Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (59 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (59 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 martdagi “Olimpiya va milliy sport turlari bo`yicha Nukus oliy sport mahorati maktabini tashkil etish to`g`risida”gi 157-son qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo`lib o`tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o`yinlariga O`zbekiston sportchilarini munosib tayyorlash to`g`risida”
2017 yil 9 martdagi PQ-2821-son qarori ijrosini ta`minlash hamda olimpiya va milliy sport turlari bo`yicha respublika terma jamoalarini tayyorlashni zarur darajada bosqichma-bosqich tashkil etish, iqtidorli yoshlarni sport bilan muntazam shug`ullanishga faol jalb etish, ulardan mamlakat sport terma jamoalarining ishonchli zaxirasini shakllantirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
2 martdagi “Olimpiya va milliy sport turlari bo`yicha Nukus oliy sport mahorati maktabini tashkil etish to`g`risida”gi 157-son qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasining Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahridagi M.Jumanazarov ko`chasida joylashgan va foydalanishga topshirilgan yangi sport majmuasi negizida Olimpiya va milliy sport turlari bo`yicha Nukus oliy sport mahorati maktabini (keyingi o`rinlarda oliy sport mahorati maktabi deb ataladi) tashkil etish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilganligi;

b) Oliy sport mahorati maktabi o`z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 sentyabrdagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasidagi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari to`g`risidagi nizomga muvofiq amalga oshiruvchi maktabdan tashqari sport-ta`lim muassasasi hisoblanishi belgilanganligi;

v) Quyidagilar oliy sport mahorati maktabining asosiy vazifalari etib:

sportning olimpiya va milliy sport turlari bilan shug`ullanish uchun zarur sport ko`rsatkichlari, sport salohiyati, sportning tanlangan turi bo`yicha professional ko`nikmalar va mahoratga ega bo`lgan iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlab olish;

olimpiya va milliy sport turlari bo`yicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilar va malakali trenerlarni tayyorlash uchun o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazish, bunda sportchilar va trenerlarini yotoqxona bilan ta`minlash va ovqatlanishini tashkil etish;

sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblarini to`ldirishga qodir bo`lgan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash, sportning olimpiya va milliy turlarini rivojlantirish hamda zamonaviy bilimlarga ega trenerlar tarkibini tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

nazariy tayyorgarlik va texnik-taktik ko`nikmalarni takomillashtirish, sportchilarning professional sifatlarini rivojlantirish, shuningdek, olimpiya va milliy sport turlarini rivojlantirishning xalqaro talablariga muvofiq terma jamoalarni tayyorlash darajasini oshirish;

sportning olimpiya va milliy turlari bo`yicha etakchi xorijiy davlatlar, sport tashkilotlari va klublar bilan hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan sportchilar va trenerlar tarkibining kasb mahoratini oshirish yuzasidan Xitoy davlati tajribasidan foydalanish, yuqori darajaga ega bo`lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini shartnoma asosida jalb etgan holda, Qoraqalpog`iston Respublikasidagi sport-ta`lim muassasalarining trener-o`qituvchilarining malakasini oshirish;

trener-o`qituvchilar malakasini oshirish, shu jumladan bolalar trenerlarini tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport maydonlarida munosib qatnashadigan professional sportchilarni tayyorlash uchun ularning ko`nikma va bilimini rivojlantirishga yo`naltirilgan zamonaviy o`qitish dasturlari va metodlarini joriy etish belgilanganligi;

g) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasiga bir oy muddatda:

oliy sport mahorati maktabining tuzilmasi va ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash, shuningdek, uning ustavi belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishini ta`minlash;

oliy sport mahorati maktabini yuqori malakali mutaxassislar va trener-o`qituvchilar bilan ta`minlash;

sport turlari bo`yicha o`quv-mashq jarayonini etarli darajada tashkil etish uchun zarur sport jihozlari va o`quv-metodik adabiyotlar bilan ta`minlash xamda sport zallari va o`quv xonalarini jihozlash chora-tadbirlarini amalga oshirish topshirilganligi;

d) O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasiga, Moliya vazirligiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2018 yil 1 maygacha oliy sport mahorati maktabi uchun quriladigan trenerlar malakasini oshirish o`quv xonalari va
100 o`rinli mehmonxona binosining zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ularni belgilangan tartibda tasdiqlash topshirilganligi;

oliy sport mahorati maktabi uchun trenerlar malakasini oshirish o`quv xonalari va 100 o`rinli mehmonxona binosini 2018 yil oxirigacha qurish va jihozlash uchun zarur mablag`lar O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi hisobidan ajratilishi belgilanganligi;

e) O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasiga oliy sport mahorati maktabi uchun trenerlar malakasini oshirish o`quv xonalari va 100 o`rinli mehmonxona binosini qurish va jihozlash bo`yicha loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan belgilangan tartibda o`tkazilishini ta`minlash hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi bo`yicha nazorat o`rnatish topshirilganligi;

j) Quyidagilar, oliy sport mahorati maktabi faoliyatini moliyalashtirish:

O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari;

oliy sport mahorati maktabi faoliyati ixtasosligi bo`yicha pullik xizmatlar ko`rsatishdan tushadigan mablag`lar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik hayriyalari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilanganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

2018 yil uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti xarajatlar parametrlariga tegishli o`zgartirishlar kiritish, shuningdek, 2019 yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirishda respublika oliy sport maktabi ta`minoti uchun “Ta`lim” sohasiga ajratiladigan mablag`lar doirasida zarur byudjet mablag`larini nazarda tutish;

oliy sport mahorati maktabiga 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratish topshirilganligi;

i) O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi va tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018 yil 1 maygacha oliy sport mahorati maktabi uchun quriladigan trenerlar malakasini oshirish o`quv xonalari va 100 o`rinli mehmonxona binosining zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ularni belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta`minlasin;

oliy sport mahorati maktabi uchun trenerlar malakasini oshirish o`quv xonalari va 100 o`rinli mehmonxona binosini 2018 yil oxirigacha qurish va jihozlash uchun zarur mablag`lar Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi hisobidan ajratilsin.

oliy sport mahorati maktabi uchun trenerlar malakasini oshirish o`quv xonalari va 100 o`rinli mehmonxona binosini qurish va jihozlash bo`yicha loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan belgilangan tartibda o`tkazilishini ta`minlasin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi bo`yicha nazorat o`rnatsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi (M.Sodiqov)ga:

2018 yil uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi mahalliy byudjeti xarajatlar parametrlariga tegishli o`zgartirishlar kiritsin, shuningdek, 2019 yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirishda respublika oliy sport maktabi ta`minoti uchun “Ta`lim” sohasiga ajratiladigan mablag`lar doirasida zarur byudjet mablag`larini ajratishni nazarda tutsin;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi yangidan tasdiqlangan shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini ro`yxatdan o`tkazishni qayta ko`rib chiqsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (M.Jumanov) ikki hafta muddatda:

oliy sport mahorati maktabining tuzilmasi va ustavini belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek, uning ustavi belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishini ta`minlasin;

oliy sport mahorati maktabini yuqori malakali mutaxassislar va trener-o`qituvchilar bilan ta`minlasin;

sport turlari bo`yicha o`quv-mashq jarayonini etarli darajada tashkil etish uchun zarur sport jihozlari va o`quv-metodik adabiyotlar bilan ta`minlash xamda sport zallari va o`quv xonalarini jihozlash chora-tadbirlarini amalga oshirsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                      Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 1895