Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (56 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (56 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevral` kungi “Davlat maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to`lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3571-son Qarori to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevral` kungi “Davlat maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to`lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi
PQ-3571-son Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevral` kungi “Davlat maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to`lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3571-son qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligiga, Moliya vazirligiga hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari ayrim toifalarining:

2018 yil 1 martdan boshlab - mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, o`qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalarini - 30 foizga;

2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:

tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma`lumotli o`qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta`lim maktablari boshlang`ich sinflari o`qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda - 30 foizga;

oliy yoki o`rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma`lumotli tarbiyachining o`rinbosarlari mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalarini-20 foizga;

maktabgacha ta`lim muassasalari mudirlari mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalarini - 10 foizga tabaqalashtirib oshirish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilganligi;

b) Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog` va G`uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako`l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumko`rg`on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to`lovi miqdori 2023 yil 1 yanvargacha bo`lgan muddatda ikki baravar pasaytirilganligi;

v) 2018 yil 1 martdan boshlab davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyachining yordamchisi mehnatiga hak to`lash tartibi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib joriy etish topshirilganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

2018 yilda ushbu qarorga muvofiq davlat ta`lim muassasalari xodimlari mehnatiga hak to`lashning bazaviy tarif stavkalarini oshirish bo`yicha qo`shimcha xarajatlar O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga moliyalashtirilishini ta`minlanishi, 2019 yildan boshlab esa O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutish;

davlat maktabgacha ta`lim muassasalarini moddiy rag`batlantirishning maxsus jamg`armasini shakllantirishga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to`lash fondining qat`iy ravishda 15 foizi miqdorida qo`shimcha mablag`lar ajratilishini ta`minlash topshirilganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligiga moddiy rag`batlantirishning maxsus jamg`armasi mablag`laridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan tizimli nazorat o`rnatish, davlat maktabgacha ta`lim muassasalari xarajatlari smetalarida ular alohida satrda ajratilishini nazarda tutish topshirilganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to`g`risida”gi 2017 yil 29 dekabrdagi
PQ-3454-son qarorining 32-ilovasiga muvofiq o`zgartirish kiritish topshirilganligi;

yo) O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida bir hafta muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi (J.Usnatdinova), Moliya vazirligi (M.Sodiqov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (U.Saburov)ning davlat maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari ayrim toifalarining:

a) 2018 yil 1 martdan boshlab - mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, o`qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalarini - 30 foizga;

b) 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:

tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma`lumotli o`qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta`lim maktablari boshlang`ich sinflari o`qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda - 30 foizga;

oliy yoki o`rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma`lumotli tarbiyachining o`rinbosarlari mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalarini-20 foizga;

maktabgacha ta`lim muassasalari mudirlari mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalarini - 10 foizga tabaqalashtirib oshirilsin.

4. 2018 yil 1 martdan boshlab davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyachining yordamchisi mehnatiga hak to`lash tartibi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib joriy etish topshirilsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi (M.Sodiqov)ga:

2018 yilda ushbu qarorga muvofiq davlat ta`lim muassasalari xodimlari mehnatiga hak to`lashning bazaviy tarif stavkalarini oshirish bo`yicha qo`shimcha xarajatlar Qoraqalpog`iston Respublikasi mahalliy byudjeti hisobiga moliyalashtirilishini ta`minlasin, 2019 yildan boshlab esa Qoraqalpog`iston Respublikasi mahalliy byudjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutsin.

6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.A.Jumanov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                             Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 3000