Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 28 fevraldagi “2018 yilda fermer xo`jaliklarining asosiy er maydonlariga qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish va ularning er maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbir

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 28 fevraldagi “2018 yilda fermer xo`jaliklarining asosiy er maydonlariga qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish va ularning er maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 143-sonli Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida tumanlarda qayta ishlash, tayyorlov va eksportyor korxonalari tomonidan fermer xo`jaliklari bilan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini xarid qilish bo`yicha belgilangan narxlarda shartnomalar tuzish va ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha tuman 4 sektor rahbarlari, 2018 yilda meva, sabzavot, poliz, uzum kartoshka va boshqa mahsulotlar etishtiradigan fermer xo`jaliklari, ta`minotchi va xizmat ko`rsatuvchi korxonalar rahbarlari ishtirok etdi va ularga quyidagi masalalarda:

qayta ishlash, tayyorlov va eksportyor korxonalar fermer xo`jaliklari bilan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini xarid qilish bo`yicha belgilangan narxlarda shartnomalar tuzish;

jahon andozalariga mos eksportbop mahsulotlar etishtirish uchun talab etiladigan qishloq xo`jaligi ekinlari urug`lari va ko`chatlarini fermer xo`jaliklariga shartnoma asosida etkazib berish;

qishloq xo`jaligi ekinlarini ekish, agrotexnik tadbirlarni o`tkazish va tuzilgan shartnomalarni bajarilishini tashkil etish yuzasidan tumanlardagi to`rtta sektor rahbarlari boshchiligida maxsus ishchi guruhlar tashkil etish;

asosiy maydonlarga hamda bog` va tok qator oralariga joylashtirilgan qishloq xo`jaligi ekinlarini o`z muddatida ekilishini ta`minlash;

qishloq xo`jaligi ekinlarini, bog` va tokzorlarni zararkunanda va kasalliklarga, ayniqsa kartoshka va pomidor kuyasiga qarshi zarur kimyoviy preparatlar zahirasini yaratish va kurashish ishlarini tizimli tashkil etish;

vegetatsiya davrida qishloq xo`jaligi ekinlarini zarur suv limiti bilan ta`minlash va sug`orishni tashkil etishda fermer xo`jaliklariga amaliy yordam ko`rsatish;

 meva-sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi fermer xo`jaliklariga urug`, ko`chat, moddiy-texnika resurslarini xarid qilish hamda agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo`ladigan imtiyozli kredit mablag`larini belgilangan tartibda ajratish, shu jumladan ish haqi to`lovlari uchun naqd pul bilan o`z vaqtida ta`minlash bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.


Ko'rib chiqildi: 2008