Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

QDUning "Karakalpak tourism" loyihasi Britaniyaning "TRED" loyihasida ikkinchi o`rinni egalladi

Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi tomonidan Oliy ta`lim muassasalarida "TRED" loyihasi o`tkazildi.

Ushbu loyihada 65 ta oliy ta`lim muasassasining jamoalari ishtirok etdi. Shularning ichidan dastlab 12 tasi, keyinchalik esa 6 tasi saylab olinib ikkinchi bosqichga yo`l oldi. 

Shu yilning 1-2 mart kunlari Toshkent shahrida ikkinchi bosqich bo`lib o`tdi. Bu bosqichda Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining magistratura bo`limi mudiri rahbarligidagi A.Gulimovning magistrlardan tuzilgan jamoasi ham ishtirok etdi va Respublika bo`yicha ikkinchi o`rinni egalladi.

QDU jamoasi tanlovda "Karakalpak tourism" loyihasi bilan qatnashdi. Universitet tarkibida tuziladigan bu loyihaning maqsadi Qoraqalpog`istonda ichki va ekoturizmni rivojlantirish hisoblanadi.

Jamoa a`zosi Sarbinaz Tureshovaning ma`lumot berishicha, tez orada ijtimoiy tarmoqlarda "Kar tour" loyihasi ish boshlaydi va bu orqali ular turistlarga Qoraqalpog`istonga 1,3,5 kunlik sayyohlik rejalarini taklif etishadi. E`tiborga molik jihati ularda gidlar bepul xizmat ko`rsatishadi.

Universitetda o`qiyotgan tarixchi, areolog, tarjimon va chet tillarining fakultetining  talabalari shu loyiha orqali amaliyot o`tashadi.


Ko'rib chiqildi: 2507