Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (57 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (57 KB)

“Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining ommaviyligini yanada oshirish, yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini har tomonlama targ`ib qilish, joylarda barpo etilgan zamonaviy sport majmualaridan samarali foydalanishni ta`minlash maqsadida

“Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining ommaviyligini yanada oshirish, yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini har tomonlama targ`ib qilish, joylarda barpo etilgan zamonaviy sport majmualaridan samarali foydalanishni ta`minlash maqsadida:

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 martdagi 199-f-sonli Farmoyishi ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur farmoyishi bilan:

a) Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida “Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining final bosqichlari 2018 yil mart oyining ohirgi o`n kunligida o`tkazilishi, g`olib va sovrindor bo`lgan o`quvchilarni taqdirlash tadbirlari 14-19 may kunlari “Yoshlik va sport bayrami” sifatida tashkil etilishi;

b) “Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining final bosqichlari g`olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbirlarini hududlarda o`tkazish bo`yicha respublika tashkiliy ko`mitasi (keyingi o`rinlarda Respublika tashkiliy qo`mitasi deb ataladi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) Quyidagilar:

sport musobaqalarining respublika final bosqichlari bo`lib o`tadigan hududlar va u erda joylashgan infratuzilma ob`ektlarini talab darajasida tayyorlash va zamonaviy asosda jihozlanishini ta`minlash;

sport musobaqalari, madaniy-ma`rifiy tadbirlar o`tadigan hamda qatnashchilar yashaydigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini ta`minlash choralarini ko`rish;

sport musobaqalari davomida har qaysi ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini kamol toptirishga xizmat qiladigan madaniy-ma`rifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish;

yoshlarda sportga bo`lgan havas va intilishni, jamiyatimizda sog`lom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, o`quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etishga doir targ`ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish Respublika tashkiliy qo`mitasining asosiy vazifalari etib belgilanganligi;

g) “Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining final bosqichlari g`olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbirlarini tashkil etish reja-jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanlanganligi;

d) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 5 kun muddatda tadbirlarni tashkil etish va o`tkazish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida mazkur farmoyishning 1-ilovasida ko`rsatilgan vazirlik va idoralarning hududiy bo`linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hududiy tashkiliy ishchi guruhlarini tuzish topshirilganligi;

e) Respublika tashkiliy qo`mitasi (B.Akmalov) o`n besh kun muddatda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan quyidagilarni nazarda tutuvchi hududiy chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqib, tasdiqlanishini ta`minlash;

tadbirlar o`tkaziladigan sport majmualari infratuzilmasini talab darajasida tayyorlash, bino va inshootlarni bezash;

tadbirlarni hududlardagi zamonaviy sport majmualarida o`quvchilar xotirasida bir umr saqlanib qoladigan “Yoshlik va sport bayrami” sifatida yuqori saviyada tashkil etish va o`tkazish;

tadbirlarda jahon va qit`a chempionlari, olimpiada g`oliblari hamda sovrindorlarining ko`rgazmali chiqishlarini, taniqli san`at ustalari, yosh san`atkorlar, estrada xonandalari hamda badiiy jamoalar ishtirokidagi kontsert dasturini tashkil etish topshirilganligi;

j) O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi hududiy tashkiliy ishchi guruhlari bilan birgalikda tadbirlar o`tkaziladigan vaqtda jamoat transporti harakati va yong`in xavfsizligini ta`minlash hamda tez tibbiy yordam ko`rsatishni tashkil etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishi;

z). Respublika tashkiliy qo`mitasi hududiy tashkiliy ishchi guruhlar bilan birgalikda “Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining final bosqichlarida sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritgan jamoa va o`quvchilarni esdalik sovg`alari bilan, umumjamoa hisobida 1-o`rinni egallagan tuman (shaxar) jamoalarini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg`asi “Damas” rusumli avtomobil` bilan taqdirlashni tashkil etishi;

“Damas” rusumli avtomobillar va tadbirlarning esdalik sovg`alari harid qilish harajatlarini moliyalashtirish O`zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy Kengashining byudjetdan tashqari mablag`lari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinganligi;

i) O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O`zbekiston Milliy axborot agentligiga “Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining final bosqichlarida g`olib va sovrindor bo`lgan o`quvchilarni taqdirlash marosimini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin. 

3. “Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining final bosqichlari g`olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbirlarini o`tkazish bo`yicha respublika tashkiliy ko`mitasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qoraqalpog`iston Respublikasi «Umid nihollari-2018» sport musobaqalarining final bosqichlari g`olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbiri 2018 yil 19 may kuni Nukus shahar amfiteatrida “Yoshlik va sport bayrami” sifatida tashkil etilsin.

5. Quyidagilar Respublika tashkiliy ko`mitasining asosiy vazifasi etib belgilansin:

- tadbirlar o`tkaziladigan sport majmualari infratuzilmasini talab darajasida tayyorlash, bino va inshootlarni bezash;

- tadbirlarni hududlardagi zamonaviy sport majmualarida o`quvchilar xotirasida bir umr saqlanib qoladigan “Yoshlik va sport bayrami” sifatida yuqori saviyada tashkil etish va o`tkazish;

- tadbirlarda jahon va qit`a chempionlari, olimpiada g`oliblari hamda sovrindorlarining ko`rgazmali chiqishlarini, taniqli san`at ustalari, yosh san`atkorlar, estrada xonandalari hamda badiiy jamoalar ishtirokidagi kontsert dasturini tashkil etish.

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favkulodda vaziyatlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi tashkiliy qo`mita tarkibi bilan birgalikda tadbirlar o`tkaziladigan vaqtda jamoat transporti harakati va yong`in xavfsizligini ta`minlash hamda tez tibbiy yordam ko`rsatishni tashkil etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

7. Qoraqalpog`iston teleradiokompaniyasi va Qoraqalpog`iston axborot agentligiga “Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining final bosqichlarida g`olib va sovrindor bo`lgan o`quvchilarni taqdirlash marosimini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.

8. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda “Umid nihollari-2018” sport musobaqalarining final bosqichida sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritgan jamoa va o`quvchilarni esdalik sovg`alari bilan taqdirlashni tashkil etsin.

9. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari M.Jumanov, Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri A.Ayapov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri G`.Bayniyazov zimmalariga yuklatilsin.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                        Q.Sariev  

 

 


Ko'rib chiqildi: 2375