Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

TASHQI SAVDONI YANADA ERKINLASHTIRISH VA SAVDO OPERATSIYALARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA

Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik sub`ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun teng va qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha to`siq va g`ovlarni bartaraf etish maqsadida: 

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va “O`zstandart” agentligining O`zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspektsiyadan o`tkazish tartibotini bekor qilish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 

2. Belgilab qo`yilsinki: 

O`zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspektsiyadan o`tkazish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi; 

O`zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspektsiyadan o`tkazish xizmatlarini ko`rsatish huquqiga vakolatli organ tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan inspektsiya organlari ega; 

inspektsiya organlarining xizmatlari, shu jumladan yuk ortishdan oldin inspektsiyadan o`tkazish xizmatlari uchun haq to`lash ularning O`zbekiston Respublikasi hududidagi banklarda ochilgan hisobraqamlari orqali amalga oshiriladi; 

O`zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlar sifati, miqdori va narxlarining “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda (keyingi o`rinlarda – Markaz) ro`yxatdan o`tgan import kontraktlari shartlariga muvofiqligini ta`minlash bo`yicha zarur choralarni ko`rish uchun javobgarlik import qiluvchining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatiladi; 

davlat bojxona xizmati organlari Markazda ro`yxatdan o`tgan import kontraktlari doirasida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlarning miqdori va narxlari haqidagi ma`lumotlarni axborot tizimlaridan foydalangan holda Markazga taqdim etadi. 

3. Davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek, tijorat banklariga yuk ortishdan oldin inspektsiyani o`tkazuvchi inspektsiya organini tanlash haqida import qiluvchilarga tavsiyalar berish taqiqlansin. 

4. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti “O`zstandart” agentligi va Davlat bojxona qo`mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda, mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, davlat manfaatlariga etkazilgan zararni qoplash kafolatlarini ta`minlovchi mexanizmlarni joriy etgan holda import qiluvchilar va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish bo`yicha takliflar kiritsin. 

5. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda akkreditatsiya ob`ektlari tomonidan vakolatli organga o`tkaziladigan to`lovlarni undirish shartlari va miqdorlarining tanqidiy qayta ko`rib chiqilishini ta`minlasin. 

6. Belgilansinki, Markaz faoliyati sohasi tatbiq etiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridlarini o`tkazish (xarid tartibotlarini bajarish, reklama ishlarini tashkil etish, tender va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar) bo`yicha ixtisoslashgan tashkilotni tanlash O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan o`rnatiladigan talablarga javob beradigan ixtisoslashgan tashkilotlar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bir oy muddatda davlat xaridlarini o`tkazish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish huquqiga ega ixtisoslashgan tashkilotlarga qo`yiladigan talablarni, shuningdek, davlat xaridlarini o`tkazish doirasida ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar turlari ro`yxatini o`rnatilgan tartibda belgilasin. 

7. “O`zstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 

8. Vazirliklar va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M.Sadikov va O`zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov zimmasiga yuklansin. 


O`zbekiston Respublikasi  Prezidenti                          SH.MIRZIYOE


Toshkent shahri,  2018 yil 24 mart 


Ko'rib chiqildi: 1464