Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (55 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (55 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 martdagi «Qoraqalpog`iston Respublikasi Sho`manoy tumanida 2017 yil paxta hosilini etishtirishda yo`l qo`yilgan kamchiliklar va ularni kelgusida bartaraf etishga doir chora-tadbirlar to`g`risida»gi 162-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
2 martdagi «Qoraqalpog`iston Respublikasi Sho`manoy tumanida 2017 yil paxta hosilini etishtirishda yo`l qo`yilgan kamchiliklar va ularni kelgusida bartaraf etishga doir chora-tadbirlar to`g`risida162-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qaroribilan quyidagilar:

a) Qoraqalpog`iston Respublikasi Sho`manoy tumanida;

paxta hosilini etishtirish va uni yig`ib-terib olishda kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi, g`o`za parvarishida agrotexnika tadbirlari belgilangan muddatda sifatli o`tkazilmaganligi uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi Sho`manoy tumani hokimi B.Yangibaev ogohlantirilganligi;

paxta hosilini etishtiruvchi fermer xo`jaliklari bilan tayyorlovchi  va xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar o`rtasida debitor-kreditor qarzdorliklarning o`sishiga yo`l qo`yganligi uchun tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari K.Xodjametov ogohlantirilganligi;

b) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo`mitasiga tegishli ravishda bir oy muddatda tuman prokurori, tuman ichki ishlar bo`limi boshlig`i, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig`iga nisbatan yo`l qo`yilgan kamchiliklar uchun belgilangan tartibda tegishli choralar ko`rish tavsiya etilganligi;

v) Paxta etishtiruvchi fermer xo`jaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar o`rtasida mavjud bo`lgan debitor va kreditor qarzdorliklarini undirish bo`yicha 4 ta sektor rahbarlariga o`rnatilgan tartibda zarur choralarni ko`rish topshirilganligi;

g) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasiga mavjud kreditor qarzdorliklarni belgilangan tartibda undirish tavsiya etilganligi;

d) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi mazkur qaror ijrosi bo`yicha har chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida tumandagi 4 ta sektor rahbarlarining hisobotlarini eshitib borishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Z.T.Mirzaevga axborot berish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Quyidagilar:

Sho`manoy tumanida 2017 yil paxta hosilini etishtirish va shartnoma majburiyatlarini bajarishda yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;

Fermer xo`jaliklariga qishloq xo`jaligi texnikasi va mexanizmlari etkazib berishning 2018-2019 yillarga mo`ljallangan prognoz ko`rsatkichlari
2-ilovaga muvofiq;

Barcha toifadagi fermer xo`jaliklarining xizmat ko`rsatuvchi  va ta`minotchi tashkilotlar oldidagi kreditor qarzdorliklarini undirishining reja jadvali 3-ilovaga muvofiq;

2018 yilda fermer xo`jaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqarida qishloq xo`jaligida foydalanilmaydigan erlarda engil konstruktsiyali va kam xarajatli dala shiyponlar va issiqxonalar qurish, parranda, sog`in sigir hamda asalari boqishni tashkil etishning prognoz ko`rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;

2018 yilda fermer xo`jaliklari tomonidan paxta va g`alla ekinlari ekiladigan er maydonlari atroflaridagi dala chetlarining hisob-kitobi
5-ilovaga muvofiq;

Fermer xo`jaliklari tomonidan 2018 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari va chigit ekiladigan maydonlar atroflaridagi dala chetlariga qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot ishlab chiqarishning prognoz ko`rsatkichlari 6 va 6a -ilovalarga muvofiq;

2018 yilda kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo`shaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirishning prognoz ko`rsatkichlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Sho`manoy tumani hokimligi bilan birgalikda 2018 yilning   10 martiga qadar tumanda 2018 yil hosili uchun ekiladigan ekinlarning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda oqilona joylashtirilishini ta`minlasinlar.

5. O`zbekiston qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Qoraqalpog`iston bo`limi tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 2018 yilda fermer xo`jaliklarida rejalashtirilgan ekinlarni parvarishlash, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish hamda agrotexnika tadbirlarini o`z vaqtida amalga oshirish yuzasidan 2018 yilning mart oyida tumanlarda fermer xo`jaliklari uchun ko`rgazmali seminarlar o`tkazilishini va mavsum davomida amaliy yordam ko`rsatilishini ta`minlasin.

6. Mazkur qaror ijrosi bo`yicha har chorakda tumandagi 4 ta sektor rahbarlari amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Vazirlar Kengashiga axborot berib borsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                          Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2027