Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (62 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (62 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi «O`zbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3586-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi «O`zbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish   chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3586-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

 

QAROR  QILADI:

 

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi «O`zbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish   chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3586-sonli qarori ijro uchun  rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi, O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi, «O`zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi, «Agrobank» aktsiyadorlik tijorat banki hamda limon etishtiruvchi tashkilotlarning respublika hududida limon ko`chatlarini etishtirishni  yanada rivojlantirish va eksport hajmini oshirish  maqsadida «Limon etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar» uyushmasini (keyingi o`rinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish to`g`risidagi  taklifiga rozilik berilganligi;

b) Quydagilar:

 «Pyure frut treyd» MChJ, «Xolis sarkor zamin» MChJ, «QUBBO meva-sabzavot» MChJ, «Sag`bon tikuvchi elit» MChJ, «Sora invest» MChJ mas`uliyati cheklangan jamiyatlari shaklidagi limon etishtiruvchi tashkilotlar, «Uzokboy nihollari», «Qurbonov Izzatilla», «Abduraxmon Abdug`affor davr» fermer xo`jaliklari hamda tomorka er egalari, limon eksporti bilan shug`ullanadigan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar Uyushma muassislari hisoblanishi;

tashkilotlar, fermer xo`jaliklari va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil a`zo bo`lishlari  mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga ega ekanligi ma`lumot  uchun qabul qilinganligi;

v) Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilanganligi:

respublikada limon ko`chatlarini etishtirish va limon etishtiruvchi issiqxona xo`jaliklarini tashkil etishni kompleks rivojlantirish bo`yicha dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, sohada yagona ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsion va eksport siyosati amalga oshirilishiga ko`maklashish;

tabiiy maydonlardan oqilona foydalangan va intensiv etishtirish texnologiyalarini qo`llagan holda limon o`simligining o`sishi uchun  qulay bo`lgan hududlarda maxsus issiqxona xo`jaliklarini tashkil qilish yo`li bilan limon etishtirish hamda eksporga mahsulot chiqarish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;

limon etishtirish jarayonlariga xorijiy sarmoyalarni, chet ellik mutaxassislar hamda konsul`tantlarni faol jalb qilish, ushbu sohaga ilg`or texnologiyalarni joriy qilish;

limon ko`chatlarini limon etishtirish bilan shug`ullanuvchi jismoniy  va yuridik shaxslarga tizimli etkazib berish, limon o`simligi zararkunandalari va kasalliklariga qarshi biologik hamda kimyoviy vositalar asosida kurashish ishlariga ko`maklashish;

innovatsion texnologiyalarni limon etishtirish jarayoniga joriy qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, limonning mahalliy serhosil navlarini yaratish, rayonlashtirish hamda yangi navlarni davlat reestriga kiritish ishlariga ko`maklashish;

limon etishtirish va uni qayta ishlash hamda eksportga etkazib  berish sohasini rivojlantirishga yo`naltirilgan normativ-huquqiy xo`jjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

limon etishtiruvchilarga limonni etishtirishning zamonaviy usullari va uni parvarish qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda metodik yordam ko`rsatish;

limonni parvarish qilishga jalb etiladigan mutaxassislarni agrotexnik tadbirlarni to`g`ri o`tkazish bo`yicha o`qitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish;

soha uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, oliy, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarida, shuningdek, xorijda  ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

 

g) Quyidagilar:

«Limon etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar» uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga;

«Limon etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar» uyushmasining boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 16 nafardan iborat bo`lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma`qullanganligi;

Uyushma raisiga, zarurat bo`lganda, ijro etuvchi apparatining tuzilmasiga o`zgartirish kiritish huquqi berilganligi;

Uyushmaning ijro etuvchi apparatining joriy ta`minoti hamda faoliyatini moliyalashtirish ularning tarkibiga kiruvchi limon  etishtiruvchi tashkilotlarning ajratmalari, limon etishtirish, uning ko`chatlarini tayyorlash va eksporti bilan shug`ullanadigan xo`jalik  yurituvchi sub`ektlarning a`zolik badallari, xalqaro moliya institutlarining  grantlari hamda mahalliy va xorijiy investitsiya mablag`lari,  shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag`lar                 hisobiga amalga oshirilishi:

d)  Uyushma raisi va o`rinbosari Uyushma a`zolarining umumiy  yig`ilishi qarori bilan saylanishi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanishi belgilab kuyilganligi;

e) Quyidagilar:

Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 2018-2021 yillarda limonzorlar barpo etish va 2021-2025 yillarda limon hosili etishtirishning umumiy prognoz ko`rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;

Fermer, dehqon va tomorqa xo`jaliklari tomonidan 2018-2021 yillarda limonzorlar barpo etish va 2022-2025 yillarda limon hosili etishtirishning prognoz ko`rsatkichlari 3.1-ilovaga muvofiq;

O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tizimida 2018-2021 yillarda limonzorlar barpo etish va 2021-2025 yillarda  limon hosili etishtirishning prognoz ko`rsatkichlari  3.2-ilovaga muvofiq;

O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tizimida va akademik M. Mirzaev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida 2018-2021 yillarda limon ko`chatlari etishtirishning prognoz ko`rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 2018-2021 yillarda limon mahsulotini etishtirish va eksportga chiqarishning prognoz ko`rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

j) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, «Limon etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar» uyushmasi, O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi, akademik M.Mirzaev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu qarorning 6-bandidan kelib chiqqan holda limon ko`chatlari va mahsulotini  etishtirish prognoz ko`rsatkichlarini tumanlar va limon etishtiruvchi tashkilotlar kesimida shakllantirish topshirilganligi;

 z) O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi  huzuridagi Qishloq xo`jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi,  O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasiga:

limon etishtirishga ixtisoslashtirilgan zamonaviy issiqxonalarni tashkil etish uchun zarur texnika va mini texnologiyalarni sotib olish;

akademik M.Mirzaev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida hamda O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasining O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot institutida zamonaviy intensiv usullarda limon ko`chatlarini etishtirishni moliyalashtirish uchun  xalqaro moliya institutlari grantlari va kreditlarini jalb etish vazifasi yuklatilganligi;

 i) «O`zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasiga «O`zagroeksport» aktsiyadorlik jamiyati, O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya  va sertifikatlashtirish agentligi, «Limon etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar» uyushmasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

limon mahsulotlari eksportining yangi istiqbolli yo`nalishlarini aniqlash hamda naviga bog`liq holda tashqi bozorning talabini aniqlash;

etishtirilgan limon mahsulotlarini eksportga chiqarish bo`yicha zamonaviy logistika tizimini keng joriy etish, mahsulotni xalqaro  talablar va standartlarga mos keladigan holda saralash, kalibrlash  va qadoqlash yo`li bilan eksportga chiqarishdan oldin tayyorlash ishlarini tashkil etish topshirilganligi;

k) Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bog`lik chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko`maklashish bo`yicha 6-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh (keyingi o`rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuzilganligi:

Ishchi guruh (Z.T. Mirzaev)ga:

bir oy muddatda Uyushma a`zolarining umumiy yig`ilishi o`tkazishlishini;

Uyushma ustavi tasdiqlanishini va o`rnatilgan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishini;

Uyushma ijro etuvchi apparatta tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq puxta tanlash asosida yuqori malakali mutaxassislar   bilan to`ldirilishini;

hududlarda fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari tomonidan limon etishtirishga amaliy yordam berishni ta`minlash topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Quyidagilar:

Qoraqalpog`iston Respublikasi tumanlarida 2018-2021 yillarda limonzorlar barpo etish va 2022-2025 yillarda limon hosili etishtirishning umumiy prognoz ko`rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

Fermer, dehqon va tomorqa xo`jaliklari tomonidan 2018-2021 yillarda limonzorlar barpo etish va 2022-2025 yillarda limon hosili etishtirishning prognoz ko`rsatkichlari 1.1-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi O`rmon xo`jaligi qo`mitasi  tizimida 2018-2021 yillarda limonzorlar barpo etish va 2022-2025 yillarda limon hosili etishtirishning prognoz ko`rsatkichlari 1.2-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi O`rmon xo`jaligi qo`mitasi tizimida va akademik M.Mirzaev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog`iston bo`limida  2018-2021 yillarda limon ko`chatlari etishtirishning prognoz ko`rsatkichlari  2-ilovaga muvofiq;

Tumanlarda 2018-2021 yillarda limon mahsulotini etishtirish va eksportga chiqarishning prognoz ko`rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Tumanlar hokimliklari, Qoraqalpog`iston Respublikasi O`rmon xo`jaligi qo`mitasi, akademik M.Mirzaev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog`iston bo`limi bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qarorning 3-bandidan kelib chiqqan holda limon ko`chatlari va mahsulotini etishtirish prognoz ko`rsatkichlarini limon etishtiruvchi tashkilotlar kesimida shakllantirish topshirilsin.

5. «O`zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining Qoraqalpog`iston Respublikasidagi vakili, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boshqarmasi, tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:

limon mahsulotlari eksportining yangi istiqbolli yo`nalishlarini aniqlash hamda naviga bog`liq holda tashqi bozorning talabini aniqlash;

etishtirilgan limon mahsulotlarini eksportga chiqarish bo`yicha zamonaviy logistika tizimini keng joriy etish, mahsulotni  xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan holda saralash, kalibrlash va qadoqlash yo`li bilan eksportga chiqarishdan oldin tayyorlash ishlarini tashkil etish topshirilsin.

6.  Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi  vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki  oy muddatda  tegishli normativ hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida Vazirlar Kengashiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S. Xojametov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

               Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1644