi  Vazirlar Kengashi

Q A R O R   Q I L A D I:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 dekabrdagi «Daryolar o`zanlarini tozalash va qirg`oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash to`g`risida»gi  1009-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan:

a) Daryolar o`zanlarini tozalash va qirg`oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi to`g`risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

 

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining:

2014 yil 2 iyundagi ««O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 maydagi «Toshqin suvlari va sel oqimlarini O`zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo`ylab barqaror va xavfsiz o`tkazib yuborishni ta`minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab  chiqish, ekspertizadan o`tkazish, tasdiqlash  va amalga oshirish tartibi to`g`risidagi Nizomini tasdiqlash haqida»gi 135-sonli qarori to`g`risida»gi 145-sonli qarori;

2016 yil 9 maydagi ««O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 maydagi «O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirishlar kiritish, shuningdek ba`zilarini o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida»gi  138-sonli qarori haqida»gi 121-sonli qaroriga 1-ilovaning 3-bandi o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo`mitasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 10 kun muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Qishloq  va suv xo`jaligi vaziri S.J.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

            

    Q.Sariev

 

Ko'rib chiqildi: 2632