Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (64 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (64 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3583-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3583-sonli qarori ijrosini ta`minlash yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

         1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3583-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

         2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi
PF-5368-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida:

a) Quyidagilar:

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga  muvofiq;

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni
55 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga  muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-4-ilovalariga  muvofiq;

Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo`limlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy bo`limlari boshqarmalarining cheklangan soni 6-ilovaga muvofiq;

Jismoniy tarbiya va sport bo`limlari xodimlarining cheklangan sonidan kelib chiqqan holda, toifalangan shaharlar – viloyat markazlari, tuman (shahar)lar ro`yxati  7-ilovaga muvofiq;

O`zbekiston Respublikasi terma jamoalarni shakllantirish uchun sportchilarni saralash faoliyatini tashkil etish sxemasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziriga, zarur hollarda, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi markaziy apparatining tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o`zgartirishlar kiritish huquqi berilganligi;.

b). O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanishi belgilanganligi;

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirishi, uning huquqiy vakolatlarini doirasida qabul qilinadigan qarorlari joylardagi davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro uchun majburiy hisoblanishi;

- tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo`limlarining shtat miqdori, jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, tumanlar (shaharlar)ning viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining jismoniy tarbiya va sport bo`yicha bosh mutaxassislari soni qisqarishi hisobiga shakllantirilishi;

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi respublika hududida davlat sport ob`ektlari qurilishining maqsadga muvofiqligi va ularning samarali foydalanishini monitoring qilish to`g`risida ekspert xulosasi berilishini amalga oshirilishi;

v) O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi qoshidagi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg`armasi mablag`larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilanganligi:

hayriya tashkilotlari, xususiy tadbirkorlar, jismoniy va yuridik shaxslar, jumladan, O`zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan o`tkazilgan homiylik o`tkazmalari;

9-ilovaga muvofiq 2018 yil 1 iyundan kiritiladigan yig`imlar;

O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari;

2018 yilning 1 iyunidan boshlab, trenerlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun attestatsiyadan o`tkazish va ruxsatnomalar berish, shuningdek, jismoniy-sog`lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirish hisobidan tushadigan mablag`larning bir qismi;

qonunchilikda man qilinmagan boshqa tushumlar.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg`armasi faoliyatini tashkil etish, uning foyda va sarf-xarajatlari parametrlarini, jumladan, bolalar sporti ob`ektlarini qurish, qayta qurish va kapital ta`mirlash bo`yicha ishlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilab bergan holda, tasdiqlash to`g`risida Hukumat qarorini qabul qilish topshirilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo`mitasi bilan birgalikda 2018 yil 10 aprelga qadar o`rnatilgan tartibda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish Jamg`armasiga pul o`tkazish va yig`imlar to`lovini amalga oshirish tartibi to`g`risida Nizom ishlab chiqish va tasdiqlashi;

Jismoniy tarbiya va sport jamg`armasiga 2018 yil boshiga qadar respublika byudjetining sarflanmay qolgan erkin muomiladagi mablag`lari hisobidan 20 mlrd. so`m ajratilishi;

g) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

 ikki oy muddatda poytaxt mintaqasida “Sport” erkin iqtisodiy hudud yaratishi, hudud chegaralari va ushbu hududda amalga oshirish uchun loyihalarni tanlab olish mezonlarini aniqlagan holda, uning faoliyatini tashkil etishi, shuningdek, direktsiya tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirishi;

“Sport” erkin iqtisodiy hududida jahonning etakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda, sport kiyimlari, jihozlari va uskunalarini ishlab chiqarish bo`yicha zamonaviy korxonalar qurish to`g`risida Hukumat qarorini qabul qilishi;

“Sport” erkin iqtisodiy hududning faoliyat yuritish muddati kelgusida uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi.

d) O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi tijorat banklari bilan birgalikda “Sport” erkin iqtisodiy hududida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun grantlar, kredit yo`nalishlari va investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar va boshqa investorlar – yuridik hamda jismoniy shaxslar (shu bilan birga xorijiy investorlar), davlat va nodavlat jamg`armalar, korxonalar va tashkilotlarning beg`araz yordamining jalb qilinishini ta`minlashi;

e) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ikki oy muddatda maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarini optimallashtirish natijasida bo`shatiladigan binolar va inshootlar, jihozlar va uskunalarning bir qismining O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy bo`limlari balansiga o`tkazilishini ta`minlash belgilanganligi;

j) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimiyatlari mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan sport va ommaviy tadbirlarning hududiy, tuman (shahar) kalendar` rejalarining har yili tasdiqlanishini, shuningdek, umumta`lim maktablari va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida sport hamda ommaviy tadbirlarning tashkil etilishi hamda doimiy asosda o`tkazilishini ta`minlashi;

z) Arxitektura va qurilish davlat qo`mitasiga, O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda jismoniy-sog`lomlashtirish va sport inshootlari uchun amaldagi qurilish me`yorlari va qoidalarini qayta ko`rib chiqsin, ularning ushbu inshootlarga qo`yiladigan zamonaviy talablar hamda me`yorlarga moslashtirilishini, jumladan, nogironligi mavjud shaxslar uchun qulayliklar ta`minlashi.

i) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har yili O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning hududiy bo`linmalarini moddiy ta`minlash va moddiy-texnik jihatdan jihozlash uchun mablag`lar ajratilishini nazarda tutish topshirilganligi;

y) O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga, O`zbekiston Milliy Axborot agentligiga, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga, O`zbekiston Matbuot va Axborot agentligiga:

umumta`lim maktablari va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan sport musobaqalari va turnirlarini ommaviy axborot vositalari orqali muntazam hamda keng yoritish;

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi qoshidagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish Jamg`armasiga hayriya yordamini ko`rsatayotgan tashkilotlar ishtirokida ijtimoiy roliklarni yaratish orqali ommaviy sport turlarini ommaviylashtirishga ko`maklashish topshirilganligi;

k) O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ikki oy muddatda:

Xalq ta`limi vazirligi va Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan hamkorlikda umumta`lim va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`quvchilari  sport jamoalari o`rtasida (sport turlari bo`yicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika miqyosida ommaviy sport tadbirlarini o`tkazish tartibini tasdiqlashi;

Moliya vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, uning hududiy bo`linmalari hamda tizim tashkilotlariga biriktiriladigan, O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan xizmat engil avtomobillarning cheklangan umumiy miqdorini tasdiqlash to`g`risida takliflar kiritishi;

Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ushbu qaroridan kelib chiqadigan tegishli qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi;

m) O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi quyidagi manzil bo`yicha joylashtirilishi: Toshkent shahri, A.Qodiriy ko`chasi, 2-uy.

n) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddat ichida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy bo`linmalarining joylashuvini, ularning mebel`, komp`yuter texnikasi, aloqa va boshqa zarur vositalar bilan jihozlanishini ta`minlashi;

l) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi PQ-2779-sonli “O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi qarori o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblanishi ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

 

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuzilmasi 1-ilovaga  muvofiq;

Nukus shahri va tumanlar jismoniy tarbiya va sport bo`limlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Nukus shahri va tumanlar bo`limlarining cheklangan soni
3-ilovaga muvofiq;

Jismoniy tarbiya va sport bo`limlari xodimlarining cheklangan sonidan kelib chiqqan holda, toifalangan Nukus shahri va tumanlar ro`yxati 
4-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasi terma jamoalarni shakllantirish uchun sportchilarni saralash faoliyatini tashkil etish sxemasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi boshqarmasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Nukus shahri va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarini optimallashtirish natijasida bo`shatiladigan binolar va inshootlar, jihozlar va uskunalarning bir qismining Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga va uning hududiy bo`limlari balansiga o`tkazilishi bo`yicha Vazirlar Kengashiga taklif kiritsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har yili Qoraqalpog`iston Respublikasi mahalliy byudjeti parametrlarini shakllantirishda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini hamda uning hududiy bo`linmalarini moddiy ta`minlash va moddiy-texnik jihatdan jihozlash uchun mablag`lar ajratilishini nazarda tutsin.

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Nukus shahri va tumanlar hokimliklari ikki oy muddat ichida Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga va uning hududiy bo`limlarining joylashuvini, ularning mebel`, komp`yuter texnikasi, aloqa va boshqa zarur vositalar bilan jihozlanishini ta`minlash bo`yicha Vazirlar Kengashiga takliflar kiritsin.

7.  Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan sport va ommaviy tadbirlarning kalendar` rejalarini har yili tasdiqlash, shuningdek, umumta`lim maktablari va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida sport hamda ommaviy tadbirlarning tashkil etilishi hamda doimiy asosda o`tkazilishi bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga takliflar kiritsin.

8. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari (M.Jumanov) Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi balansidagi mol-mulklarni Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi balansiga o`tkazishni ta`minlasin.

9. Qorqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017 yil 23 fevraldagi 103-sonli “Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi qarori o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

10. Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 2 oy muddatda Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa da tegishli vazirlik va boshqarmalar ushbu qarordan kelib chiqib o`zlarining qabul qilgan huquqiy normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                              Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 2578