Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (60 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (60 KB)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 martdagi «Pillachilik tarmog`ini yanada rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3616-sonli qarori haqida

 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 martdagi «Pillachilik tarmog`ini yanada rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3616-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

 

QAROR QILADI:

 

  1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 martdagi «Pillachilik tarmog`ini yanada rivojlantirish bo`yicha  qo`shimcha   chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3616-sonli qarori ijro uchun  rahbarlikka olinsin.
  2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi   qarori bilan quyidagilar:

a) O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi  va «O`zbekipaksanoat» uyushmasining O`zbekiston Respublikasi  Qishloq xo`jaligi vazirligi O`zbekiston Qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tizimidagi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutini «O`zbekipaksanoat» uyushmasi muassisligida muassasa shaklidagi  Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil etish to`g`risidagi taklifi ma`qullanganligi;

b) Quyidagilar:

pillachilik tarmog`ida ilmiy-tadqiqot ishlarining strategik yo`nalishlari va istiqbolli mavzularini belgilash, sohani jadal rivojlantirish va yuzaga keladigan dolzarb muammolar bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borishni tashkil etish bo`yicha uslubiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish;

 

selektsiya yutuqlarini keng sinovdan o`tkazish, tut ipak qurtining  zoti va duragaylari, tut duragaylarining birlamchi urug`ligini rivojlantirish, hududlarning tabiiy iqlim sharoitlarini hisobga  olgan holda, ilg`or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish;

pillachilik tarmog`idagi ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnika va texnologiyalarni joriy etish, pillaga dastlabki ishlov  berish  va ularni saqlash usullarini takomillashtirish, tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish;

pillachilik yo`nalishidagi fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar  va innovatsion ishlanmalar bo`yicha dasturlar ishlab chiqish;

pillachilik tarmog`i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish, sohaga oid seminar                  va treninglar o`tkazish;

pillachilik tarmog`ida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo`yicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari  bilan xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yish Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari etib belgilangani ma`lumot uchun qabul qilinganligi;

v) Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining tashkiliy tuzilmasi  1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

«O`zbekipaksanoat» uyushmasi raisiga, zarurat bo`lganda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkiliy tuzilmasiga uning xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida o`zgartirish   kiritish huquqi berilganligi;

g) Quyidagilar:

O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o`tkaziladigan tanlovlar natijalari bo`yicha ajratiladigan grantlar;

xo`jalik yuritish va xizmat ko`rsatishdan tushadigan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag`lari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini moliyalashtirish manbalari                 etib belgilanganligi;

d) Quyidagilar:

2018 yildan boshlab, Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti  bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, uning ayrim toifadagi xodimlari mehnatiga haq to`lash bo`yicha xarajatlarni moliyalashtirish O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan  bazaviy moliyalashtirish asosida amalga oshirilishi;

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo`yicha huquqiy vorisi hisoblanishi belgilab qo`yilganligi; 

e) Quyidagilar:

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining pillachilik yo`nalishidagi fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar  bo`yicha dasturlari «O`zbekipaksanoat» uyushmasi muassislari umumiy yig`ilishining qarori bilan tasdiqlanishi;

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining direktori «O`zbekipaksanoat» uyushmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi;

«O`zbekipaksanoat» uyushmasi huzurida tashkil etiladigan  va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishi inobatga olinganligi;

yo) «O`zpaxtasanoat» AJ va «O`zbekipaksanoat» uyushmasining «O`zpaxtasanoat» AJ tarkibidagi tashkilotlarga qarashli:

ipak qurti boqishga mo`ljallangan inshootlarni «O`zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga tekin foydalanish huquqi asosida o`ttiz yildan kam bo`lmagan muddatga foydalanish uchun berish;

mavjud tutzor maydonlarini keyinchalik «O`zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi hududiy «Agropilla» MChJga berish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining zaxira erlariga topshirish to`g`risidagi taklifi ma`qullanganligi;

j) Quyidagilar:

tutzor maydonlarida yangi quriladigan va ipak qurti boqishga mo`ljallangan inshootlar er solig`i, mulk solig`i, yagona er solig`i   hamda qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o`rnini qoplash bo`yicha to`lovlardan; 

«O`zpaxtasanoat» AJ tomonidan tekin foydalanish huquqi asosida «O`zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga foydalanish uchun berilgan ipak qurti boqishga mo`ljallangan inshootlar er, mulk  va ijarachining ijara haqiga hisoblanadigan foyda soliqlaridan ozod etilishi belgilab qo`yilganligi;

z) O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi  hamda «O`zbekipaksanoat» uyushmasining ushbu qarorning 3-ilovasidagi ro`yxatga muvofiq ustav fondida davlat ulushi mavjud bo`lgan pillachilik tarmog`i xo`jalik jamiyatlarining davlat ulushlarini «O`zbekipaksanoat» uyushmasiga samarali foydalanishni tashkil etish uchun ishonchli  boshqaruvga berish to`g`risidagi taklifiga rozilik berilganligi;

O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi bir oy muddatda ushbu qarorning 3-ilovasidagi ustav fondida davlat ulushi mavjud bo`lgan pillachilik tarmog`i xo`jalik jamiyatlarining davlat ulushlarini belgilangan tartibda «O`zbekipaksanoat» uyushmasiga ishonchli boshqaruvga berilishini ta`minlash topshirilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, «Qoraqalpog`iston Agro pilla» MChJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2018 yilda yangi tut plantatsiyalarini barpo etish va ipak qurti boqishga mo`ljallangan inshootlarni qurishning prognoz parametrlari (keyingi o`rinlarda prognoz parametrlar deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, «Qoraqalpog`iston Agro pilla» MChJ tumanlar hokimliklari zimmasiga tasdiqlangan prognoz parametrlarning o`z vaqtida va sifatli bajarilishini ta`minlash bo`yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.

4. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi «Qoraqalpog`iston Agro pilla» MChJ bilan birgalikda tasdiqlangan prognoz parametrlar ijrosini  so`zsiz ta`minlashni nazarda tutuvchi 2018 yilda tut plantatsiyalarini  barpo etish va ipak qurti boqishga mo`ljallangan inshootlarni qurish chora-tadbirlari dasturini 20 kun muddatda ishlab chiqib, tasdiqlash  uchun Vazirlar Kengashiga kiritish topshirilsin. 

5. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, «Qoraqalpog`iston Agro pilla» MChJ tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir yilda 2-3 marta  ipak qurti boqishni tizimli yo`lga qo`yish uchun yangi tut plantatsiyalarini barpo etish va ipak qurti boqishga mo`ljallangan inshootlarni qurish parametrlarining kelgusi yillarda bosqichma-bosqich oshirib borilishini ta`minlasin.

6. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi «Qoraqalpog`iston mintaqaviy paxta terminali» MChJ va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda «O`zpaxtasanoat» AJ tarkibidagi tashkilotlar tomonidan tumanlar hokimliklarining zaxira erlariga berilgan tutzor maydonlarini «Qoraqalpog`iston  Agro pilla» MChJga 20 kun muddatda belgilangan tartibda rasmiylashtirib berilishini ta`minlasin.

7. Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli normativ hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida 20 kun muddatda Vazirlar Kengashiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

 Vazirlar Kengashining Raisi                              Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 2127