Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (63 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (63 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 martdagi «Qorako`lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3603-sonli qarori to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 martdagi «Qorako`lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3603-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

  1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 martdagi «Qorako`lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3603 sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
  2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarori bilan quyidagilar:

a) O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi, Respublika «Qorako`lchilik» uyushmasi, O`zbekiston qishloq xo`jaligi  ilmiy-ishlab chiqarish markazi va Buxoro viloyati hokimligining:

Qorako`lchilik va cho`l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining Buxoro filialini (keyingi o`rinlarda – Filial); 

O`zbekiston qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga qarashli Buxoro cho`l yaylov ozuqabop o`simliklar urug`chiligi                 ilmiy-ishlab chiqarish markazini (keyingi o`rinlarda – Markaz)  tashkil etish to`g`risidagi takliflari ma`qullanganligi;

b) Filialning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq va Markazning  tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

O`zbekiston qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktoriga, zarur hollarda, Filialning va Markazning tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to`lash jamg`armasi doirasida o`zgartishlar kiritish huquqi berilganligi;

v) Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib: 

naslchilik va sun`iy urug`lantirish ishlarini ilmiy asosda  tizimli tashkil etish, bunda qimmatli, eksportbop yarim doira qalamgul, qovurg`asimon, yassi gul tiplaridagi sur va qora rangli qorako`l  qo`ylari selektsiyasini amalga oshirishga alohida e`tibor qaratish; 

Buxoro viloyatining qorako`lchilikka ixtisoslashgan fermer xo`jaliklarida ilmiy ishlanmalarni amaliyotda sinash va uning ijobiy natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish; 

naslli qo`chqorlarning rangi va tipi bo`yicha hududlar hamda xo`jaliklar kesimida almashinuvini tashkil etish; 

qorako`lchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning  tajribasi va qorako`lchilikda olib borilayotgan naslchilik va selektsiya ishlarini o`rganish va bu borada erishilgan ilg`or yutuqlarni  joriy  etish belgilanganligi;

g) Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib:

cho`l hududlarida ozuqa ishlab chiqarishni intensivlashtirishning ilmiy va amaliy asoslarini yaratish, cho`l ozuqabop o`simliklar istiqbolli navlarining birlamchi urug`chiligini tashkil etish; 

cho`l ozuqabop ekinlari urug`liklari etishtiriladigan maydonlarda ilg`or agrotexnik tadbirlarni joriy qilish, ushbu maydonlarni sifatli urug`liklar bilan ta`minlash va urug`lik etishtirish hajmini oshirish; 

yaylovlar tuproq iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda  mos navlarni tanlash va ularning urug`larini jadal ko`paytirish; 

inqirozga uchragan yaylov maydonlarini aniqlash va ularni  tiklash hamda hosildorligini oshirish uchun cho`l ozuqabop ekinlarni            ekish ishlarini tashkil etish; 

qorako`lchilikka ixtisoslashgan xo`jaliklarning talabiga asosan ozuqabop ekinlar urug`larini etkazib berish belgilanganligi;

d) Quyidagilar:

a) 2023 yil 1 yanvarga qadar qorako`lchilik bilan shug`ullanayotgan sub`ektlar va qorako`lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari qorako`lchilik uchun zarur bo`lgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxat bo`yicha import qilinadigan materiallar uchun bojxona to`lovlari to`lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) ozod etilganligi; 

b) qorako`lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yagona er solig`i stavkalari 2023 yil 1 yanvarga qadar o`zgarishsiz qoldirilganligi; 

v) respublika hududida qorako`l terisi va junini tayyorlash hamda xarid qilish «O`zbekcharmpoyabzali» va «Qorako`lchilik» uyushmalari tizimidagi korxonalar tomonidan oldindan 50 foiz bo`nak to`lash orqali amalga oshirilishi belgilanganligi;

 e) O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi  Iqtisodiyot vazirligi, «O`zdonmahsulot» AK, «O`zpaxtayog`» AJ, Respublika tovar-xom ashyo birjasi, «O`zbekcharmpoyabzali» va «Qorako`lchilik» uyushmalari bilan birgalikda bir oy muddatda qorako`lchilik bilan shug`ullanayotgan sub`ektlar tomonidan etishtirilgan qo`y terisi, qorako`l terisi va junini xarid qilish, shuningdek, ularga omixta em, arpa, paxta shroti va sheluxasini etkazib berish tizimi joriy etilishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

yo) Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qorako`lchilik sohasida naslchilik-selektsiya ishlarini takomillashtirish, jahon bozori talablariga mos bo`lgan raqobatbardosh qorako`l terisi ishlab chiqarish va uni qayta ishlashni moliyaviy jihatdan qo`llab-quvvatlash maqsadida «Qorako`l» uyushmalarining O`zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat Xalq banki filiallarida ochiladigan maxsus hisob-raqamlar shaklida Qorako`lchilikni rivojlantirish jamg`armalari (keyingi o`rinlarda – Jamg`armalar) tashkil etilganligi;

j) Jamg`armalarning asosiy vazifalari etib: 

jahon bozorida qorako`lchilik mahsulotiga bo`lgan talab  va takliflarni, qorako`lchilik sohasi rivojlangan xorijiy  davlatlarning ilg`or tajribalarini o`rganish, malaka oshirish  masalalari bo`yicha mahalliy qorako`lchi mutaxassislarning xizmat safarlarini tashkil etishni; 

respublika miqyosida naslli qorako`l ko`chqorlarini xo`jaliklararo almashtirish bo`yicha ko`rgazmali seminarlar tashkil etish xarajatlarini; 

qorako`lchilik sohasida mahalliy va chet el mutaxassislari ishtirokida ko`rgazmali o`quv seminarlar o`tkazishni; 

respublikada qorako`lchilik mahsulotlarini eksport qilishda qorako`lchilik korxonalarini qo`llab-quvvatlashni; 

qorako`lchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo`jaliklari  va naslchilik korxonalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash  hamda qorako`lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonasini  tashkil etish uchun O`zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat Xalq banki filiallari orqali 3 yil muddatga 3 foizli imtiyozli yillik stavka bo`yicha kredit liniyalarini ochishni moliyalashtirish hisoblanganligi;

z) Quyidagilar Jamg`armalarni shakllantirish manbalari etib: jismoniy va yuridik shaxslarning, xayriya jamg`armalarining grantlari, ixtiyoriy badallari, xorijiy donorlarning mablag`lari; 

Jamg`armalarning vaqtincha bo`sh mablag`larini joylashtirishdan tushadigan daromadlar; 

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilanganligi; 

Tijorat banklarining o`z mablag`lari hamda Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlari hokimliklarining mahalliy byudjetlarining qo`shimcha manbalari hisobidan mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq Jamg`armalarning dastlabki mablag`larini shakllantirish to`g`risidagi tashabbuslari ma`qullanganligi; 

Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari hokimliklari 2019-2020 yillar davomida Jamg`armalar mablag`larining o`zlashtirilishidan kelib chiqib, zaruratga ko`ra, mahalliy byudjetlarning qo`shimcha manbalari hisobidan tegishli mablag`lar ajratish choralarini ko`rish topshirilganligi;

i) O`zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat Xalq bankiga «Qorako`lchilik» uyushmasi tarkibiga kiruvchi Buxoro viloyati hududida qorako`lchilik bilan shug`ullanayotgan korxonalar, fermer va dehqon xo`jaliklarida mavjud qorako`l qo`ylarining zotini  yaxshilash maqsadida chetdan naslli qo`ylar sotib olish hamda viloyatda qorako`l terisi, junini qayta ishlash korxonalarini tashkil etish, mavjudlarini modernizatsiya qilish loyihalarini moliyalashtirish  uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka bo`yicha 30 milliard so`m miqdorida imtiyozli kredit mablag`larini ajratish tavsiya etilganligi;

y)  Qorako`lchilik bilan shug`ullanayotgan tadbirkorlik   sub`ektlariga moliyaviy yordam ko`rsatish maqsadida sun`iy urug`lantirish punktlarini modernizatsiya qilish va yangilarini tashkil etish, chetdan naslli qo`ylar, qorako`lchilikka ixtisoslashgan korxonalar, fermer va dehqon xo`jaliklari uchun zarur texnologik asbob-uskunalarni   xarid qilish, qorako`l terisi va junini qayta ishlash, cho`l ozuqabop o`simliklarni etishtirishga mo`ljallangan yaylovlarni rivojlantirish va ularning hosildorligini oshirish bilan bog`liq loyihalarga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasidan resurs mablag`lari ajratilishiga, kafilliklar berilishiga hamda kreditlar bo`yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar to`lanishiga ruxsat berilganligi;

k) «O`zagrotexsanoatxolding» va «O`zagrolizing» aktsiyadorlik jamiyatlari qorako`lchilik faoliyati bilan shug`ullanuvchi sub`ektlarga cho`l yaylov ozuqabop o`simliklarning urug`liklarini etishtirish va ularni cho`l hududlarida ekish bilan bog`liq agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan texnikalarni lizing asosida etkazib berish choralarini ko`rish topshirilganligi;

l) O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi, Respublika «Qorako`lchilik» va «O`zbekcharmpoyabzali» uyushmalari bilan birgalikda bir oy muddatda qorako`l terisini xalqaro mo`yna kimoshdi savdolarida realizatsiya qilish va salohiyatli chet ellik sheriklarni topish orqali tashqi bozorlarga chiqish, o`zbek qorako`l terisining xalqaro miqyosdagi brendini tiklash bo`yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilganligi;

m) O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga,  Buxoro,  Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga, qo`shni davlatlarga chegaradosh tumanlar hokimlariga qorako`lchilik mahsulotlarini respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlarning etarli emasligi ko`rsatib o`tilganligi; 

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo`mitasi hududiy tuzilmalarining boshliqlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari qorako`lchilik mahsulotlarining respublika tashqarisiga noqonuniy  olib chiqib ketilishi hollarining o`z vaqtida oldini olish bo`yicha ishlarning ahvoli uchun shaxsiy javobgarligi  belgilanganligi  ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi To`rtko`l, Beruniy, Ellikqal`a, Qo`ng`irot, Qorao`zak va Taxtako`pir tumanlari hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning 1- va 2-ilovalariga asosan 2018-2020 yillarda uzoq cho`l hududlarida qorako`l qo`ylarini sug`orish inshootlari (tik va shaxtali quduqlar)ni ta`mirlash bilan bog`liq xarajatlari uchun mahalliy byudjetlarining qo`shimcha manbalari hisobidan dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra 1 milliard  980 mln. so`m mablag` ajratilishini;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi zaruratga ko`ra, To`rtko`l, Beruniy, Ellikqal`a, Qo`ng`irot, Qorao`zak va Taxtako`pir tumanlari hokimliklarining so`roviga asosan yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan ushbu maqsadlar uchun respublika byudjetidan byudjet ssudalari ajratilishini ta`minlasin.

«Qorako`l» uyushmasi va tegishli tumanlar hokimliklari O`zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasining sug`orish inshootlarini ta`mirlash va qurish ishlarining maqsadga muvofiqligi bo`yicha o`rnatilgan tartibda gidrogeologik xulosalari hamda quduqlarni eng maqbul joylarda qazish bo`yicha takliflari asosida sug`orish inshootlarini ta`mirlash va yangilarini qurish ishlarini amalga oshirish hamda ularning saqlanishi  yuzasidan nazorat o`rnatish bo`yicha mas`ul  etib belgilansin.

4. Qoraqalpog`iston Matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog`iston axborot agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Teleradiokompaniyasi «Qorako`l» uyushmasi bilan birgalikda qorako`lchilik tarmog`ida amalga oshirilayotgan islohotlarning  maqsadi, mohiyati va mazmuni aholi orasida muntazam ravishda keng yoritib borish tavsiya etilsin. 

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                              Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2275