Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (63 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (63 KB)

Valyutaning maqsadsiz chiqib ketishini oldini olish, importni qisqartirish, uning o`rnini bosuvchi mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2018 yil 27 fevral` kuni “2018  yil yanvar`-fevral` oylarida tovarlar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish ishlar holati, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud zaxiralarni aniqlash va to`liq ishga solish chora-tadbirlari to`g`risida” o`tkazilgan videoselektor majlisi bayoni ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida
2018 yil 27 fevral` kuni “2018 yil yanvar`-fevral` oylarida tovarlar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish ishlar holati, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud zahiralarni aniqlash va to`liq ishga solish chora-tadbirlari to`g`risida” o`tkazilgan videoselektor majlisi bayoni ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur bayoni topshiriqlari bilan:

a) Davlat bojxona qo`mitasiga (Azimov, Aripov) har oyning 10 sanasiga qadar chetdan kirib kelayotgan tovarlar hajmini tahlil qilib, tegishli tahliliy materiallarni Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasiga taqdim etib borish;

Bosh vazir o`rinbosari S.Xolmuradovga, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi (Bekenov) import hajmi yuqori bo`lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish maqsadida investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish va amalga oshirilgan ishlar natijalari to`g`risida har chorakdan keyingi oyning
15 sanasiga qadar
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot kiritish topshirilganligi;

b) Iqtisodiyot vaziri B.Xo`jaev va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig`i A.Mavlonovlarga bir hafta muddatda o`zlari rahbarligida Import muammolarini o`rganish, uni iqtisodiyot tarmoqlari hamda respublika hududlari kesimida optimallashtirish bo`yicha takliflarni tayyorlash yuzasidan Ishchi guruhini tuzish topshirilganligi;

Ishchi guruhi (Xo`jaev, Mavlonov) tizimli ravishda ishlarni tashkil etib, doimiy ravishda faoliyat ko`rsatayotgan hududiy Ishchi guruhlarini tuzish, va hududiy Ishchi guruhlariga viloyat hokimlarining birinchi o`rinbosarlari va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlari rahbarlik qilishi belgilanganligi;

v) O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining birinchi o`rinbosari B.Mavlonovga, Bosh Prokuror O.Murodov ikki hafta muddatda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining respublikadan valyuta maqsadsiz chiqib ketishini oldini olish, importni qisqartirish, uning o`rnini bosuvchi mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash yuzasidan tizimli ishlarni ta`minlash bo`yicha faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, kiritish topshirilganligi;

g) Importni optimallashtirish bo`yicha Ishchi guruhiga (Mavlanov), Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlarining birinchi o`rinbosarlari, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarma boshliqlari kuniga ikki soat import masalasi bilan shug`ullanish, shuningdek importni muntazam tahlil qilib, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish bo`yicha aniq loyihalarni amalga oshirishga har tomonlama ko`mak berishni ta`minlash topshirilganligi;

Tumanda bu masalalar bo`yicha hokimlarning birinchi o`rinbosari va prokurorning 386 ta qo`shimcha shtat berilgan o`rinbosar va yordamchilari zimmasiga yuklatilganligi;

d) Bosh vazir o`rinbosari - Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlariga vazirlar va tarmoqlar rahbarlari ham import masalalari bo`yicha Ishchi guruhlari uchun belgilangan tartibda o`zlarining tizimlari bo`yicha ishlarni tashkil etishni ta`minlash;

e) Importni optimallashtirish bo`yicha Ishchi guruhiga (Mavlanov) import bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni haftada 2 marta O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Bosh prokuror O.Murodov huzurida tegishli idoralar, xo`jalik birlashmalari va hududlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilib borish;

j) Savdo-sanoat palatasiga (Ikramov) importni qisqartirish bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari bilan joylarga chiqqan holda uchrashib, tushuntirish ishlarini olib borish rejasini bir hafta muddatda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etish;

z) Navoiy viloyati hokimligiga (Tursunov) “Navoiy KMK” DK (Sanakulov), “O`zkimyosanoat” AJ (Abdullaev) bilan birgalikda “Navoiy KMK” DK va “Navoiyazot” AJ tomonidan import qilinayotgan mahsulot turlarini o`rganib, ularni viloyatda ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;

i) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari o`n kun muddatda:

hududiy eksport hajmini kamida 30 foizga oshirish va viloyatga kirib kelayotgan importni yil davomida 30 foizga optimallashtirish bo`yicha alohida
2 ta qaror qabul qilish va ijrosini kundalik nazoratga olish;

y) Vazirlar Mahkamasining komplekslariga, vazirliklar, idoralar va kompaniyalar rahbarlari ikki hafta muddatda import hajmini esa kamida
30 foizga optimallashtirish yuzasidan har bir kompleks kesimida “yo`l xarita”larini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovga kiritish;

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovga “yo`l xarita”lari ijrosini shaxsan nazoratga olish;

k) Bosh vazir o`rinbosari N.Otajonovga, Bosh prokurorning birinchi o`rinbosari E.Tadjiev, Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshlig`i A.Mavlonov joriy yilning 28 fevraldan boshlab, grafik asosida har bir viloyatga borib, joylardagi haqiqiy ahvolni o`rganib, tadbirkorlar bilan uchrashib, importni kamaytirish bo`yicha “yo`l xarita”larni ishlab chiqish, tuman va tadbirkor kesimida ijrosini tashkil etish hamda nazoratga olish;

l) Hisob palatasiga (Ikramov) Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan import hajmlari to`g`risida har oyning 25 sanasiga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga ma`lumot kiritib borish;

m) Savdo-sanoat palatasi (Ikramov) har oyning 25 sanasiga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kichik biznes sub`ektlari tomonidan amalga oshirilayotgan import hajmlari to`g`risida ma`lumot kiritish;

n) ushbu bayon bandlari va ularga muvofiq qabul qilingan hujjatlar ijrosi yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo`jalik birlashmalari Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahri  va viloyatlar hokimliklari har oyning 8 sanasigacha Vazirlar Mahkammasi va O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga batafsil axborot kiritib borish topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Valyutani maqsadsiz chiqib ketishini oldini olish, importni qisqartirish, uning o`rnini bosuvchi mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash yuzasidan doimiy monitoring qilish, tadbirkorlarga amaliy yordam ko`rsatish, mavjud muammo va to`siqlarni bartaraf etish bo`yicha Ishchi  guruh  tarkibi
1-ilovaga muvofiq va Ishchi guruh a`zolarini Nukus shahri va tumanlar hokimliklariga biriktirlishi 1a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;

Ishchi guruhi (Qaypbergenov) tizimli ravishda ishlarni tashkil etib, doimiy ravishda faoliyat ko`rsatayotgan hududiy Ishchi guruhlarini tuzsin va hududiy Ishchi guruhlariga Nukus shahri va tumanlar hokimlarining birinchi o`rinbosarlari va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy bo`limlari boshliqlari rahbarlik qilishi belgilansin.

4 Iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan mahsulotlarning import qilinishi, mahalliylashtirish dasturlari ijrosi ahvolini tanqidiy o`rganish va takliflar ishlab chiqish bo`yicha Ishchi guruh tarkibining joylarga chiqib uchrashuv o`tkazish grafigi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi (Fayzullaev) har oyning 8 sanasiga qadar chetdan kirib kelayotgan tovarlar hajmini tahlil qilib, tegishli tahliliy materiallarni Qoraqalpog`iston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha qo`mitasiga (Sadikov) taqdim etib borsin.

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosariga (B.Xabibullaev), Investitsiyalar bo`yicha qo`mitasi (Sadikov) bilan birgalikda import hajmi yuqori bo`lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish maqsadida investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirsin va amalga oshirilgan ishlar natijalari to`g`risida har chorakdan keyingi oyning
10 sanasiga qadar
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot kiritib borish topshirilsin.

7. Importni optimallashtirish bo`yicha Ishchi guruh (Qaypbergenov):

- Nukus shahri va tumanlar hokimlarining birinchi o`rinbosarlari, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limlari boshliqlari kuniga ikki soat import masalasi bilan shug`ullansin, shuningdek importni muntazam tahlil qilib, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish bo`yicha aniq loyihalarni amalga oshirishga har tomonlama ko`mak berishni ta`minlasin;

- joriy yilning 23 martdan boshlab, grafik asosida har bir shahar va tumanlarga borib, joylardagi haqiqiy ahvolni o`rganib, tadbirkorlar bilan uchrashib, importni kamaytirish bo`yicha “yo`l xarita”larni ishlab chiqsin, tuman (shahar)lar va tadbirkor kesimida ijrosini tashkil etsin hamda nazoratga olsin;

- import bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni haftada 2 marta Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Prokuraturasi huzurida tegishli idoralar, xo`jalik birlashmalari rahbarlari ishtirokida muhokama qilib borilishi belgilab qo`yilsin.

8. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.Tajetdinov – Vazirlar Kengashining komplekslari rahbarlariga vazirlar va tarmoqlar rahbarlari hamda import masalalari bo`yicha Ishchi guruhlari uchun belgilangan tartibda o`zlarining tizimlari bo`yicha ishlarni tashkil etishni ta`minlasin.

9. O`zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasiga (Zarikeev):

- importni qisqartirish bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari bilan joylarga chiqqan holda uchrashib, tushuntirish ishlarini olib borish rejasini besh kun muddatda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taqdim etish;

- har oyning 25 sanasiga qadar kichik biznes sub`ektlari tomonidan amalga oshirilgayotgan import hajmlari to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga ma`lumot kiritish topshirilsin.

10. Nukus shahri va tumanlar hokimlari bir hafta muddatda hududga kirib kelayotgan importni yil davomida 30 foizga optimallashtirish bo`yicha alohida qaror qabul qilsin va ijrosini kundalik nazoratga olsin.

11. Vazirlar Kengashining o`rinbosarlariga, vazirliklar, idoralar va kompaniyalar rahbarlari bir hafta muddatda import hajmini kamida
30 foizga optimallashtirish yuzasidan har bir kompleks kesimida “yo`l xarita”larini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga kiritsin.

12.  Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari, Vazirlar Kengashining komplekslari tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan import hajmlari to`g`risida har oyning 25 sanasiga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga ma`lumot kiritib borsin.

13. Ushbu bayon bandlari va ularga muvofiq qabul qilingan hujjatlar ijrosi yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo`jalik birlashmalari Nukus shahri va tumanlar hokimliklari har oyning 6 sanasigacha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga batafsil axborot kiritib borsin.

14. Mazkur bayon topshiriqlari ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari A.Tajetdinov, Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari B.Xabibullaev va O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi R.Sadikovlar zimmalariga yuklatilsin.      

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

                         Q.Sariev

 

 

 


Ko'rib chiqildi: 2085