Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (79 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (79 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi“ Jismoniy tarbiyava sport sohasidadavlatboshqaruvi tiziminitubdantakomillashtirishchora-tadbirlarito`g`risida”gi PF-5368-sonli farmoni ijrosi to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5368-sonli farmoni ijrosini ta`minlash yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5368-sonli farmoni ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur farmoni bilan:

yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta`minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi; 

Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to`liq foydalanishga to`sqinlik qilayotganligi. Xususan: 

birinchidan, ayniqsa, joylarda jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining samarali yaxlit tizimi mavjud emasligi ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini lozim darajada muvofiqlashtirishni, sog`lom turmush tarzini ommalashtirish va targ`ib qilish ta`minlanmayotganligi; 

ikkinchidan, mamlakatimizda ham ommaviy sport, ham oliy sport yutuqlari sohasida aniq vazifalar va maqsadli ko`rsatkichlarni belgilagan holda, o`rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqilmaganligi; 

uchinchidan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida sportning zamonaviy moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaratish bo`yicha nodavlat sektor bilan o`zaro munosabatlarning past darajada ekanligi ushbu sohada mavjud muammolarni samarali hal etishga imkon bermayotganligi; 

to`rtinchidan, joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selektsiya)ning samarali va shaffof tizimi mavjud emasligi terma jamoalar tarkibini sifatli to`ldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashni ta`minlashga to`sqinlik qilayotganligi; 

beshinchidan, sport kadrlarini, ayniqsa, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi sohasida malakali mutaxassislarga bo`lgan ehtiyojni qondirish imkonini bermayotganligi; 

oltinchidan, jismoniy tarbiya va sport sohasini qo`llab-quvvatlashning faqat alohida sport turlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan, nooqilona tizimi boshqa ommaviy olimpiya sport turlarini, eng avvalo, sport o`yinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishga e`tibor qaratilmasligiga olib kelganligi; 

ettinchidan, sportchilarni tayyorlash va ular tibbiy ta`minotining innovatsion tadqiqotlari va uslubiy ishlanmalari, zamonaviy talablarga javob beradigan standartlarining mavjud emasligi sifatli o`quv-mashq jarayonining yo`lga qo`yilishini ta`minlamayotganligi; 

sakkizinchidan, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yo`naltirilgan moliyaviy mablag`lar sarflanishining asosliligi va haqqoniyligi ustidan nazoratning, eng avvalo, ichki nazoratning moliyaviy mablag`lardan oqilona foydalanishni ta`minlaydigan va ushbu sohada suiiste`molchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmi shakllantirilmaganligi; 

to`qqizinchidan, xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahalliy sport asbob-uskunalari va inventarlarini ishlab chiqarish yo`lga qo`yilmaganligi, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlashning ta`sirchan mexanizmi nazarda tutilmaganligi ko`rsatilgan. 

Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi va O`zbekiston Respublikasida Ma`muriy islohotlar kontseptsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq: 

a) O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi, Toshkent shahar hokimligi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning: 

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi va uning hududiy bo`linmalari negizida O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini (keyingi o`rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) tashkil etish; 

Vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida sport faoliyatini tashkil qilishda asoslilik, ob`ektivlik va shaffoflikni ta`minlashga, shu jumladan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ajratilgan davlat moliyaviy mablag`laridan oqilona foydalanilishini tahlil qilish, aholining sport xizmatlaridan qoniqish darajasi va sport xizmatlaridan foydalana olish shart-sharoitlarini baholash, shuningdek, korruptsiya va boshqa suiiste`molchilik holatlarini aniqlash uchun mas`ul bo`lgan Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring boshqarmasini tashkil etish; 

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi va uning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo`linmalari negizida O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg`armasi (keyingi o`rinlarda – Jamg`arma) va uning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiybo`linmalarini tashkil etish; 

bevosita Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga bo`ysinadigan va Jamg`arma hisobidan moliyalashtiriladigan tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo`limlarini tashkil qilish; 

O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport bo`yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta`minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini (keyingi o`rinlarda – Markaz) Vazirlik tasarrufiga berish, uni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ko`kcha Darvoza ko`chasi, 27-uy manzilda joylashtirish, Nukus, Samarqand va Farg`ona shaharlarida uning filiallarini tashkil qilish; 

O`zbekistondavlatjismoniytarbiyainstitutinegizida O`zbekistondavlatjismoniytarbiyava sport universitetini (keyingio`rinlarda – Universitet) tashkiletish; 

jahonning etakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda sport kiyimi, anjomlari va jihozlarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalar faoliyatini tashkil etish uchun poytaxt mintaqasida “Sport” erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilinishi; 

jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommalashtirishda, mamlakatimizning xalqaro sport maydonidagi nufuzini oshirishda alohida xizmat ko`rsatgan jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari hamda boshqa shaxslarni taqdirlash maqsadida “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi” faxriy unvonini ta`sis etish to`g`risidagi takliflari qabul qilinganligi; 

b) Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilanganligi: 

jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining keng qatlamlarini sport bilan shug`ullanishga va sog`lom turmush tarzini yuritishga jalb etish, jismonan sog`lom o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, oliy sport mahorati sohasida mamlakatimizning xalqaro sport maydonida munosib ishtirokini ta`minlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirishi; 

vazirliklar va idoralar jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hamda klublarining faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublika maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi va oliy ta`lim muassasalari jismoniy tarbiya o`qituvchilari va instruktorlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirishi; 

mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ta`lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, yoshlar o`rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishni ommalashtirish borasida keng ko`lamli ishlarni tashkillashtirishi; 

bolalarni sport bilan muntazam ravishda shug`ullanishga jalb etish, bolalar sport ta`limi sifatini oshirish, barcha hududlarda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda bolalar sporti ob`ektlari tarmog`ini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirishi; 

Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o`yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta`minlash uchun istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlik qilishi; 

mamlakatimizda professional, ommaviy sportni, shu jumladan sport o`yinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishni rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash, ilg`or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari bo`yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar tashkil etish, nosog`lom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar ishlatilishiga qarshi tizimli choralar ko`rishni rag`batlantirishi; 

jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish va sport tashkilotlari, ob`ektlari va inshootlarining ommaviy sport, bolalar sporti va professional sport yo`nalishlari bo`yicha moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va samarali foydalanilishini ta`minlash, sport asbob-uskunalari hamda inventarlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tashkil etish va kengaytirish bo`yicha takliflar tayyorlashda qatnashishi; 

jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish hamda sport tashkilotlarini, ta`lim va sport-ta`lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan ta`minlashi; 

jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo sport aloqalarini kengaytirish hamda mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish, ommabop sport dasturlarini tashkil etishga ko`maklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ommaviy adabiyotlar chop etish, video va kino materiallar tayyorlashi;

v)Quyidagilar: 

Universitet jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy va o`qituvchi kadrlar tayyorlash, shuningdek, soha mutaxassislarini o`qitish hamda tayyorlashning ilg`or usullarini ishlab chiqish va joriy etish bo`yicha respublikaning bazaviy oliy ta`lim, ilmiy-tadqiqot xamda ilmiy-uslubiy muassasasi hisoblanishi; 

Markaz maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktablari hamda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari jismoniy tarbiya o`qituvchilari (instruktorlari), kafedra mudirlari, ta`lim muassasalari va sport tashkilotlari trenerlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni amalga oshirish belgilanganligi;

Quyidagilar ommaviy sportni rivojlantirish va iste`dodli yoshlarni saralash (selektsiya) sohasida ta`lim muassasalarining ustuvor yo`nalishlari etib: 

maktabgacha ta`lim muassasalarida – boshlang`ich gimnastika va harakatli o`yinlar bo`yicha mashg`ulotlar olib borish orqali jismoniy rivojlantirish hamda salomatlikni mustahkamlash uchun tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlariga qiziqishni shakllantirishi; 

umumta`lim maktablarida – o`quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o`qituvchilarini jalb qilgan holda iste`dodli yoshlarni saralab olish (selektsiya) hamda bolalar va o`smirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik mintaqaviy sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sinfdan tashqari sport to`garaklari va sektsiyalari mashg`ulotlarini tashkil etilishi (haftasiga kamida 4 soatdan); 

o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarida – o`quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o`qituvchilari va sport turi bo`yicha trenerlarni jalb qilgan holda iste`dodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan bolalar va o`smirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik mintaqaviy hamda respublika sport musobaqalarida ishtirok etish uchun olimpiya va milliy sport turlari bo`yicha sinfdan tashqari sport to`garaklari hamda sektsiyalari mashg`ulotlarini tashkil etilishi (haftasiga kamida 6 soatdan); 

oliy ta`lim muassasalarida – iste`dodli yoshlarni saralab olish (selektsiya) va sport turlari bo`yicha milliy terma jamoalari hamda respublika oliy sport mahorati maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik respublika va xalqaro sport musobaqalarida olimpiya va milliy sport turlari bo`yicha talabalar sport klublari hamda jamoalarini tashkil etish belgilanganligi; 

g) maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari jismoniy tarbiya o`qituvchisi (instruktori) hamda oliy ta`lim muassasalari jismoniy tarbiya o`qituvchisi va kafedra mudiri lavozimlariga xalqaro darajadagi sport musobaqalari g`oliblari tayinlanishi mumkinligi; 

davlat maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari jismoniy tarbiya o`qituvchisi (instruktori) lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish Vazirlik bilan kelishilgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshliqlari tomonidan amalga oshirilishi; 

oliy ta`lim muassasalarining jismoniy tarbiya o`qituvchilari (kafedra mudirlari)ni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Vazirlik tomonidan oliy ta`lim muassasasi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tanlov natijasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan amalga oshirilishi;  

jismoniy tarbiya o`qituvchisi (instruktor va kafedra mudirlari)ning ish faoliyati samaradorligini baholash o`quvchi (talaba)larni jismoniy va kasbiy tayyorgarligi hamda ular orasidan iqtidorli sportchilarni tanlash (selektsiya)da, eng avvalo, erishilgan aniq natijalarni hisobga olgan reyting tizimi asosida amalga oshirilishi; 

jismoniy tarbiya o`qituvchilari (instruktor va kafedra mudirlari)ni moddiy rag`batlantirish ular faoliyatining shaxsiy ko`rsatkichlarini reyting tizimida baholashga asosan amalga oshirilishi; 

tuman (shahar) sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining yagona kalendar` rejalari tegishli tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanishi; 

umumta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi hamda oliy ta`lim muassasalari o`quvchilari va talabalari o`rtasida o`tkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini hamda ishtirokchilarni kiyim-kechak bilan ta`minlashni moliyalashtirish tegishliligi bo`yicha “Yoshlik”, “Barkamol avlod” va “Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hisobidan amalga oshirish tartibi o`rnatilganligi; 

d) O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi olimpiya sport turlari bo`yicha sportchilar, trenerlar va boshqa sport mutaxassislarini tayyorlash hamda olimpiya sport turlarini rivojlantirish qismi bo`yicha jismoniy tarbiya va sport sub`ektlari, shu jumladan Vazirlikning faoliyatini muvofiqlashtirilishi; 

Vazirlikning olimpiya sport turlarini rivojlantirishga mas`ul bo`linmalari rahbarligiga nomzodlar O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi raisi bilan majburiy ravishda kelishilishi; 

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi vakillari olimpiya zaxiralari maxsus maktab-internatlari rahbarlarini tanlash, tayinlash va attestatsiya qilishda, mazkur maktablarga yo`nalishlar bo`yicha qabul qilish kvotalarini kelishishda hamda sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga yuborishda ishtirok etishi; 

Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga sportchilarni tayyorlash doirasida sport federatsiya (assotsiatsiya)lari uchun ajratilayotgan homiylik mablag`lari O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasida jamlanadi hamda sport federatsiya (assotsiatsiya)lari faoliyatini maqsadli moliyalashtirishga, shu jumladan etuk xorijiy sportchi va trenerlarni jalb qilish uchun sarflanishi; 

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi Vazirlik bilan hamkorlikda yuqori malakali xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarni olimpiya tayyorlash markazlari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va boshqa sport tashkilotlarining o`quv-mashg`ulot jarayonlariga keng jalb qilishni ta`minlashi belgilab qo`yilganligi; 

e) Quyidagilar: 

Samarqand viloyati Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o`tkazish markazi; 

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida joylashgan “Aziya-Chimgan” mehmonxonasi negizida milliy terma jamoalar uchun universal olimpiya tayyorgarligi markazi; 

Jizzax viloyati Zomin tumanida “Aloqachi” sog`lomlashtirish oromgohi negizida gimnastika sport turi bo`yicha olimpiya tayyorgarligi markazi; 

Namangan viloyati Chortoq tumanida serjantlar tayyorlash maktabi negizida sport o`yinlari bo`yicha olimpiya tayyorgarligi markazi; 

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida “Gulnora” sog`lomlashtirish oromgohi negizida sport yakkakurashlari bo`yicha olimpiya tayyorgarligi markazi tashkil etilishi; 

O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi tashkil etilayotgan markazlar tasarrufida bo`lgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ushbu ob`ektlarni barcha bino va inshoot majmualari bilan birga O`zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo`mitasi tasarrufiga beg`araz o`tkazilishi; 

j)Quyidagilar: 

jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, shuningdek, ta`lim muassasalari va sport tashkilotlarida mehnat qilayotgan sport faxriylariga faoliyatning boshqa xaq to`lanadigan turlari bilan shug`ullanmaslik sharti bilan pensiya to`liq miqdorda to`lanilishi; 

Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari hamda olimpiya va paralimpiya sport turlari bo`yicha jahon chempionatlari sovrindor sportchilari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hamda viloyatlardagi jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, shuningdek, tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) tavsiyanomalariga asosan trenerlik faoliyati bo`yicha soddalashtirilgan tartibda attestatsiyadan o`tib, sport maktablarida trener sifatida trenerlik faoliyati bilan shug`ullanishga haqliligi; 

sport tashkilotlari (idoralari) rahbarligi lavozimiga avval shug`ullangan professional faoliyat turidan qat`i nazar, oliy ma`lumotli hamda boshqaruv sohasida amaliy ko`nikmaga ega bo`lgan shaxslar tayinlanishi mumkinligi; 

trenerlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun ruxsatnoma muddati tugagan trenerlar ko`pi bilan to`rt oy muddatdan oshmagan holda o`rnatilgan tartibda yangi ruxsatnoma olinishiga qadar mehnat faoliyatini davom ettirishga xaqli ekanligi beligilab qo`yilganligi; 

z) Olimpiya sport turlarini 2018-2021 yillarda keyinchalik rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq ma`qullanganligi; 

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni o`z vaqtida, sifatli va to`liq amalga oshirish uchun vazirlik, muassasa va boshqa tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilanganligi. 

i)Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga: 

ikki oy muddatda jismoniy tarbiya o`qituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi to`g`risidagi nizomini tasdiqlash; 

2018 yil 1 mayga qadar O`zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni uzoq muddatli istiqbolga rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasini xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqish va kiritish; 

uch oy muddatda bolalar va o`smirlar sport maktablari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarning ishlash tartibini tashkil etish tizimini tanqidiy jihatdan o`rganib chiqish va natijasi bo`yicha ularning faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish, tashkiliy-shtat tuzilmasini qayta ko`rib chiqish hamda ularni moliyalashtirish tizimini tartibga solish yuzasidan hukumat qarori loyihasini kiritish; 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda uch oy muddatda sportchilar, jismoniy tarbiya o`qituvchilari, yo`riqchilari haqidagi ma`lumotlarni hamda ta`lim muassasalarida sport turlari bo`yicha imtihon qilish tizimi tahlillari natijalarini o`z ichiga olgan Yagona axborot tizimi yaratilishini ta`minlash; 

uch oy muddatda Sog`liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda olimpiya sport turlari bo`yicha musobaqalar va o`quv tayyorgarlik mashqlari davomida sportchilarni tibbiy ta`minlashni tashkil etish va kuzatib borish tartibini, shu jumladan sport tibbiyot muassasalari tarmoqlarini yaratishni o`z ichiga olgan holda, tasdiqlash to`g`risidagi hukumat qarori loyihasini kiritish; 

uch oy muddatda Xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ta`lim muassasalari qoshida sport klublarini tashkil etish, faoliyat olib borishi hamda moliyalashtirilishi tartibini tasdiqlash to`g`risidagi hukumat qarori loyihasini kiritish; 

uch oy muddatda respublika hududida jismoniy tayyorgarlikni tashkil etishning yagona talablarini belgilashni ta`minlovchi, olimpiya sport turlari bo`yicha tayyorgarlikning yagona me`yorlarini sport ta`limi muassasalari faoliyatiga tatbiq etishni ta`minlash; 

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi bilan hamkorlikda 2018 yil
1 iyunga qadar sportning qishki va o`yin turlarining rivojlanishi va ommalashishining amaldagi holatini har tomonlama va tanqidiy tahlilini hisobga olgan holda O`zbekiston Respublikasida sportning qishki va o`yin turlarini yanada rivojlanishi yuzasidan takliflar tayyorlash; 

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi bilan hamkorlikda respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qoshida olimpiya zaxiralari markazlarini tashkil etish taklifini kiritish topshirilganligi; 

y) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: 

bir hafta muddatda O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritish; 

biroymuddatdaO`zbekistonRespublikasiJismoniytarbiyava sport vazirligito`g`risidagi Nizomini tasdiqlash; 

bir oy muddatda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish bo`yicha hukumat qarorini qabul qilish; 

ikki oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg`armasi hamda O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo`yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta`minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Nizomini tasdiqlash, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kontingentini to`liq qayta tayyorlash va malakasini oshirish imkoniyatini qamrab olgan holda ularning tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlash; 

ikki oy muddatda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi barcha turdagi ta`lim muassasalarida ta`lim standartlari qayta ko`rib chiqilsin, ta`limning har bir bosqichida umumiy ta`lim yuklamasidan oshmagan holda, dars soatlarini oshirish yordamida, sport tarmoqlari bo`yicha baholash tizimini joriy qilish, natijalarni tizimli tahlil qilish ishlarini olib borish; 

ikki oy muddatda qurilish-montaj ishlari, zamonaviy sport jihozlari, texnikasi va inventarlar bilan ta`minlash, uzluksiz o`quv-mashg`ulot jarayoni va sportchilar, trener hamda boshqa mutaxassis va ishchilar yashashi uchun sharoit yaratishni inobatga olgan holda olimpiya tayyorgarlik markazlari faoliyatini tashkil qilish to`g`risidagi hukumat qarorini qabul qilish; 

uch oy muddatda olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qabul kvotalarini sport turlari bo`yicha eng kam miqdorini hisobga olgan holda kerakli bo`lgan samarali ta`lim tizimini tashkil etish; 

uch oy muddatda trenerlik faoliyati bilan shug`ullanish bo`yicha attestatsiyadan o`tish va ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirishga yo`naltirilgan hukumat qarorini qabul qilish topshirilganligi; 

k) Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar sport infratuzilmasini tashkil etish va tizimli tarzda ishchilarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish amaliyotini joriy etish choralarini ko`rish topshirilganligi; 

m) O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga, Milliy gvardiyasiga, O`zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga ikki oy muddatda Mudofaa vazirligining sport klubi, “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish va kasaba uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya va sport jamiyatini tiklash, shuningdek, idoraviy sport bazalarini modernizatsiya qilish, ular qoshida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish uchun barchaning shug`ullanishiga imkoni bo`lgan sektsiya va to`garaklar tashkil etish bo`yicha chora-tadbirlar belgish topshirilganligi; 

n) Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga hamda Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilganligi; 

l) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-4956-son Farmoni birinchi bandi uchinchi xatboshisi va uchinchi bandi o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanganligi ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi negizida Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi(keyingi o`rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) o`z faoliyatini tashkil etsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi (G`.Bayniyazov)ikki hafta muddatdavazirlikning hay`at tarkibi soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash uchunQoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taklif kiritsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi negizida Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg`armasi (keyingi o`rinlarda – Jamg`arma) tashkil etilsin. 

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi (G`.Bayniyazov) shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda jamg`arma hisobidanmoliyalashtiriladigan tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo`limlarini tashkil etsin; 

7. Qoraqalpog`iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo`mitalari va boshqa tegishli tashkilotlar, shahar va tumanlar hokimliklari normativ-huquqiy hujjatlarini belgilangan muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi G`.Bayniyazov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev

 

 


Ko'rib chiqildi: 2078