Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (83 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (83 KB)

Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi

 

 

Seitov Rozimbay Aminovich

Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri

Manzil:

230100, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahri, Beruniy ko’chasi 20-uy

Telefon:

0 (361) 226-51-50

E-mail:

  qqr@mjko.uz

Qabul kunlari:

Payshanba 09-00 dan 12-00 gacha

 

Xojamuratov Rawaj Shamuratovich

Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri o’rinbosari

Manzil:

230100, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahri, Beruniy ko’chasi 20-uy

Telefon:

0 (361) 226-51-70

E-mail:

i.ibragimov@exat.uz

Qabul kunlari:

Sechanba 09-00 dan 12-00 gacha


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining

NIZOMI

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining (keyingi o’rinlarda "Qoraqalpog‘iston vazirligi" deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, shuningdek faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
  2. Qoraqalpog‘iston vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2017 yil 18 apreldagi PF-5017-son Farmoni hamda "O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi 2017 yil 18 apreldagi PQ-2900-son Qaroriga asosan tashkil qilingan.
  3. Qoraqalpog‘iston vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va o‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (keyingi o‘rinlirda "Vazirlik" deb yuritiladi) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hisobot beradi.
  4. Qoraqalpog‘iston vazirligi tarkibiga qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan korxona va tashkilotlar kiradi.

 

  1. Qorakalpog‘iston vazirligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining buyruq va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

6. Qoraqalpog‘iston vazirligi o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat boshqaruv organlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

7. Qoraqalpog‘iston vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

  1. Qoraqalpog‘iston vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, byudjet va boshqa bank hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va Qoraqalpog‘iston vazirligi nomi yozilgan blankalarga ega bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq opperativ boshqaruv asosida mol mulkka ega bo’ladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari Qoraqalpog‘iston vazirligini saqlab turish xarajatlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

2-bob. Qoraqalpog‘iston vazirligining asosiy vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar Qoraqalpog‘iston vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Vazirlikning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasidagi yagona davlat siyosatini hudud miqyosida tadbik etish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

ko‘p xonadonli uylarning texnik xolatini monitoring qilish, shu jumladan, ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish;

xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ko‘p xonadonli uylarni texnik xolatini monitoring qilish;

ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va umumiy mulkni saqlashga qaratilgan majburiy badallar miqdorini aniqlash yuzasidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga uslubiy ko‘maklashish;

ichimlik suv va kanalizatsiya ob’ektlarini, issiqlik ta’minoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘lagan holda rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini amalga oshirilishini monitoring qilish;

issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

markaziy qozonxonalarni, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstrukiya qilish, shuningdek xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish borasida Respublika issiqlik ta’minotini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tatbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xo’jaligi ob’ektlarini zamonaviy hisoblash o‘lchov priborlari bilan jihozlash;

rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

ichimlik suv, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish uchun hamda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq yuqori tashkilotlar nomenklaturasiga olingan lavozimlarga malakali kadrlar tanlash va belgilangan tartibda taqdim qilish;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasining hududdagi tashkilotlari  kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish bo‘yicha ehtiyojni o‘rganish, shu yuzasidan takliflar kiritish;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasining hududiy tashkilotlari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga jalb qilish;

Qoraqalpog‘iston vazirligi va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari faoliyatini yo’lga qo‘yish va barqarorligini ta’minlash, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur kompleks choralarni amalga oshirish;

Qoraqalpog‘iston vazirligi va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarlarda balans va moliyaviy hisobotlarni qabul qilish, tahlil qilish hamda Vazirlikka taqdim qilish;

Qoraqalpog‘iston vazirligi o’ziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) hududda Vazirlikning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshqarishda:

jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmatlarga bo‘lgan talabini o‘rganadi va o‘rnatilgan tartibda Vazirlikka taqdim qiladi;

iste’molchilarga uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifat darajasini oshirish va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan takliflar kiritadi;

ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ichimlik suv, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti soxasida qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga doir dasturlar, shuningdek hududning kommunal infratuzilmasini yanada rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga rahbarlik qiladi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish ob’ektlaridan foydalanadigan tashkilotlar faoliyatini uslubiy ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi,

Qoraqalpog‘iston vazirligi va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarlarning axoli, ijtimoiy soxa ob’ektlari va iqtisodiyot tarmoqlariga uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish barqarorligini ta’minlashga doir ishlarini tashkil etadi;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasi ob’ektlarining barqaror faoliyati va soxaga oid normativ talablarga rioya etilishini ta’minlaydi;

ko‘p xonadonli uy-joy fondi, issiqlik ta’minoti, ichimlik suv va kanalizatsiya tizimlarining texnik-iqtisodiy xolati ko‘rsatkichlarini o‘rganadi va monitoring qiladi;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish, ishlab chiqarishning moddiy va energiya iste’molini kamaytirish choralarini ko‘radi va bu soxani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

mahalliy ijro hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ko‘p xonadonli uylarning saqlanishini ta’minlash, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining barqaror ishlashi masalalari yuzasidan o‘zaro xamkorligini yo‘lga qo‘yadi;

mahalliy ijro hokimyati organlari bilan hamkorlikda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish choralarini ko‘radi;

hudud aholisini uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risida muntazam xabardor qiladi, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning Qoraqalpog‘iston vazirligi vakolatiga kiritilgan masalalarga taalluqli murojaatlarini (takliflari, arizalari va shikoyatlarini) qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va zarur choralar ko‘radi;

yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan bog’lik ishlar xolatini tahlil qiladi, interfaol "samarali aloqa" va "virtual qabulxona" mexanizmini joriy qiladi;

Qoraqalpog‘iston vazirligi va uning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarda mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasini ta’minlash, avariya va yong’inlar, baxtsiz xodisalarning oldini olish tadbirlari bajarilishini ta’minlaydi;

o‘z vakolati doirasida davlat mulkini boshqaradi va tasarruf etadi.

b) ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va ulardan foydalanish tizimini rivojlantirish va takomillashtirishda:

ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaydi;

ko‘p xonadonli uy-joy fondidan samarali foydalanish maqsadida «Ta’mirlash-tiklash xizmati» va "Yagona hisob-kitob markazi" faoliyatini tashkil qiladi, muvofiqlashtiradi va monitoring qiladi;

ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni shakllantiradi va amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lardan samarali hamda maqsadli foydalanish choralarini ko‘radi;

ko‘p xonadonli uylarni boshqarish va boshqaruvni amalga oshiradigan tashkilotlarni nazorat qilish tizimining faoliyat ko‘rsatishi, uy-joy munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida aholini axborot bilan ta’minlaydi;

aholi punktlarida joylashgan ko‘p xonadonli uylarni rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish, saqlash va ta’mirlash, ularning texnik va foydalanish holatini yaxshilash masalasida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

ko‘p xonadonli uy- joy mulkdorlarining umumiy mulkini saqlash, foydalanish va uning energetika samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlar ro‘yxatini tuzadi va bajarilishini ta’minlaydi;

ko‘p xonadonli uy-joi fondining turar joylarini yashash uchun yaroqsiz deb tan olish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirishda ishtirok etadi;

ko‘p xonadonli uy-joy fondining avariya holati monitoringini olib boradi;

ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-kish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash borasida ishlarni tashkil qiladi va mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

v) suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishda:

aholining, ayniqsa, qishloq joylarida toza ichimlik suvdan foydalanishini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

tegishli dasturlar doirasida ichimlik suv va kanalizatsiya korxonasi ishtirokida suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari hamda tarmoqlarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni amalga oshiradi;

ichimlik suv va kanalizatsiya korxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar, mashina va mexanizmlar, ta’mirlash-foydalanish va ulchash priborlari bilan jihozlashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ichimlik suvni ishlab chikarish va texnologik jarayonlari samaradorligini oshirish, belgilangan talablarga muvofiq uning sifatini ta’minlash,

ishlab chiqarish jarayoniga energiya va suvni tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi va mazkur faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

ichimlik suv va kanalizatsiya tizimlarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarishning bozor tamoyillariga mos mexanizmlarini joriy etilishini ta’minlaydi;

ichimlik suv va kanalizatsiya ob’ektlarini o‘z vaqtida foydalanishga qabul qilish choralarini ko‘radi;

suv quvurlari va kanalizatsiya inshootlarida energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga oid tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

markazlashtirilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini har bir aholi punkti bo‘yicha pasportlashtiradi hamda pasportlashtirish natijalari asosida muntazam yangilanadigan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi; markazlashtirilgan ichimlik suv ta’minoti tarmog‘iga ulangan barcha toifadagi iste’molchilar uchun zamonaviy hisobga olish priborlarini bosqichma-bosqich o’rnatish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi;

ichimlik suv va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga doir ajratiladigan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalaniщda ishtirok etadi.

g) issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilishda:

issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

ko‘p xonadonli uylar qurish, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarda energiya samaradorligini ta’minlaydigan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish orqali markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish choralarini ko‘radi;

jismonan va ma’nan eskirgan, samaradorligi past qozonxona agregatlari, nasos uskunalari, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya, rekonstruksiya qilinishini hamda ularni almashtirilishida qatnashadi;

energiya resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni normativ hisobga olishni yo‘lga qo‘yish, abonentlarni issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun kelib tushadigan mablag‘lar va tulovlarni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy kilinishini tashkil etadi.

d) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasida kadrlar bilan ishlash, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda:

tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan xamkorlikda Qoraqalpog‘iston vazirligi va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarda korrupsiyani oldini olishga karatilgan ishlarni tashkillashtiradi;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga extiyojni o‘rganadi;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasi uchun kadrlar tayyorlashni, xorijiy mamlakatlarda nomzodlarni jalb qilish ishlarini tashkil qiladi;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasi uchun kadrlar zaxirasini shakllantiradi;

"Kommunalo’kuv" o‘quv-metodik markazida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislari va xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkatlari xodimlarini o‘qitish ishlarini tashkil qilishga ko’maklashadi.

3-bob. Qoraqalpog‘iston vazirligining huquqlari va javobgarligi

11. Qoraqalpog‘iston vazirligi o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari xay’atlarining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasida isloxotlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida kommunal xizmatlarni joriy qilish masalasini ko‘rib chiqish bilan bog‘lik majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, maqalliy ijro hokimyati organlari va boshqa tashkilotlardan Qoraqalpog‘iston vazirligi va tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hujjatlar, statistika ma’lumotlari, tahliliy materiallar, xulosa va boshqa axborotlarni so‘rab olish;

davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy ijro hokimyati organlari va idoraviy mansub tashkilotlardan ichimlik suv, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash, ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash, ko‘p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar loyidalarini ishlab chiqish uchun zarur hisob-kitoblar, hisobot ma’lumotlari va boshqa materiallarni olish;

Vazirlikka, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimyat organlariga ko‘rib chiqish uchun Qoraqalpog‘iston vazirligi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;

Vazirlik bilan kelishilgan xolda o‘z vakolati doirasida konferensiya, seminar, yarmarka va boshqa tadbirlar o‘tkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;

qonun hujjatlariga muvofiq Vazirlik va respublika tashkilotlari nomenklaturasiga olingan lavozimlarga nomzodlar tanlash va belgilangan tartibda Vazirlik va respublika tashkilotlariga taqdim qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasida xalqaro aloqalarni amalga oshirish;

qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasida faoliyatni tartibga soladigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish;

belgilangan tartibda va o‘z vakolatlari doirasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishda ishtirok etish;

xorijiy davlatlarga Qoraqalpog‘iston vazirligi va tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarning mutaxassislarini belgilangan tartibda yuborilishi uchun nomzodlar ko‘rsatish;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortish to‘g‘risida mutasaddi tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;

kommunal soxa ob’ektlarini ko‘rish soxasida shaxar va tumanlarning qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan bosh rejalari loyihalari bo‘yicha xulosa berishda qatnashish;

Qoraqalpog‘iston vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston vazirligi quyidagilar uchun javobgar bo’ladi:

Vazirlikning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasida yagona davlat siyosatini tatbiq etish va kommunal soxa faoliyatiga raxbarlikni amalga oshirish;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks dasturlar amalga oshirilishini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish;

ko‘p xonadonli uylar, suv ta’minoti va kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti tizimlarini boshqarishning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

favqulodda xolatlarda (xarbiy harakatlar, zilzila, suvtoshqinlari, yong’in, epidemiya va boshqalar) Vazirlikni xabardor qilgan xolda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish soxasining har qanday ob’ektidan foydalanish, ularning faoliyat yuritishini cheklanishi yoki tuxtatilishi;

o‘ziga yuklangan va zifalarning samarali bajarish.

4-bob. Qoraqalpog‘iston vazirligi faoliyatini tashkil etish

  1. Qoraqalpog‘iston Vazirligining vaziri O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘korg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi.
  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirirligi vaziri o‘z maqomiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirligi vaziri belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri buyrug‘i bilan lavozimiga tayinlanadigan va undan ozod qilinadigan o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
  4. Qoraqalpog‘iston vazirligi vaziri:

Qoraqalpog‘iston vazirligi faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

Qoraqalpog‘iston vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Qoraqalpog‘iston vazirligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Qoraqalpog‘iston vazirligi nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, moliya xo’jalik faoliyatini olib boradi, qonun hujjatalariga muvofiq shartnomalar tuzadi va imzolaydi;

Qoraqalpog‘iston vazirligini malakali kadrlar bilan butlaydi va ular bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuzadi, o‘zgartiradi va qonun hujjatalariga muvofiq shartnomalarni bekor qiladi;

Qoraqalpog‘iston vazirligi xodimlari va bo‘lim boshliqlarining hamda tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilaydi;

Qoraqalpog‘iston vazirligi xodimlari hamda Qoraqalpog‘iston vazirligi tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

Qoraqalpog‘iston vazirligining shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasi loyihasini tasdiqlaydi hamda moliya organlari bilan kelishilgan holda ro’yxatdan o‘tkazadi;

Qoraqalpog‘iston vazirligi tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarning shtatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlaydi va ularning nizom (ustav) ini tasdiqlaydi;

Qoraqalpog‘iston vazirligining va tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qiladi, ishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi;

Qoraqalpog‘iston vazirligi xodimlarini va tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Qoraqalpog‘iston vazirligi va tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarda kadrlar siyosatini yuritadi va rahbar kadrlar zaxirasini yaratadi;

Qoraqalpog‘iston vazirligi mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etadi;

Qoraqalpog‘iston vazirligida va tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarda ijro intizomini mustahkamlash choralarini ko’radi.

  1. Qoraqalpog‘iston vazirligida o‘ziga yuklatilgan vazifa funksiyalarni samarali amalga oshirish va kelgusidagi ishlarni rejalashtirish, faoliyatini rivojlantirish maqsadida kamida 5 kishidan iborat Hay’at tashkil qilinadi.

Hay’at tarkibi Vazirlik bilan kelishiladi va Hay’at yig’ilishlari har chorak yakuni bo‘yicha, shuningdek yilda kamida to‘rt marotaba o‘tkaziladi.

  1. Hay’at:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlari, Vazirlikning va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ijro intizomini mustaxkamlash, vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Qoraqalpog‘iston vazirligi va tasarrufidagi tashkilotlar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish bilan bog‘lik masalalarni ko‘rib chiqadi.

Hay’at Qoraqalpog‘iston vazirligi vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqlidir.

Hay’at majlisiga Vazirlik va Qoraqalpog‘iston vazirligi vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning raxbarlari, mutaxassislari taklif etilishi mumkin.

Hay’at a’zolari, agar majlisda uning tarkibining yarmidan ko’pi qatnashsa, huquqiy vakolatli hisoblanadi. Ko’rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko’pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Qoraqalpog‘iston vazirligi boshlig’ining buyrug’i bilan amalga oshiriladi.

Hay’at faoliyati tartibi Hay’atning qarori bilan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.

5-bob. Xodimlar mexnatiga haq to‘lash ularni moddiy rag‘batlantirish

  1. Qoraqalpog‘iston vazirligi va tuman (shaxar) bulimi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
  2. Qoraqalpog‘iston vazirligi va tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarning xodimlariga to‘lanadigan ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, kushimcha va ustama haqdardan iborat bo‘ladi.
  3. Qoraqalpog‘iston vazirligi va tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarning xodimlariga belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta doirasida:

davlat muassasalarida, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida uzoq muddat xizmat qilgani uchun belgilangan tartibda har choraklik mukofot to‘lanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga uzoq muddat xizmat qilgani uchun mukofot olish huquqini beruvchi ish staji belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

  1. Bayram sanalarida, Qoraqalpog‘iston vazirligi xodimlariga, tuman (shaxar) bo‘lim xodimlariga shtat jadvaliga binoan lavozim maoshining 2 (ikki) baravarigacha miqdorida mukofot to‘lanishi;

tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarining lavozim maoshlariga (tarif stavkasiga) belgilangan tartibda shaxsiy ustamalar belgilanadi.

23. Qoraqalpog‘iston vazirligining tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarning moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularning xodimlari mexnatiga haq to‘lash tadbirkorlik faoliyatidan tushumlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

6-bob. Yakunlovchi qoida

24. Qoraqalpog‘iston vazirligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Ko'rib chiqildi: 3100