Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (68 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (68 KB)

“2018 yil yanvar-fevral` oylarida tovarlar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish ishlar holati, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud zahiralarni aniqlash va to`liq ishga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi

2018 yil yanvar`-fevral oylarida tovarlar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish ishlar holati, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud zahiralarni aniqlash va to`liq ishga solish chora-tadbirlariga bag`ishlab, kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan videoselektor majlisi Bayoni  to`g`risida bajarish yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. “2018  yil yanvar`-fevral` oylarida tovarlar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish ishlar holati, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud zahiralarni aniqlash va to`liq ishga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2018 yil 27 fevral` kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan videoselektor majlisi bayoni qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2018 yil 27 fevral` kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan videoselektor majlisi bayoni qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov bir hafta muddatda o`zi rahbarligida va Bosh prokurorning birinchi o`rinbosari E.Tadjiev rahbar o`rinbosari bo`lgan, Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini o`rganish va uni kengaytirish bo`yicha Ishchi guruhini tashkil etilishi.

Ushbu Ishchi guruhi eksportni tashkil etish va monitoring qilishga mas`ul bo`lishi, xududlarda esa eksport masalalari bilan shaxsan viloyat hokimlari va viloyat prokurorlarining 1-o`rinbosarlari shug`ullanishi belgilanganligi;

b) Eksportni tashkil etish bo`yicha Ishchi guruh (Tadjiev), Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari, viloyat prokurorlarining birinchi o`rinbosarlari kuniga ikki soat eksport masalasi bo`yicha shug`ullansin, shuningdek joylarda eksport hajmini oshirish uchun mahsulot eksport qiluvchilarga real yordam ko`rsatish, ularga “yashil yo`lak” qilib berish bo`yicha ishlarni tizimli ravishda tashkil etilishi;

  v) Bosh vazir o`rinbosari – Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari, vazirlar va tarmoqlar rahbarlari ham eksport va import masalalari bo`yicha Ishchi guruhlari uchun belgilangan tartibda o`zlarining tizimlari bo`yicha ishlarni tashkil etishni ta`minlash topshirilganligi;

g) Eksportni tashkil etish bo`yicha Ishchi guruh (Tadjiev), Importni optimallashtirish bo`yicha Ishchi guruh (Mavlonov) eksport va import bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni haftada 2 marta O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Bosh prokuror O.Murodov huzurida tegishli idoralar, xo`jalik birlashmalari va xududlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilib borish topshirilganligi;

d)  Savdo-sanoat palatasi (Ikramov) eksportni oshirish va importni qisqartirish bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari bilan joylarga chiqqan holda uchrashib, tushuntirish ishlarini olib borish rejasini bir hafta muddatda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etishi;

e) “O`zqurilishmateriallari” AJ (Zaripov) bir hafta muddatda qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo`yicha aniq takliflarni ishlab chiqsin va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritishi;

j) Iqtisodiyot vazirligi (Xo`jaev), Tashqi savdo vazirligi (Xodjaev), Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda tarmoqlar va hududlarda eksport hajmini oshirish bo`yicha qo`shimcha rezervlarni aniqlasin va Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritishi;

z) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda eksport rejasini har bir korxona, shu jumladan yangi ishga tushiriladigan quvvatlar bo`yicha oyma-oy bajarish yuzasidan “yo`l xaritalari”ni ishlab, tasdiqlanishi;

Bunda 2018 yilga tasdiqlangan investitsiya loyihalari doirasida nazarda tutilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini muddatidan oldin ishga tushirish va loyiha quvvatiga chiqish, yangi bozorlarni egallash va xorijiy xaridorlar bilan shartnomalar tuzish masalalariga alohida e`tibor qaratilishi;    

i) “O`zto`qimachiliksanoati” uyushmasi (Haydarov) tizim tarkibidagi ip-kalava ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga to`liq o`tkazilishi yuzasidan ikki oy muddatida taklif tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritishi;

y) Bosh prokuratura (Tadjiev), “O`zto`qimachiliksanoati” uyushmasi (Haydarov) bilan birgalikda joyiga chiqqan holda, to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksportni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni o`rganib, ikki hafta muddatda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot va takliflarni kiritishi;

k) Bosh vazirning birinchi o`rinbosari A.Ramatov, mutasaddi  vazirlik va idoralar bilan birgalikda 3 kun muddatda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ hamda “O`zbekiston havo yo`llari” MAK eksport rejasini bandma-band qayta ko`rib chiqishi, tegishli o`zgartirish kiritish bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi va ijrosini shaxsan nazoratga olishi;

l) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari o`n kun muddatda:

hududiy eksport hajmini kamida 30 foizga oshirish va viloyatga kirib kelayotgan importni yil davomida 30 foizga optimallashtirish bo`yicha alohida
2 ta qaror qabul qilinishi va ijrosini kundalik nazoratga olishi.

har bir eksportyor korxona yuzasidan uning eksport salohiyatini oshirish, mavjud muammolarini bartaraf etish va qo`shimcha eksport zaxiralarini aniqlash bo`yicha “Yo`l xaritasi” tuzilishi ta`minlanib, ularning ijrosi ustidan qat`iy nazorat o`rnatishi;

m) Vazirlar Mahkamasining komplekslari, vazirliklar, idoralar va kompaniyalar rahbarlari ikki hafta muddatda eksport hajmini 30 foizga oshirishi, import hajmini esa kamida 30 foizga optimallashtirish yuzasidan har bir kompleks kesimida “yo`l xarita”larini ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovga kiritilishi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov “yo`l xarita”lari ijrosini shaxsan nazoratga olishi;

n) Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo`yicha prognoz ko`rsatkichlariga  erishish uchun Bosh vazir o`rinbosari (Otajonov, Mirzaev) “O`zbekoziqovqatholding” XK (Jalilov), Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari shaxsan javobgar ekanliklari qat`iy belgilab qo`yilganligi;

o) Bosh vazir o`rinbosari N.Otajonov, Bosh prokurorning birinchi o`rinbosari E.Tadjiev, Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshlig`i A.Mavlonov joriy yilning 28 fevraldan boshlab, grafik asosida har bir viloyatga borib, joylardagi haqiqiy ahvolni o`rganib, tadbirkorlar bilan uchrashib, eksportni oshirish va importni kamaytirish bo`yicha “yo`l xarita”larni ishlab chiqsin, tuman va tadbirkor kesimida ijrosini tashkil etishi hamda nazoratga olishi;

p) Eksportni tashkil etish bo`yicha Ishchi guruh (Tadjiev), Importni optimallashtirish bo`yicha Ishchi guruh (Mavlonov) hududlarda o`tgan yilda
2018 yil hosili uchun ekilgan hosili uchun ekilgan avgust piyozi, sarimsoqpiyoz, to`qsonbosti  ekinlar hosilini o`z vaqtida va to`liq yig`ib olish, ularni eksport qilish ishlarini alohida nazortga olinishi;

r) Bosh vazir o`rinbosari Z.Mirzaev, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri va tumanlar hokimlarining qishloq xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosarlari bilan birgalikda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan hududlarning salohiyatidan to`liq foydalanish, joriy yilda paxta va g`alladan bo`shatilayotgan qo`shimcha
150 ming gektar er maydonlari, shuningdek mavjud bog` va tokzorlar orasidagi er maydonlariga serdaromad eksportbop ekinlar ekishni ta`minlashi;

s) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murodov, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbarining o`rinbosari G.Saidova, Bosh vazir o`rinbosarlari Z.Mirzaev va N.Otajonov boshqa mutasaddi rahbarlar ikki hafta muddatda respublikaning har bir viloyatda kamida bittadan meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirish va eksporti bilan shug`ullanadigan “meva-sabzavot klasterlari”ni tashkil etish bo`yicha asoslangan taklif kiritishlari;

t) O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, vilotlar va Toshkent shahri hokimlari, Davlat bojxona qo`mitasi (Azimov), 15 kun muddatda joylardan tegishli rahbarlari va tadbirkorlarni olib kelib, Zangiota tumanida tashkil etilgan logistika markazini ko`rsatgan holda, joriy yilda barcha hududlarda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida zamonaviy, yirik logistika markazlari barpo etish bo`yicha aniq “yo`l xaritalari”ni tasdiqlashi va ijrosini ta`minlashi;

u) Tashqi savdo vazirligi (Xodjaev), Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Axmedxodjaev) Loyiha boshqaruvchi milliy agentligi (Sadiqov) bilan birgalikda uch oy muddatda mahalliy mahsulotlar eksportiga ko`maklashuvchi elektron savdo maydonchasini tashqil qilinishi;

f) Hisob palatasi (Ikramov), Markaziy bank (Nurmurotov) va Moliya vazirligi (Qo`chkorov) ikki hafta muddatda banklarda asossiz ravishda yuqori komissiya belgilash holatlarini chuqur o`rganib chiqib, asoslantirilgan taklif kiritsin;

x) Tashqi savdo vazirligi (Xodjaev), Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Axmedxodjaev) ikki oy muddatda respublikada faoliyat yuritayotgan har bir ishlab-chiqaruvchi-eksportyor korxonlar to`g`risidagi elektron axborotlar bazasini shakllantirish va uni doimiy yangilab borishini ta`minlash choralarini ko`rishi;

ch) Bosh vazir o`rinbosari S.Xolmurodov, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi (Abdihakimov), Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari hamda mutasaddi rahbarlar turizm  sohasini rivojlantirishga shaxsan javobgar ekanliklari to`g`risida ogohlantirilishi;

sh) Madaniyat  vazirligi (Sayfullaev), Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi (Abdixakimov) bilan birgalikda bir oy muddatda turistlar boradigan barcha ob`ektlarga turniket orqali va to`lov asosida kirish tizimini joriy qilinishi;

e) “O`zbekiston havo yo`llari” MAK (Hakimov) xorijdan turistlarni keng jalb qilish maqsadida bir oy muddatda aviakompaniya xizmatlari narxini arzonlashtirish bo`yicha choralar ko`rishi va natijalari bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritishi;

yu) Ushbu bayon bandlari va ularga muvofiq qabul qilingan hujjatlar ijrosi yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo`jalik birlashmalari  Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahri  va viloyatlar hokimliklari har oyning 8 sanasigacha Vazirlar Mahkamasi va O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga batafsil axborot kiritib borishi topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasida eksport hajmini ko`paytirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash, eksportni tashkil etish va amalga oshirish borasidagi faoliyatni doimiy monitoring qilish, tadbirkorlarga amaliy yordam ko`rsatish, mavjud muammo va to`siqlarni bartaraf etish bo`yicha Ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq va Ishchi guruh a`zolarini Nukus shahri va tumanlari hokimliklariga biriktirlishi 1a-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog`iston Respublikasida eksport hajmini ko`paytirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash, eksportni tashkil etish va amalga oshirish borasidagi faoliyatni doimiy monitoring qilish, tadbirkorlarga amaliy yordam ko`rsatish, mavjud muammo va to`siqlarni bartaraf etish bo`yicha Ishchi guruh tarkibining joylarda uchrashuv o`tkazish grafigi
2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Eksportni tashkil etish bo`yicha Ishchi guruh (erejepov), Nukus shahar va tumanlar hokimlari, Nukus shahar va tumanlar prokurorlarining birinchi o`rinbosarlari kuniga ikki soat eksport masalasi bo`yicha shug`ullansin, shuningdek joylarda eksport hajmini oshirish uchun mahsulot eksport qiluvchilarga real yordam ko`rsatish, ularga “yashil yo`lak” qilib berish bo`yicha ishlarni tizimli ravishda tashkil etsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari (Tajetdinov), Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari (Xojametov, Xabibullaev), Iqtisodiyot vazirligi (Qaipbergenov), Tashqi savdo vazirligi Qoraqalpog`iston Respublikasidagi vakili (Jollibekov), Nukus shahar va tumanlar hokimiklari bir hafta muddatda tarmoqlar va hududlarda eksport hajmini oshirish bo`yicha qo`shimcha rezervlarni aniqlasin va Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritilishini ta`minlasin.

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (Qaipbergenov), Tashqi savdo vazirligi Qoraqalpog`iston Respublikasidagi vakili (Jollibekov) ikki hafta muddatda eksport rejasini har bir korxona, shu jumladan yangi ishga tushiriladigan quvvatlar bo`yicha oyma-oy bajarish yuzasidan “yo`l xaritalari”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taqdim etsin;

Bunda 2018 yilga tasdiqlangan investitsiya loyihalari doirasida nazarda tutilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini muddatidan oldin ishga tushirish va loyiha quvvatiga chiqish, yangi bozorlarni egallash va xorijiy xaridorlar bilan shartnomalar tuzish masalalariga alohida e`tibor qaratilsin.

7. Qoraqalpog`iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (Qaipbergenov), Investitsiya bo`yicha qo`mitasi (Sadikov) va O`zbekiston Respublikasi Markaziy bank Qoraqalpog`iston Respublikasi Bosh boshqarmasiga (Allaniyazov):

2018 yilga tasdiqlangan investitsiya loyixalari doirasida nazarda tutilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini muddatidan oldin ishga tushirish va loyixa quvvatiga chiqish, yangi bozorlarni egallash va xorijiy xaridorlar bilan shartnomalar tuzish masalalariga alohida e`tibor qaratilsin.

8. Nukus shahri va tumanlar hokimlari bir hafta muddatda:

- hududiy eksport hajmini kamida 30 foizga oshirish bo`yicha alohida qaror qabul qilsin va ijrosini kundalik nazoratga olsin;

- har bir eksportyor korxona yuzasidan uning eksport salohiyatini oshirish, mavjud muammolarini bartaraf etish va qo`shimcha eksport zaxiralarini aniqlash bo`yicha “Yo`l xaritasi” tuzilishi ta`minlanib, ularning ijrosi ustidan qat`iy nazorat o`rnatilsin.

9. Vazirlar Kengashining o`rinbosarlariga, vazirliklar, idoralar va kompaniyalar rahbarlari bir hafta muddatda eksport hajmini
30 foizga oshirish yuzasidan har bir kompleks kesimida “yo`l xarita”larini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga kiritsin.

10. Eksportni tashkil etish bo`yicha Ishchi guruh rahbarlari va a`zolari, hududlarda o`tgan yilda 2018 yil hosili uchun ekilgan avgust piyozi, sarimsoqpiyoz, to`qsonbosti ekinlar hosilini o`z vaqtida va to`liq yig`ib olish, ularning eksport qilish ishlarini alohida nazoratga olsin.

11. Tumanlar hokimlarining qishloq xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosarlari bilan birgalikda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan hududlarning salohiyatidan to`liq foydalanish, joriy yilda paxta va g`alladan bo`shatilayotgan qo`shimcha er maydonlari, shuningdek mavjud bog` va
tokzorlar orasidagi er maydonlariga serdaromad eksportbop ekinlar ekishni ta`minlasin.

12. Qoraqalpog`iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (Qaipbergenov), Nukus shahri, tumanlar hokimlari  va Bojxona boshqarmasi (Fayzullaev)
15 kun muddatda joylardan tegishli rahbarlar va tadbirkorlarni olib kelib, Zangiota tumanida tashkil etilgan logistika markazini ko`rsatgan holda, joriy yilda barcha hududlarda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida zamonaviy, yirik logistika markazlari barpo etish bo`yicha aniq “yo`l xaritalari”ni tasdiqlasin va ijrosini ta`minlasin.

13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog`iston Respublikasi xududiy boshqarmasi (Baekeev) ikki oy muddatda respublikada faoliyat yuritayotgan har bir ishlab-chiqaruvchi eksportyor korxonalar to`g`risidagi elektron axborotlar bazasini shakllantirish va uni doimiy yangilab borishini ta`minlash choralarini ko`rsin.

14. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari (Xabibullaev), Turizmni rivojlantirish boshqarmasi (Kusekeev) va mutasaddi rahbarlar turizm sohasini rivojlantirishga shaxsan javobgar ekanliklari belgilansin.

15. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari (Xabibullaev), Madaniyat vazirligi (Aytmuratov), Turizmni rivojlantirish boshqarmasi (Kusekeev) bilan birgaliqda bir oy muddatda turistlar boradigan barcha ob`ektlarga turniket orqali va to`lov asosida kirish tizimini joriy qilsin.

16. Ushbu bayon bandlari va ularga muvofiq qabul qilingan hujjatlar ijrosi yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo`jalik birlashmalari Nukus shahri va tumanlar hokimliklari har oyning 6 sanasigacha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga batafsil axborot kiritib borsin.     

17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni  o`z zimmamda qoldiraman.

           

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

                   Q.Sariev

 

 


Ko'rib chiqildi: 1365