Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (56 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (56 KB)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 martdagi «Dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi  205-sonli qarori haqida

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 martdagi «Dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 205-sonli  qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

QAROR  QILADI:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 martdagi «Dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 205-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko`rsatilgan qarori bilan:

a) Quyidagilar:

- Dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi to`g`risida nizom 1-ilovaga muvofiq;

- Dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalariga qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar etkazib berilishini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi (keyingi o`rinlarda Respublika ishchi guruhi deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

- Dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalariga qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar etkazib berilishini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi a`zolariga biriktirilgan hududlar ro`yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) Respublika ishchi guruhiga (Mirzaev, Narbaeva) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda:

mazkur qaror bilan tasdiqlangan Dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi to`g`risidagi nizom talablarining to`laqonli bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat o`rnatish;

dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari tomonidan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda zarur bo`lgan yonilg`i-moylash mahsulotlari, mineral o`g`itlar, o`simliklarni himoya qilish vositalari, sifatli urug`lik va ko`chatlarni hamda chorva mollari va parrandalar uchun ozuqalarni joylarda (mahallada) sotish ishlarini tashkil etish;

tomorqa er uchastkalariga qishloq xo`jaligi ekinlarini optimal muddatlarda ekish, parvarishlash, zararkunandalar, kasalliklar va begona o`tlarga qarshi kurashish hamda boqiladigan chorva mollari va parrandalarni emlash tadbirlarini amalga oshirishda sohaga oid ilmiy-tekshirish institutlari, olimlar va tajribali agranomlarning amaliy yordamlarini tashkil etish;

dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalarida etishtirilgan  hosil yoki mahsulotlarni sotib olishning kafolatlangan mexanizmini yo`lga qo`yish maqsadida tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlarni aniq hududlarga biriktirish;

dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan samarali  foydalanish bo`yicha belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini monitoring va tahlil qilib borish, umumlashtirish va har oy yakunida keyingi oyning 5-sanasigacha kamchiliklarni bartaraf etish va tizimni takomillashtirishga doir Vazirlar Mahkamasiga ma`lumotlar va takliflarni kiritish topshirilganligi;

v) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari, O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi qishloq va ovullarga sifatli urug` va ko`chatlar etkazib berish ishlarini amalga oshirish, buning uchun doimiy hamda mavsumiy harakatlanuvchi savdo do`konlarini tashkil qilishga shaxsan mas`ul ekanligi belgilab qo`yilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

3. Quyidagilar:

-Dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalariga qishloq  xo`jaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar etkazib berilishini muvofiqlashtiruvchi Qoraqalpog`iston Respublikasi ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

-Dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalariga qishloq xo`jaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar etkazib berilishini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi a`zolariga biriktirilgan tumanlar ro`yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 4. «Qoraqalpoqagrokimyohimoya» AJ dehqon xo`jaliklari va tomorqa  er uchastkalarida qishloq xo`jaligi ekinlarini etishtirish uchun zarur bo`lgan mineral o`g`it va o`simliklarni himoya qilish vositalarini joylarga etkazib berish orqali dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalariga pullik xizmatlar ko`rsatilishini tashkil etsin.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi O`rmon xo`jaligi qo`mitasi, Akademik M.Mirzaev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog`iston bo`limi bilan hamkorlikda  dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalarida ekishga mo`ljallangan mevali va manzarali ko`chatlarni qishloq va ovullarda sotish choralarini ko`rsin.

6. Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston «Mahalla» hayriya jamoat fondi Qoraqalpog`iston bo`limi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Qoraqalpog`iston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari orqali dehqon xo`jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan samarali foydalanishning ilg`or tajribalari va iqtisodiy foydasi  to`g`risida maxsus ko`rsatuv va eshittirishlarni muntazam ravishda tashkil  etish tavsiya etilsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish o`zimda qoldiraman.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi

 

               Q.Sariev


Ko'rib chiqildi: 1323