Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining

 2018 yil 14 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 fevraldagi «Respublikada soya etishtirish hajmlarini yanada ko`paytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi

105-sonli qarori haqida»gi 98-sonli qaroriga

 o`zgartirishlar kiritish haqida

 

 

2018 yil hosili uchun asosiy maydonlarda soya ekinini navlar  bo`yicha oqilona joylashtirish, soya doni etishtirish uchun  talab etiladigan avans  mablag`lari, yoqilg`i-moylash mahsulotlari  va mineral o`g`itlar hajmi bo`yicha tumanlar hokimlari va Qishloq  va suv xo`jaligi vazirligining (2018 yil 12 martdagi 011/06-462-sonli) takliflarini inobatga olib, Qoraqalpog`iston  Respublikasi Vazirlar Kengashi

Q A R O R   Q I L A D I:

1. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018 yil 14 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 fevraldagi «Respublikada soya etishtirish hajmlarini  yanada ko`paytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 105-sonli qarori haqida»gi 98-sonli qarorining 3-bandi bilan tasdiqlangan 1 va 2-ilovalar ushbu qarorda keltirilgan 1 va 2-ilovalar bilan o`zgartilsin.

2. Vazirlik, idora va tumanlar hokimliklar o`zlari qabul  qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini o`n kun muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklansin.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                                    Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 1841