Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (58 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (58 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi

“Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 139-sonli qarori haqida

Avtomototransport vositalaridan foydalanish jarayonida huquqbuzarliklarning oldini olish, avtomototransport vositalari haydovchilarining yo`l harakati qoidalariga rioya etish bo`yicha javobgarligini oshirish, shuningdek, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning ishtirok etishi uchun teng sharoitlar yaratish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 139-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a)  2018 yil 1 iyundan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasi oshirish faoliyati davlat ta`lim muassasalari, shuningdek, nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo`lgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

b) Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida” 2017 yil 18 iyuldagi 515-son qaroriga muvofiq nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish to`g`risidagi qaror O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi ishchi organi bo`lgan Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan qabul qilinishi ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

Quyidagilar:

 avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog`liq yo`nalishlar bo`yicha nodavlat ta`lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash uchun qo`shimcha litsenziya talablari hamda shartlari sifatida belgilanganligi:

o`quv jarayoniga darslar o`zlashtirilishini oshirishga yo`naltirilgan o`qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;

butun o`quv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o`quv-uslubiy qo`llanmalarning mavjud bo`lishi, har bir ta`lim oluvchini (tinglovchini) ushbu o`quv qo`llanmalari bilan ta`minlash;

malaka oshirish kurslarida bilimlar o`zlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining mavjud bo`lishi;

har bir o`qituvchini o`quv dasturlari, turli pedagogika texnologiyalaridan foydalanish yo`riqnomalarini o`z ichiga olgan batafsil texnologik kartalar bilan ta`minlash;

har biri kamida 40 kvadrat metr maydonga ega bo`lgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan ko`p auditoriyalarning mavjud bo`lishi;

har bir auditoriyada videoproektorlar, komp`yuterlar, audio va video kuzatuv tizimlari, Yo`l harakati qoidalari bo`yicha ko`rgazmali qo`llanmalar, shuningdek, o`quv jarayoni va yakuniy test sinovining oshkoraligini ta`minlash uchun jarayonini yozib olish tizimining mavjud bo`lishi;

ta`lim oluvchilar bilimlarini yakuniy test sinovidan o`tkazish uchun komp`yuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud bo`lishi belgilanganligi;

v) Quyidagilarning malaka oshirishdan o`tishi shartligi etib:

yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar, avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida boshqarayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa jismoniy shaxslardan tashqari - ikki yilda bir marta;

avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar - ma`muriy jazo muddati nihoyasiga etgach va haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy hamda amaliy imtihonlar topshirgunigacha belgilab qo`yilganligi;

g) Avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirgani to`g`risidagi sertifikat shakli va tavsifi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasiga Ichki ishlar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo`yicha nodavlat ta`lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash tartibi nazarda tutilgan hukumat qarorining loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o`zgartirishlar va qo`shimcha kiritilganligi;

j) O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga:

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda - Xalqaro press-klubda ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati to`g`risida matbuot anjumanini o`tkazish;

O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, O`zbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda - bosma hamda elektron axborot vositalarini, shu jumladan butunjahon Internet tarmog`ini keng jalb etgan holda, aholi o`rtasida ushbu qarorning maqsadi va vazifalarining muntazam hamda har tomonlama yoritilishini tizimli asosda ta`minlash topshirilganligi;

z) vazirliklar va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Nagmetov, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi, vazirlik va idoralar, tumanlar va Nukus shahri hokimliklari 2018 yil 1 iyundan boshlab avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasi oshirish faoliyati davlat ta`lim muassasalari, shuningdek, nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo`lgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishini ta`minlasinlar.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

Qoraqalpog`iston Respublikasi  prokuraturasi, Adliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi hamda O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi bilan birgalikda - ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati to`g`risida matbuot anjumani o`tkazsin;

Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog`iston axborot agentligi, Qoraqalpog`iston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda - bosma hamda elektron axborot vositalarini, shu jumladan Internet tarmog`ini keng jalb etgan holda, aholi o`rtasida ushbu qarorning maqsadi va vazifalarining muntazam hamda har tomonlama yoritilishini tizimli asosda ta`minlasin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o`zgartirishlar va qo`shimcha kiritilsin.

6. Vazirliklar va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.I.Nagmetov hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A.J.Temirxanov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi 

 Vazirlar Kengashining Raisi

 

    Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 3256