Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)
Versiyasi
Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi
«Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi to`g`risidagi nizomini tasdiqlash haqida»gi 135-sonli qarori to`g`risida
O`zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolotlari to`g`risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to`g`risida»gi qonunlariga muvofiq hamda davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Kengashi
qaror qiladi:
1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
22 fevraldagi «Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi to`g`risidagi nizomini tasdiqlash haqida»gi
135-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
a) Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi to`g`risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
b) vazirliklar va idoralar uzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
3. Vazirliklar va idoralar uzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanovga yuklansin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev
Ko'rib chiqildi: 2796