Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (62 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (62 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 martdagi «Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko`paytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3617-sonli qarori haqida

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 martdagi «Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning  xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko`paytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3617-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

 

Q A R O R   Q I L A D I:

  1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 martdagi «Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning                  xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko`paytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3617-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
  2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi
va «O`zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining respublika hududida kavrak (Ferula foetida, Ferula tadshikorum) plantatsiyalarini tashkil etish
va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko`paytirish hamda eksport qilish maqsadida Kavrak etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini (keyingi o`rinlarda uyushma deb ataladi) tashkil etish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilganligi;

b) Quyidagilar:

O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasining «Shifobaxsh» dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash markazi, «O`zbekoziqovqat-xolding» xolding kompaniyasi tarkibidagi «Qarshi eksport-import biznes» MChJ va «Surxondaryo agrofirmasi» MChJ mas`uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxonalar hamda kavrak etishtirish va uni eksport qilish bilan shug`ullanadigan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar Uyushma muassislari hisoblanishi;

tashkilotlar, fermer xo`jaliklari va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil a`zo bo`lishlari mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga ega ekanliklari ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

v) Quyidagilar:

respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos kelishini inobatga olgan holda, kavrakni plantatsiyalarda etishtirishni tashkiletish va tayyor mahsulotni etkazib berish bo`yicha takliflar tayyorlash;

respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida etishtirish hajmini ko`paytirish choralarini ko`rish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish,eksport hajmini oshirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

kavrak urug`ini tayyorlash va plantatsiya tashkil etuvchi tashkilotlarga etkazib berish;

kavrak plantatsiyasini tashkil etuvchilarga plantatsiya tashkiletish va xom ashyo etishtirish yuzasidan metodik yordam kursatish va tavsiyalar ishlab chiqish;

ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni kavrak etishtirish jarayoniga joriy qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

kavrak etishtirishga jalb etiladigan mutaxassislarni plantatsiyalarda agrotexnik tadbirlarni to`g`ri amalga oshirish bo`yicha o`qitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish;

uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish, xorijiy investitsiyalar, jumladan, xalqaro moliya institutlarining mablag`larini jalb qilish yo`li bilan har tomonlama ko`maklashish Uyushmaningasosiy vazifalari etib belgilanganligi;

g) Quyidagilar:

Kavrak etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Kavrak etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 15 nafardan iborat bo`lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma`qullanganligi;

Uyushma raisiga, zarurat bo`lganda, ijro etuvchi apparatining tuzilmasiga o`zgartirish kiritish huquqi berilganligi;

Uyushmaning ijro etuvchi apparatining joriy ta`minotihamda faoliyatini moliyalashtirish ularning tarkibiga kiruvchi kavrak etishtiruvchi tashkilotlarining ajratmalari, kavrak plantatsiyalari tashkil etish va uning xom ashyosini eksporti bilan shug`ullanadigan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning a`zolik badallari, xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda mahalliy va xorijiy investitsiya mablag`lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag`lar hisobiga amalga oshirilishi belgilab qo`yilganligi;

d) Uyushma raisi va uning o`rinbosari Uyushma a`zolarining umumiy yig`ilishi qarori bilan saylanishi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanishi belgilab quyilganligi;

e) Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bog`lik chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko`maklashish bo`yicha 3-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh (keyingi o`rinlardaIshchi guruh deb ataladi) tuzilganligi;

Ishchi guruh (N.J. Bakirov)ga:

bir oy muddatda Uyushma a`zolarining umumiy yig`ilishi o`tkazilishini, Uyushma ustavi tasdiqlanishini va o`rnatilgan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishini;

Uyushma ijro etuvchi apparati tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq puxta tanlash asosida yuqori malakali mutaxassislar bilan to`ldirilishini;

hududlarda fermer xo`jaliklari va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va xom ashyosini etishtirishga amaliy yordam berishni ta`minlash belgilab quyilganligi;

yo) 2018-2021 yillarda kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va uning xom ashyosidan tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

j) Ishchi guruh (N.J.Bakirov)ga ikki oy muddatda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019 yildan respublikaning tabiiy iqlim sharoitiga to`g`ri keladigan hududlarida kavrak plantatsiyalari tashkil etish va etishtirish bo`yicha «Yo`l xaritasi»ni ishlab chiqish va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilab qo`yilganligi;

z) «O`zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasiga «O`zagroeksport» aktsiyadorlik jamiyati, Kavrak etishtiruvchilar va uning xom ashyosini eksport qiluvchilar uyushmasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda zamonaviy logistika tizimini keng joriy etgan holda kavrak xom ashyosini eksportga chiqarishga ko`maklashish topshirilganligi;

i) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O`zbekiston Respublikasi er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi hamda O`zbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

kavrak o`sadigan va uning tabiiy zaxiralari mavjud bo`lgan hududlarni xatlovdan o`tkazib, ma`lumotlar bazasini shakllantirish;

xatlov natijasida aniqlangan zaxira er maydonlari doimiy foydalanish uchun uyushma a`zolariga ajratib berilishini ta`minlash belgilab qo`yilganligi;

         k) Uyushma O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat  qo`mitasi «O`zagrotexsanoatxolding» aktsiyadorlik jamiyati bilan birgalikda kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va etishtirish uchun talab etiladigan maxsus texnika va mini texnologiyalar turlari hamda miqdorini aniqlash, talab etiladigan maxsus texnika va mini texnologiyalar sotib olish va ularni lizing asosida etkazib berilishini ta`minlash choralarini kurish topshirilganligi;

l) O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda kavrak va boshqa dorivor o`simliklarni qayta ishlashga mo`ljallangan maxsus farmatsevtika korxonalarini tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish belgilab qo`yilganligi;

 

m) O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga, Sog`liqni saqlash vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi, O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi bilan birgalikda doimiy ravishda kavrak xom ashyosi asosida dori vositalarini ishlab chiqarish, tabiiy zaxiralarining holatini monitoring qilish, o`simlikning biologik va ekologik hususiyatlarini o`rganish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish vazifasi yuklatilganligi;

n) O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi  O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, «Shifobaxsh» dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash markazi, O`zbekiston Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:

bir oy muddatda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib  chiqib, kavrak plantatsiyasini tashkil etish va etishtirish bo`yicha  tavsiyalar ishlab chiqilishini;

2018 yilning 1 apreliga qadar fermer, dehqon xo`jaliklari rahbarlari va tomorqa er egalari ishtirokida kavrak plantatsiyasini  tashkil etish va etishtirish yuzasidan o`quv seminarlari o`tkazilishini;

kavrak xom ashyosini qayta ishlash orqali tibbiyot va qishloq xo`jaligi uchun kerakli dori vositalarini yaratish texnologiyalarini ishlab chiqilishini ta`minlash topshirilganligini;

         o) Toshkent davlat agrar universiteti «Dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyalari» o`quv yo`nalishida mutaxassislar tayyorlashda kavrak etishtirish texnologiyasini chuqurlashtirilgan holda o`qitishga e`tibor qaratish belgilanganligi;

p) Surxondaryo viloyati hokimligi O`rmon xo`jaligi davlat  qo`mitasi bilan birgalikda Uyushmani tekin foydalanish huquqi asosida Termiz shahri Istiqlol ko`chasi, 64-uyda joylashgan O`rmon xo`jaligi boshqarmasining ma`muriy binosiga joylashtirilishini ta`minlash ko`rsatilib o`tilganligi;

r) O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi O`zbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda uyushma talabnomasiga asosan kavrak plantatsiyasini tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urug`lari)ni yig`ish (g`amlash)ga belgilangan tartibda ruxsatnoma berishni ta`minlash topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Sog`liqni saqlash vazirligi (D.Xadjiev), Farmatsevtika sohasini rivojlan­tirish agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi (A.Serjanov) tuman hokimliklari bilan birgalikda kavrak va boshqa dorivor o`simliklarni qayta ishlashga mo`ljallangan maxsus farmatsevtika korxonalarini tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga taklif kiritish topshirilsin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni  muhofaza qilish davlat qo`mitasi (T.Xojanazarov), O`rmon xo`jaligi qo`mitasi (U.Utambetov) va O`zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi (N.Aimbetov) bilan birgalikda uyushma talabnomasiga asosan kavrak plantatsiyasini tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urug`lari)ni yig`ish (g`amlash)ga belgilangan tartibda ruxsatnoma berishni ta`minlasin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi (T.Xojanazarov), O`rmon xo`jaligi qo`mitasi (U.Utambetov), O`zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi (N.Aimbetov), er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (T.Sultanov) tuman hokimlari bilan birgalikda kavrak o`sadigan va uning tabiiy zaxiralari mavjud bo`lgan hududlarni xatlovdan o`tkazib, ma`lumotlar bazasini shakllantirish hamda xatlov natijasida aniqlangan zaxira er maydonlarini belgilangan tartibda doimiy foydalanish uchun uyushma a`zolariga ajratib berilishini ta`minlasinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

        Q.Sariev

 

Ko'rib chiqildi: 1516