Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (79 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (79 KB)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari

 

Xabibullaev
Baxitjan
Sagidullaevich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari

 Manzil:  Nukus shahri G'aresizlik ko'chasi 50 uy
 Telefon:  0 (361) 2229545
 E-xat:

 

 E-mail: b.khabibullaev@umail.uz
 Qabul
 kunlari:
 Chorshanba, soat 10:00 - 12:00
 

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari – kompleks rahbarining funktsional vazifalari to`g`risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar

 

1. Ushbu Nizom O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
28 noyabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-3407-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish bo`yicha kompleksi rahbarining (keyingi o`rinlarda Kompleks rahbari deb ataladi) funktsional vazifalarini belgilaydi.

2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish bo`yicha kompleksi rahbari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga hisobot beradi.

3. Kompleks rahbari Vazirlar Kengashining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda amalga oshiradi.

4. Kompleks rahbari o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi shuningdek, davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda ishlaydi.

5. Kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik, tashkilot, korxona va birlashmalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi va ularga amaliy yordam ko`rsatadi.

2-bob.  Kompleks rahbarining vazifalari va funktsiyalari

1. Qo`yidagilar kompleks rahbarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O`zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlarda belgilangan investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizm sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq kompleksni rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek, xalq deputatlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishini ta`minlaydi;

Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarning ijrosini ta`minlash;

tasarrufidagi kotibiyat va sohaga oid tegishli tashkilot hamda muassasalarda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari ijrosini nazorat qilish, ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo`yicha me`yoriy hujjatlari talablari asosida ishni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini amaldagi qonunlarga muvofiq ko`rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

a) investitsiya masalalari bo`yicha:

xorijiy investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiyalar hajmini kengaytirishni rag`batlantirishga qaratilgan yagona davlat investitsion siyosatini shakllantirish va amalga oshirish ishlarida qatnashish, hududda investitsion iqlimini yanada takomillashtirish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning rivojlanishini qo`llab-quvvatlash;

 xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasida va hududda investitsion faoliyatni kengaytirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo`yicha normativ-huquqiy bazani takomilllashtirishga qaratilgan takliflar kiritish;

hududning iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va qulay investitsion sharoit yaratishga ko`maklashish, investitsion loyihalarning monitoring ishlarini olib borish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etishda va samarali faoliyat olib borishda ko`maklashish;

chet el investitsiyalarini jalb qilishning asosiy yo`nalishlarini belgilash va amalga tatbiq etishda, shuningdek xalqaro moliya institutlari va chet el investorlari bilan investitsiyaviy hamkorlikni amalga oshirishda davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O`zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va O`zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillarining savdo-iqtisodiy masalalar bo`yicha maslahatchilari bilan keng faoliyatni yo`lga qo`yish;

O`zbekiston Respublikasida va chet ellarda xorijiy investorlarga mamlakatning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida keng axborot (katalog, broshyura, flaer, vidiorolik) berish maqsadida xalqaro konferentsiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarini tashkil etish va qatnashish  orqali o`zaro manfaatli yaqin hamkorlikni yo`lga qo`yish;

mazkur jarayonlarda qatnishish istagida bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlarining xorijiy davlatlarga maqsadli safarlar (yuqori darajadagi rasmiy delegatsiyalar, xalqaro ko`rgazma, biznes forum va boshqalar) uyushtirilishini tashkil qilish;

har yilgi hududiy va mintaqaviy investitsiya dasturlarini, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar qismi bo`yicha shakllantirish va monitoring qilishda ishtirok etish;

hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o`rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko`maklashish;

sanoat sohasidagi investitsiya daturlari, hududlarni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturlari, ishlab chiqarish, transport va aloqa, ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish kompleks dasturlari bilan birga chet-el investitsiyalarini, avvalambor to`g`ridan-to`g`ri kreditlarni jalb qilish va moliyaviy-texnik yordam ko`rsatish;

chet-el investitsiyalarini jalb qilishni tizimli monitoring qilish orqali hudud iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek investor tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishini tahlil qilish, chet-el investitsiyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining o`z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to`sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, mahalliy hokimiyat organlarida tezkor qaror qabul qilish bo`yicha takliflarni taqdim etish;

hududning resurs bazasini hisobga olgan holda investitsiya takliflarini ishlab chiqish.

b) innovatsion faoliyat bo`yicha

davlat organlari va tashkilotlarida innovatsion faoliyatni takomillashtirish bo`yicha takliflarni yig`adi va umumlashtiradi;

ilg`or texnologiyalarni birinchi darajada joriy etishni talab qiladigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini belgilaydi;

hududiy iqtisodiyotni modernizatsiya qila oladigan ilmiy, loyiha va ilmiy-texnologik tashkilotlari tizimini rivojlantirish, shuningdek, istiqbolda ilmiy-texnik salohiyatni shakllantirish bo`yicha dasturlarni ishlab chiqadi;

iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

atrof-muhitni ifloslantirish darajasini kamaytiradigan ekologik toza texnologiyalarni qo`llagan holda ishlab chiqarish qobiliyatini oshirishni nazarda tutuvchi «yashil iqtisodiyot» texnologiyalarini joriy etishga ko`maklashadi;

xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga va uning tuzilmasini tubdan o`zgartirishga, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga uning sifatini va yalpi hududiy mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirishga ko`maklashadi;

innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishga ko`maklashadi;

agrar sektorda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, ustuvor qishloq xo`jaligi ekinlarining hosildorligini jiddiy oshirish va qishloq xo`jaligi korxonalarining moliyaviy ko`rsatkichlarini yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash imkonini beruvchi innovatsion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etilishiga ko`maklashish;

manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan o`zaro hamkorlikda uzluksiz ta`lim, ayniqsa muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash sohasidagi tizimni tubdan takomillashtirish, ta`lim xizmatlarining hammabopligi va sifatini hamda texnik yo`nalishdagi mutaxassislikning nufuzini oshirish bo`yicha takliflarni tayyorlaydi;

ta`lim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o`qitishning zamonaviy va interfaol metodlarini joriy etish orqali targ`ib qiladi, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion o`quv dasturlarini ishlab chiqishni ta`minlaydi;

sog`liqni saqlash tizimini jahon standartlarini hisobga olgan holda, shu jumladan kasalliklarni barvaqt aniqlash va masofadan profilaktika qilish, shuningdek, aholining uzoq umr ko`rishi uchun qo`shimcha sharoitlar yaratish hamda kasallik va o`lim ko`rsatkichlarini pasaytirishni ta`minlaydigan ilg`or texnologiyalar, «Aqlli tibbiyot» va «Yagona tibbiyot axborot markazi» kontseptsiyalarini joriy etish orqali jadal rivojlantirishga ko`maklashish;

mazkur kontseptsiyalarni ishlab chiqishda xalqaro tashkilot va xorijiy davlat muassasalarining grand mablag`larini jalb qilishga e`tibor qaratish;

inson hayotida ekologik qulay sharoitlar va respublika hududini atrof- muhitning transchegaraviy ifloslanishidan himoya qilish tizimini yaratish masalalarini tizimli va kompleks o`rganishlarni tashkil etadi;

innovatsion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning har yilgi hududiy yarmarkalarini tashkil qiladi va o`tkazadi, shuningdek ular doirasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishini monitoring qilish;

intellektual mulk ob`ektiga bo`lgan huquqni tasdiqlaydigan patent va boshqa hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish va jadallashtirish imkonini beruvchi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

v) Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish bo`yicha:

xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini, raqobat qo`mitasi, iqtisodiyot, kadastr, statistika va soliq organlari ma`lumotlari asosida doimiy asosda tahlil qilib borish, shu asosda faoliyat ko`rsatmayotgan, past rentabelli va zarar ko`rib ishlayotgan korxonalarni, bo`sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan ob`ektlar hamda er uchastkalarini aniqlash;

yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish jamg`armasi mablag`larini ajratilishida ularga ko`maklashish maqsadida xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning «yo`l xaritalari»ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishni ta`minlash;

mazkur yo`l xaritalarini ishlab chiqishda xalqaro tashkilot va xorijiy davlat muassasalarining grand mablag`larini jalb qilish hisobidan xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish masalalariga e`tibor qaratish;

xususiylashtirilgan ob`ektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga biznes yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa fanlarni kasb-hunar kollejlari bazasida o`tkaziladigan kurslarda o`qitishni tashkil qilish, bunda tajriba almashish uchun respublikamizda ishlayotgan, katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etilishiga ko`maklashish;

ishini yangidan boshlayotgan tadbirkorlik sub`ektlariga biznes-reja tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq amaliy masalalarni hal etish va kerakli axborotlarni olishda ekspertlik, huquqiy va maslahat ko`magi ko`rsatish uchun biznes-inkubatorlarni jalb qiladi;

ilgari xususiylashtirilgan bo`sh turgan, samarasiz foydalanilayotgan ob`ektlar va ishlab chiqarish maydonlari negizida tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi jarayonlarning tahlili asosida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

«yo`l xaritalari»ni ishlab chiqish va amalga oshirishda paydo bo`ladigan muammolarni ularning vakolatlari doirasida hal qilish yuzasidan bajarilishi majburiy bo`lgan talablar yuborish yo`li bilan xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish;

g) erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari bo`yicha:

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalar hududida, birinchi navbatda, klaster yondashuvlardan keng foydalangan holda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalar ishtirokchilari o`rtasida yaqin kooperatsiya aloqalarini yo`lga qo`yish, mahalliy xom ashyo va materiallar asosida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo`yicha yuqori texnologiyali zamonaviy korxonalar tashkil etilishini ta`minlash;

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida joylashgan sanoat korxonalari va infratuzilma ob`ektlarida yangi malakali ish o`rinlari tashkil etishni ta`minlash, shu asosda respublika mintaqalari aholisining bandlik darajasini va daromadlarini oshirish;

mahalliy mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va dunyoda tanilgan brendlar ostida yuqori qo`shilgan qiymatli raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun hududida erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tashkil qilingan mintaqalar ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta`minlash;

etakchi xorijiy kompaniya va korporatsiyalar ishtirokida yuqori texnologiyali zamonaviy innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalar, avvalambor, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo`yicha eng qulay sharoitlar yaratish;

ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo`l-transport va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko`rsatishi uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo`yicha zarur chora tidbirlarni amalga oshirish;

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari yo`nalishlari bo`yicha kadrlarga bo`lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib va ularning erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida joylashgan sanoat korxonalari va infratuzilma ob`ektlarida ishlab chiqarish amaliyoti o`tashini nazarda tutgan holda, oliy va o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yo`lga qo`yishga byurtmalarni shakllantirilishini ta`minlash:

vazirlik va idoralar, xo`jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari hamda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direktsiyasining erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining samarali faoliyat ko`rsatishi va ularni rivojlantirish bilan bog`liq masalalar bo`yicha faoliyatini amaliy muvofiqlashtirishni ta`minlashga doir kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

barcha davlat boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi organlar, tijorat banklarining erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalar hududida belgilangan alohida soliq, bojxona va valyuta tartib-taomillari qo`llanilishi bo`yicha huquqiy normalar va qonunchilik qoidalarining so`zsiz bajarilishi, investitsiya loyihalarini jadal ilgari surish, byurokratik to`siq va g`ovlar bartaraf etilishini tizimli nazorat qilish;

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalar hududida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchisi bo`lgan xo`jalik sub`ektlarining moliyaviy-xo`jalik faoliyati samaradorligini muntazam monitoring qilish, vazirlik, idora, xo`jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direktsiyasining ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar xususida hisobotlarini doimiy eshitish;

har bir erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaring tarmoq ixtisoslashuvini hisobga olgan holda ana shu zonalarga xorijiy investorlarni jalb etish bo`yicha «yo`l xaritalari»ni ishlab chiqish;

d) turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha:

hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha bo`yicha qabul qilingan kontseptsiya va dasturlarning ijrosini ta`minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash va amalga oshirilishini monitoring qilish hamda umumlashtirishni ta`minlash;

chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko`paytirish hamda ularni jalb qilish bo`yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;

turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo`nalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yo`nalishidagi diqqatga sazovor joylar, ularning holatini yaxshilash bo`yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash, ishlab chiqib, tasdiqqa kiritish hamda amalga oshirilishini nazorat (monitoring) qilish;

qo`shimcha turizm marshrutlarini ishlab chiqish, chet el yoshlarini keng jalb etish maqsadida ko`ngilochar komplekslar barpo etish, madaniy meros ob`ektlarida xalqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, an`analarini o`zida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil etish bo`yicha chora-tadbirlarni belgilash;

turizm sohasida turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;

turizm sohasidagi loyihalarga investitsiya jalb qilish uchun loyihalarning pasportlarini shakllantirish va tegishli taqdimot materiallarini davlat va zaruriy xorijiy tillarda tayyorlash hamda investitsiya jalb qilish bo`yicha boshqa choralarni ko`rish;

mas`ul vazirlik, idora va qo`mitalarning hududiy boshqarmalari ish faoliyatini turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha muvofiqlashtirish;

turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish orqali hududning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish bo`yicha takliflar tayyorlash va amalga oshirish choralarini ko`rish.

2. Kompleks rahbari unga yuklatilgan vazifalar doirasida quyidagi tashkilotlar bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi:

- Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining Qoraqalpog`iston Respublikasi Hududiy boshqarmasi;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi madaniyat vazirligi;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi jismoniy tarbiy va sport qo`mitasi;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqaviy davlat inspektsiyasi;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi turizm sohasi sub`ektlari (mehmonxonalar, turoperatorlar, turagentlar, hamroh-tarjimonlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va b.);

- Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog`iston Respublikasi konsullik bo`limi;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi oshpazlar uyushmasi;

- “Tasviriy oyina” va boshqa ijodiy uyushmalar;

- Xalqaro aeroport;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi mintaqaviy temir-yo`l uzeli va boshqa turizm infratuzilmasini shakllantirishda va turistlarga xizmat ko`rsatishda ishtirok etuvchi tashkilotlar;

Shuningdek, Kompleks rahbari Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga tegishli doimiy komissiyalari bilan xamkorlikda faoliyat olib boradi.

O`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ko`rsatmasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek boshqa davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik qiladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish, hududning sayyohlik salohiyatini dunyoga keng targ`ib qilish, Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrif buyurishi kutilayotgan sayyohlarga qulay sharoitlar yaratish, sohadagi mavjud muammolarni tizimli asosda hamda o`z vaqtida bartaraf etish uchun javob beradi.

3-bob.  Kompleks rahbarining huquqlari va javobgarligi:

1. Kompleks rahbari unga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda ularning hududiy bo`linmalaridan, shahar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so`rash va olish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig`ilishlar o`tkazish;

mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlari bo`yicha – davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining, Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan majlislari va yig`ilishlarida qatnashish;

zarurat bo`lganda, Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, Vazirlar Kengashi hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini, shahar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko`rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o`rganish;

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining hujjatlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama va mukammal tayyorlash;

kompleks rahbari ko`rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o`z vaqtida aniqlanishi va bu bo`yicha takliflar tayyorlash;

Kompleks tarkibiga kiruvchi barcha vazirlik va idoralar, xo`jalik birlashmalarida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi 1999 yil
12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta`minlanishi;

O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek, Vazirlar Kengashining Raisi topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishini ta`minlaydi va uning o`z vaqtida o`rganilib borishi uchun javob beradi.

4-bob. Kompleks rahbarining faoliyatini tashkil etish

1. Kompleks rahbari ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalariga, "Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasining boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy-normativ hujjatlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kompleksning ish rejasi Vazirlar Kengashining Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.

2. Kompleks rahbarining O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarida, tashkilotlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta`minlash bo`yicha faoliyati Vazirlar Kengashining ish rejasiga, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga muvofiq kompleks o`rganishlarni amalga oshirish yo`li bilan Vazirlar Kengashi yig`ilishlarida, Vazirlar Kengashining Rayosati majlislarida investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish bo`yicha kompleksi hisobotlarini eshitgan holda tashkil etiladi.

 


Ko'rib chiqildi: 3252