Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

02.03.2018 ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLASH TO`G`RISIDA

Mamlakatimizda mo``tabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom ko`rsatish, ularning jamiyatimizdagi o`rni va nufuzini oshirish, sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, o`zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o`rnak bo`lib kelayotgan qizlarni rag`batlantirish maqsadida hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta`sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida»gi 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-sonli va «Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli Farmonlariga asosan: 

1. O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi 
Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a`lo xulqi, noyob iste`dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o`qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta`lim, fan, adabiyot, madaniyat, san`at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risidagi takliflari ilovadagi ro`yxatga muvofiq ma`qullansin. 

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag`ishlab o`tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko`krak nishonlari topshirilsin. 

3. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta`minlasin. 

4. O`zbekiston Milliy axborot agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste`dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin. 

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari T.Narbaeva zimmasiga yuklansin. 




O`zbekiston Respublikasi Prezidenti                                  SH.MIRZIYOEV 
  
Toshkent shahri, 2018 yil 2 mart 
 


Ko'rib chiqildi: 3128