Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (58 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (58 KB)

O`zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7-martdagi “Nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 183-son qarori haqida

O`zbekistan Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo`lgan shaxslarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2017 yil 1 dekabrdagi
PF-5270-son Farmoni ijrosini ta`minlash, shuningdek, nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
7 martdagi “Nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 183-sonli qarori  ijro uchun qabul qilinsin.

2. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2018 yil 23 fevraldagi 139-son qaroriga muvofiq avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish faoliyati bilan davlat ta`lim muassasalari, shuningdek, nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo`lgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

b) nogironligi bo`lgan shaxslarni avtotransport vositalarini boshqarishga o`rgatish mazkur qarorniig 1-bandida nazarda tutilgan avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi;

nogironligi bo`lgan shaxslarning foydalanishi uchun respublikada ishlab chiqarilgan engil avtomobillarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlash mazkur shaxslarning buyurtmalariga asosan “GM Uzbekistan” AJ rasmiy dilerlarining ixtisoslashtirilgan servis markazlari orqali amalga oshirilishibelgilab qo`yilganligi;

v) “O`zavtosanoat” AJ 2019 yil 1 yanvargacha bo`lgan muddatda nogironligi bo`lgan shaxslarning buyurtmalari bo`yicha respublikada ishlab chiqariladigan “Spark” va “Matiz” rusumli engil avtomobillarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlash uchun “GM Uzbekistan” AJ rasmiy dilerlarining ixtisoslashtirilgan servis markazlarini zarur vositalar va uskunalar bilan ta`minlanishi;

g)O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko`rikdan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom”ni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli engil avtotransport vositalarini boshqarish uchun nogironligi bo`lgan shaxslarga qo`yiladigan tibbiy mezonlarini kiritgan holda qayta ko`rib chiqishi hamda uning ijrosini tashkil etishi;

d)Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga;

- bozorlar, savdo majmualari va boshqa ob`ektlar xududlaridagi avtotransport vositalari to`xtab turish joylarining kirish va chiqish qulay bo`lgan qismidan belgilangan tartibda to`xtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizi (kamida 2 ta joy) I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalari to`xtab turishi uchun ajratilishini ta`minlash;

- avtotransport vositalarining to`xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma ob`ektlari atrofida I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining to`xtab turishi uchun vaqtinchalik to`xtab turish joylarini tashkil etishi va ushbu joylarga Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo`l harakati qoidalariga 1-ilovaga muvofiq
“5.15. “To`xtab turish joyi” va “7.17. “Nogironlar” yo`l belgilari o`rnatilishini ta`minlash topshirilganligi;

e)O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Avtomobil` yo`llari davlat qo`mitasi, Avtomobil` va daryo transporti agentligi hamda “O`zstandart” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalarini to`xtab turish joylariga qo`yiladigan talablarni ishlab chiqishi va belgilangan tartibda amaliyotga joriy etilishi;

j) “Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil`” taniqlik belgisi o`rnatilgan avtotransport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslar - nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma`lumotnomasi bo`lganda;

- 16 yoshgacha nogiron bolasi bo`lgan ota-onalar (yoki uning o`rnini bosuvchi shaxslar) - 16 yoshgacha nogiron bola uchun tayinlangan tegishli pensiya guvohnomasi bo`lgandaushbu shaxslardan avtotransport vositalarining to`xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmasligi belgilanganligi;

z)O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalari to`xtab turish joylaridan boshqa avtotransport vositalari haydovchilarining foydalanganligi uchun ularning javobgarligini o`rnatish bo`yicha qonun hujjatlariga tegishli o`zgartirishlar kiritish to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish topshirilganligima`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko`rikdan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom”ni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli engil avtotransport vositalarini boshqarish uchun nogironligi bo`lgan shaxslarga qo`yiladigan tibbiy mezonlarini kiritgan holda qayta ko`rib chiqib,uning ijrosini tashkil etsin.

4. Shahar va tumanlar hokimliklari:

bozorlar, savdo majmualari va boshqa ob`ektlar xududlaridagi avtotransport vositalari to`xtab turish joylarining kirish va chiqish qulay bo`lgan qismidan belgilangan tartibda to`xtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizi (kamida 2 ta joy) I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalari to`xtab turishi uchun ajratilishini;

avtotransport vositalarining to`xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma ob`ektlari atrofida I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining to`xtab turishi uchun vaqtinchalik to`xtab turish joylarini tashkil etsin va ushbu joylarga Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo`l harakati qoidalariga 1-ilovasiga muvofiq
“5.15. “To`xtab turish joyi” va “7.17. “Nogironlar” yo`l belgilari o`rnatilishini ta`minlasin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi vaboshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalarini to`xtab turish joylariga qo`yiladigan talablarni ishlab chiqib,  belgilangan tartibda amaliyotga joriy etsin.

6. Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi(Q.Nag`metov), Matbuot va xabar agentligi (A.Bekmuratov), Xabar texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy boshqarmasi (T.Baekeev) ushbu qarorning mazmuni va mohiyati to`g`risida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin.

7. Vazirliklar va idoralar,Nukus shahar va tumanlar hokimliklari o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                         Q.Sariev

 


Ko'rib chiqildi: 2607